Hizqiyol 43
43
43–BOB
Egamiz Maʼbadga qaytib keladi
1Oʻsha odam#43:1 Oʻsha odam — 40:3 ga qarang. meni sharqiy darvoza#43:1 sharqiy darvoza — Maʼbadning old tomonida joylashgan. oldiga olib bordi. 2Birdaniga men sharq tomonda paydo boʻlgan Isroil Xudosining ulugʻvorligini koʻrdim. Xudoning ovozi shovullagan dengiz tovushiga oʻxshar edi. Uning ulugʻvorligidan zamin porlay boshladi. 3Men koʻrgan bu vahiy, Xudo Quddusni vayron qilish uchun kelganda va Kavor daryosi boʻyida koʻrgan vahiylarimga#43:3 koʻrgan vahiylarim — 1:1-28, 9:1-10:22, 11:22-25 ga qarang. oʻxshab ketar edi. Men muk tushdim. 4Egamizning ulugʻvorligi sharqiy darvoza orqali Maʼbadga kirdi. 5Soʻng Ruh meni oyoqqa turgʻizib, ichki hovliga olib kirdi. Egamizning ulugʻvorligi Maʼbadni toʻldirdi.
6Maʼbadni oʻlchagan odam yonimda turganda, Maʼbad ichidan menga bir ovoz keldi. 7Oʻsha ovoz menga dedi: “Ey inson, bu joy Mening taxtimdir, oyogʻim ostidagi poyandozimdir. Men bu yerda, xalqim Isroil orasida abadiy yashayman. Ular va ularning shohlari endi Meni badnom qilishmaydi. Ular boshqa xudolarga koʻngil bogʻlashmaydi, oʻlgan shohlariga haykallar yasashmaydi. 8Ular oʻz saroylarini muqaddas Maʼbadimning yonginasiga qurishgan edi. Meni ulardan bittagina devor ajratib turar edi, xolos. Ular qilgan jirkanch ishlari bilan Meni badnom qilishdi. Shuning uchun Men gʻazablanib, ularni qirib tashladim. 9Agar endi ular begona xudolardan voz kechib, shohlariga oʻrnatgan haykallarni yoʻq qilishsa, Men ularning orasida abadiy yashayman.
10Ey inson, sen borib Isroil xalqiga Maʼbadimni tasvirlab ber, ular Maʼbadning loyihasi bilan tanishib chiqishsin. Qilgan gunohlaridan pushaymon boʻlishsin. 11Qilmishlaridan pushaymon boʻlganlarida sen ularga Maʼbadning loyihasini: uning joylashish tartibini, kirish–chiqishlarini, tuzilishini, qonun–qoidalarini batafsil tushuntirib ber. Loyihaning chizmasini ularning oldida chizib, barcha qonun–qoidalarini yozib qoʻy, toki hammasiga rioya qilishsin. 12Togʻ choʻqqisidagi Maʼbad joylashgan hudud muqaddas saqlansin. Bu Maʼbadning asosiy qoidasi boʻlsin.
Maʼbaddagi qurbongoh
13Maʼbaddagi qurbongohning oʻlchamlari uzun tirsak boʻyicha boʻlsin. Yaʼni har bir uzun tirsak bir tirsagu toʻrt enni tashkil qilib#43:13 …har bir uzun tirsak bir tirsagu toʻrt enni tashkil qilib… — bir tirsak taxminan 45 santimetrga, toʻrt en taxminan 8 santimetrga toʻgʻri keladi. Demak, uzun tirsak taxminan 53 santimetrga toʻgʻri keladi. Hizqiyol kitobining davomida “tirsak” soʻzi uzun tirsakka nisbatan ishlatilgan., oʻlchamlari quyidagicha boʻlsin: qurbongoh atrofidagi ariqchaning chuqurligi bir tirsak, eni ham bir tirsak, ariqcha chetining balandligi bir qarich. 14-17Qurbongoh uch qismdan iborat boʻlishi shart. Har bir qism toʻrtburchak shaklida boʻlsin. Qurbongoh quyi qismining balandligi ariqchaning tubidan oʻlchaganda ikki tirsak, har bir tomonining uzunligi oʻn olti tirsak boʻlsin. Ikkinchi qismining balandligi toʻrt tirsak, har bir tomonining uzunligi oʻn toʻrt tirsak boʻlsin. Bu qismning aylanasiga tarnov qilinsin. Tarnovning eni yarim tirsak, tarnov chetining balandligi bir tirsak boʻlsin. Qurbongohning yuqori qismida qurbonliklar kuydiriladi. Bu qismning balandligi toʻrt tirsak, har bir tomonining uzunligi oʻn ikki tirsak boʻlsin. Uning toʻrtala burchagidan shoxlar chiqib tursin. Qurbongohga sharq tomondan, zinapoyalar orqali chiqiladigan boʻlsin.”
Qurbongohni muqaddas qilish marosimi
18Soʻng Egamiz menga dedi: “Ey inson, Men, Egangiz Rabbiy, aytamanki, qurbonliklarni kuydirish va qon sepish uchun qurbongohni qurganingizdan keyin quyidagi qoidalarga rioya qilinglar: 19Mening huzurimda faqat Zodoʻx naslidan boʻlgan levi ruhoniylari xizmat qilishsin. Sen ularga gunoh qurbonligi uchun bir buqani ber, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. 20— Sen oʻsha buqaning qonidan olib, qurbongohning toʻrtta shoxiga, qurbongoh oʻrta qismining toʻrtala burchagiga va chetlarga surtib chiq. Shu yoʻsin sen qurbongohni poklab, muqaddas qilasan. 21Buqaning jasadini esa Maʼbaddan tashqariga, maxsus ajratilgan joyga olib chiqib kuydir.
22Keyingi kuni gunoh qurbonligi sifatida nuqsonsiz takani keltir. Qurbongohni buqaning qoni bilan qanday poklagan boʻlsang, takaning qoni bilan ham xuddi shunday pokla. 23Qurbongohni poklaganingdan soʻng, nuqsonsiz buqa va qoʻchqorni 24Mening huzurimga keltir. Ruhoniylar bu jonivorlarning ustiga tuz#43:24 tuz — oʻzgarmaslik ramzi boʻlib, Xudo va Uning xalqi orasidagi ahdning barqarorligini bildiradi (Levilar 2:13 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). sochib, ularni Menga atab qurbonlik qilib kuydirishsin. 25Har kuni, yetti kun davomida bir takani gunoh qurbonligi qil. Bundan tashqari, bir buqa va bir qoʻchqorni qurbonlik uchun keltir. Jonivorlar nuqsonsiz boʻlishi shart. 26Oʻsha yetti kun davomida ruhoniylar qurbongohni poklab, muqaddas qilishsin. Shunday qilib, uni Mening xizmatimga bagʻishlasinlar. 27Sakkizinchi kundan boshlab, ular har kuni oʻsha qurbongohda tinchlik va kuydiriladigan qurbonliklarini keltirishsin. Shunda Men sizlardan mamnun boʻlaman.” Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.
Currently Selected:
Hizqiyol 43: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: