YouVersion Logo
Search Icon

Hizqiyol 44

44
44–BOB
Sharqiy darvoza binosining vazifasi
1Oʻsha odam#44:1 Oʻsha odam — 40:3 ga qarang. meni Maʼbadning sharq tomonidagi tashqi darvoza binosi yoniga olib bordi. Biroq darvoza yopiq edi. 2Egamiz menga shunday dedi: “Bu darvoza doim yopiq tursin, uni ocha koʻrmanglar. Birorta odam bu darvozadan foydalanmasin. Men, Isroil xalqining Xudosi — Egangiz, bu darvozadan kirganim uchun, u yopiqligicha qolsin. 3Faqatgina hukmdoringiz shu darvoza binosining ichida oʻtirib, Mening huzurimda muqaddas taomni tanovul qilishi mumkin. Darvoza binosiga u dahliz orqali kirib, yana oʻsha yoʻl bilan chiqib ketadi.”
Maʼbadning kirish joyiga oid qoidalar
4Soʻng oʻsha odam meni shimoliy darvoza orqali Maʼbad oldiga olib bordi. Voajabo! Egamizning ulugʻvorligi Maʼbadni toʻldirganini koʻrdim! Men muk tushdim. 5Egamiz menga dedi: “Ey inson, gaplarimni qulogʻingga quyib ol. Men senga Maʼbadimning qonun–qoidalarini tushuntiraman. Maʼbadga kim kirishi mumkin–u, kim kirishi mumkin emasligini yaxshilab eslab qol. 6Isyonkor Isroil xalqiga ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: jirkanch ishlaringizni bas qilinglar! 7Qurbonliklarning qoni va yogʻi Menga taqdim qilinayotgan paytda, sizlar yuragi va tanasi sunnat qilinmagan#44:7 …yuragi…sunnat qilinmagan… — yaʼni Xudoga chin yurakdan sadoqatli va itoatkor boʻlmagan (Yeremiyo 4:4 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). musofirlarni dargohimga olib kirib, Maʼbadimni bulgʻadingiz. Jirkanch odatlaringiz bilan ahdimni buzdingiz. 8Muqaddas nazrlarimga oid talablarimni bajarmay, musofirlarni Maʼbadimdagi xizmatga tayinladingiz. 9Egamiz Rabbiy shunday demoqda: yuragi va tanasi sunnat qilinmagan bironta musofir Maʼbadimga kirmaydi. Bu Isroil xalqi orasida yashagan hamma musofirlarga taalluqlidir.»”
Levilar ruhoniylik vazifasidan chetlashtiriladi
10Egamiz menga dedi: “Isroil xalqi haq yoʻldan ozganda, baʼzi bir levilar ham Mendan yuz oʻgirib, butlarga sigʻina boshlagan edilar. Buning uchun Men ularni jazosiz qoldirmayman. 11Ular Maʼbadimda xizmat qilaveradilar: darvozabonlar boʻladilar, Maʼbad ichida xizmat qiladilar. Kuydiriladigan va boshqa qurbonliklar uchun keltirilgan hayvonlarni soʻyadilar, Maʼbadga kelgan odamlarga xizmat qiladilar. 12Ammo ular butlarga sajda qilgan Isroil xalqiga xizmat qilib, xalqni gunohga botirganlari uchun, Men, Egangiz Rabbiy, qasam ichib aytamanki, ular oʻz jazosini tortadilar. 13Men ularni ruhoniylikdan chetlashtiraman. Ular endi na huzurimga kiradilar, na muqaddas narsalarimga, na eng muqaddas nazrlarimga qoʻl tekkizadilar. Jirkanch odatlari uchun tortadigan jazosi shu boʻladi, ular isnodga qoladilar. 14Shunga qaramay, Maʼbaddagi hamma yumushlarni bajaraveradilar.
Ruhoniylar
15Isroil xalqi Mendan yuz oʻgirganda, Zodoʻx naslidan boʻlgan levi ruhoniylari Maʼbadimdagi xizmatlarini sadoqat bilan bajarib keldilar. Shunday ekan, ular doimo Mening xizmatimda boʻladilar. Huzurimda turib, qurbonliklarning qonini va yogʻini Menga taqdim qiladilar, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. 16— Maʼbadimga kiradigan, dasturxonim yoniga borib, Menga xizmat qiladigan oʻshalardir. Ular Mening talablarimni bajarishlari shart.
17Ruhoniylar Maʼbadning ichki hovlisiga kirganlarida egnilariga zigʻir matosidan tikilgan liboslarni kiyib olishsin. Maʼbad ichkarisida yoki ichki hovlida xizmat qilganlarida ustilarida bironta junli kiyim boʻlmasin. 18Boshlariga zigʻir salla oʻrab, ichlaridan zigʻir ishton kiyib olishsin. Terlatadigan birorta kiyim kiyishmasin. 19Tashqi hovliga, xaloyiq oldiga chiqishlaridan oldin xizmat vaqtida kiygan kiyimlarini yechib, muqaddas hujralarda qoldirishsin. Ustilariga boshqa kiyimlarni kiyib olishsin, toki xalq muqaddas kiyimlarga qoʻl tekkizmasin#44:19 …toki xalq muqaddas kiyimlarga qoʻl tekkizmasin — Maʼbadning muqaddasligiga boʻlgan yuksak ehtiromni saqlash maqsadida oddiy xalq Maʼbaddagi muqaddas ashyolarga qoʻl tekkizmasligi kerak edi. Tabarruk ashyolarga qoʻl tekkizgan odam oʻzini oʻzi jazoga mahkum etardi (Sahroda 4:15, 1 Shohlar 6:19, 2 Shohlar 6:6-7 ga qarang)..
20Ruhoniylar sochlarini oʻz vaqtida kaltalatib turishsin. Soch qirdirish va soch oʻstirish ularga man etilgan. 21Ichki hovliga kirishlaridan oldin sharob ichishmasin. 22Beva yoki eridan ajrashgan ayolga uylanishmasin. Oʻz nikohiga faqat Isroil xalqidan boʻlgan bokira qizni yoki boshqa ruhoniyning bevasini olishsin.
23Ruhoniylar xalqimga muqaddas va oddiy narsaning farqini, halol bilan haromning farqini oʻrgatishsin. 24Xalqimga qozi boʻlishsin, arzlarni qonunlarimga muvofiq hal etishsin. Men tayin etgan bayramlarga oid qonun va farmonlarimga rioya qilishsin. Shabbat kunini muqaddas saqlashsin.
25Ruhoniy marhumga yaqinlashib bulgʻanmasin. Vafot etgan odam ruhoniyning otasi, onasi, farzandi, aka–ukasi yoki turmush qurmagan opa–singlisi boʻlsagina, ruhoniy marhumga yaqinlashib, bulgʻanishi mumkin. 26Bunday hollarda u poklanish marosimini ado etishi shart. Yetti kundan keyin 27Maʼbadning ichki hovlisiga kirib, poklanish qurbonligini keltirsin. Shundan keyingina u Maʼbadda yana xizmat qila oladi.” Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.
28Egamiz menga dedi: “Ruhoniylarga Isroil xalqi orasidan hech qanday ulush berilmasin. Ularning mulki ham, ulushi ham Menman. 29Don nazri, gunoh va ayb qurbonliklari ularning rizqidir. Isroil xalqi Menga atagan har bir narsa ruhoniylarga tegishli boʻlsin. 30Ilk hosilning va hamma nazrlarning eng yaxshisi ruhoniylarniki boʻlsin. Xamirning birinchi zuvalasidan yopilgan nonni ruhoniylarga nazr qilib beringlar, shunda xonadoningizdan baraka arimaydi. 31Harom oʻlgan yoki yovvoyi hayvon gʻajigan jonivorning goʻshtini tanovul qilish ruhoniylarga taqiqlangan.”

Currently Selected:

Hizqiyol 44: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in