YouVersion Logo
Search Icon

Hizqiyol 45

45
45–BOB
Egamizning Isroildagi ulushi
1Egamiz dedi: “Isroil qabilalariga yerni boʻlib berayotganingizda, Men, Egangizga tegishli qismini ham ajratib qoʻyinglar. Menga ajratilgan hududning uzunligi 25.000 tirsak#45:1 tirsak — uzun tirsak nazarda tutilgan. Bir uzun tirsak taxminan 53 santimetrga toʻgʻri keladi. 43:13 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang., eni 20.000 tirsak#45:1 20.000 tirsak — qadimiy yunoncha tarjimadan (yana shu bobning 3-5–oyatlariga va 48:9-13 ga qarang). Ibroniycha matnda 10.000 tirsak. boʻlsin. Butun hudud tabarruk hisoblansin. 2Hududning 500 tirsakka 500 tirsak boʻlgan toʻrtburchak yeri Maʼbad uchun ajratiladi. Uning atrofi 50 tirsak masofada ochiq joy boʻladi.
3-4Tabarruk hududning yarmi muqaddas maskanda Menga xizmat qilgan ruhoniylarga qarashli boʻladi. Uzunligi 25.000 tirsak, eni 10.000 tirsak boʻlgan hududning bu qismida ruhoniylarning uylari va Maʼbad joylashadi. Bu eng muqaddas joy boʻladi.
5Tabarruk hududning ikkinchi yarmi Maʼbaddagi yumushlarni bajarayotgan levilarga qarashli boʻladi. Ular yashaydigan shaharlar shu yerda joylashadi#45:5 Ular yashaydigan shaharlar shu yerda joylashadi — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda Ularning oʻzlariga 20 xona ajratiladi..
6Tabarruk hududning yoniga uzunligi 25.000 tirsak, eni 5000 tirsak boʻlgan yerni qoʻshinglar. Bu yerda shahar joylashadi. Isroil xalqidan boʻlgan har qanday odam kelib, bu shaharda yashasa boʻladi.
Hukmdorning yerlari
7Taxtda oʻtirgan hukmdorga alohida yer berilsin. Unga beriladigan yerning bir qismi tabarruk hududning gʻarbiy chegarasidan Oʻrta yer dengizigacha choʻzilsin. Ikkinchi qismi tabarruk hududning sharqiy chegarasidan Iordan daryosigacha choʻzilsin. Demak, hukmdorga qarashli yerning uzunligi Isroil qabilalariga ajratilgan yerning uzunligi bilan bir xil boʻladi. 8Bu hukmdorning ulushidir. Bundan buyon hukmdorlar xalqimga zulm oʻtkazmaydilar, Isroil qabilalari oʻz yerlariga oʻzlari egalik qiladilar.
Hukmdorga oid qoidalar
9Isroil hukmdorlariga ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: zoʻravonligu zulmingizni bas qiling! Adolatu toʻgʻrilik ila ish tuting. Xalqimni oʻz yeridan mahrum qilmang, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. 10— Doim toʻgʻri oʻlchovni#45:10 …toʻgʻri oʻlchovni… — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …toʻgʻri efani va toʻgʻri batni… (shu bobning 11–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang). va toʻgʻri tarozini ishlating: 11sochiluvchan quruq narsalarni oʻlchash uchun efa oʻlchov birligidan foydalaning, suyuq narsalarni oʻlchash uchun bat oʻlchov birligidan foydalaning. Efa va batning hajmi bir xil boʻlsin. Efa ham, bat ham hoʻmrning#45:11 …efa…bat…hoʻmr… — qadimda hajmni oʻlchash uchun ishlatilgan oʻlchov birliklari. Efa ham, bat ham taxminan 22 litrga, hoʻmr esa 220 litrga toʻgʻri keladi. oʻndan bir qismini sigʻdirsin. 12Ogʻirlik birligi sifatida shaqalni ishlating. Bir shaqal 20 geraga, bir mina 60 shaqalga toʻgʻri kelsin#45:12 Bir shaqal 20 geraga, bir mina 60 shaqalga toʻgʻri kelsin — qadimda ogʻirlikni oʻlchash uchun shaqal, gera va mina oʻlchov birliklaridan foydalanilgan. Mina 50 shaqalga toʻgʻri kelardi, biroq bu vaziyatda Bobildagi oʻlchov birliklari ishlatilgan boʻlishi mumkin. 20 gera taxminan 11 grammga, 60 shaqal taxminan 660 grammga toʻgʻri keladi.
13Hukmdorga quyidagi miqdorda soliq toʻlansin:
Bugʻdoy hosilining oltmishdan bir qismi#45:13 …oltmishdan bir qismi — ibroniycha matnda …har bir hoʻmrdan efaning oltidan bir qismi (shu oyatning davomida ham bor). Shu bobning 11–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang..
Arpa hosilining oltmishdan bir qismi.
14Zaytun moyining bir foizi#45:14 …bir foizi — ibroniycha matnda …har bir kordan batning oltidan bir qismi. Qadimda kor suyuqliklarning oʻlchov birligi boʻlib, hajmi bir hoʻmrga, yaʼni 220 litrga toʻgʻri kelardi.. (Zaytun moyini oʻlchash uchun bat oʻlchov birligidan foydalaning. Oʻn bat bir korga, yaʼni bir hoʻmrga#45:14 Oʻn bat…bir hoʻmr… — shu bobning 11–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang. toʻgʻri keladi.)
15Suruvdagi ikki yuzta qoʻydan biri.
Bular don nazri, kuydiriladigan va tinchlik qurbonliklari sifatida xalqni gunohlaridan poklash uchun keltiriladi, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. 16— Butun Isroil xalqi bu nazrlarni hukmdorga berishi lozim. 17Hukmdor yangi oy shodiyonasida, Shabbat va boshqa bayramlarda keltiriladigan qurbonliklaru nazrlar uchun hayvonlarni, don va sharobni taʼminlab berishi shart. Isroil xalqini gunohlaridan poklash uchun keltiriladigan gunoh, tinchlik va kuydiriladigan qurbonliklar hamda don nazri uchun hukmdor masʼuldir.”
Bayramlar
18Egamiz Rabbiy menga dedi: “Birinchi oyning#45:18 Birinchi oy — ibroniy kalendarining Nison oyi nazarda tutilgan (Nison oyi Abib oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan martning oʻrtasidan boshlanadi. birinchi kunida Maʼbadni poklash uchun nuqsonsiz bir buqani qurbonlik qil. 19Ruhoniy bu gunoh qurbonligining qonidan olib, Maʼbad eshiklarining kesakisiga#45:19 kesaki — eshik oʻrnatilgan chorchoʻp., qurbongohning toʻrt burchagiga va ichki hovli darvozalarining yondorlariga surtsin. 20Birinchi oyning yettinchi kuni ham xuddi shunday qilsin va shu yoʻl bilan xalqning bilmay qilgan gunohlarini yuvsin. Shunda Maʼbad pok boʻladi.”
21Soʻng Egamiz dedi: “Birinchi oyning oʻn toʻrtinchi kunidan boshlab, Fisih ziyofatini va yetti kun davomida Xamirturushsiz non bayramini#45:21 …Fisih ziyofati…Xamirturushsiz non bayrami… — Isroil xalqining Misrdagi qullikdan ozod boʻlganini nishonlash uchun oʻtkazilardi (Chiqish 12:1-42, 13:3-10 ga qarang). nishonlanglar. Oʻsha vaqt davomida xamirturushsiz non yenglar. 22Bayramning birinchi kunida hukmdor oʻzining va butun xalqning gunohlari uchun bir buqani gunoh qurbonligi qilib olib kelsin. 23U bayramning yetti kuni davomida Menga kuydiriladigan qurbonlik uchun har kuni yettitadan buqa va yettitadan nuqsonsiz qoʻchqor yetkazib bersin. Bundan tashqari, har kuni gunoh qurbonligi uchun bittadan taka bersin. 24Qurbonlik qilinadigan har bir buqa va har bir qoʻchqor bilan birga bir togʻora#45:24 bir togʻora — ibroniycha matnda bir efa, taxminan 22 litrga toʻgʻri keladi. don va sakkiz kosa#45:24 sakkiz kosa — ibroniycha matnda bir xin, taxminan 4 litrga toʻgʻri keladi. zaytun moyini bersin.
25Yettinchi oyning#45:25 Yettinchi oy — ibroniy kalendarining Tishri oyi nazarda tutilgan (Tishri oyi Itanim oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan sentabrning oʻrtasidan boshlanadi. oʻn beshinchi kunida boshlanadigan Chayla bayrami#45:25 Chayla bayrami — bu bayram kuzda yigʻim–terim tugagan paytga toʻgʻri keladi. uchun ham, yetti kun davomida keltiriladigan gunoh qurbonliklari, kuydiriladigan qurbonliklar, don va zaytun nazrlarini yetkazib tursin.”

Currently Selected:

Hizqiyol 45: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in