Hizqiyol 42
42
42–BOB
Ruhoniylarning muqaddas xonalari
1Soʻng oʻsha odam#42:1 oʻsha odam — 40:3 ga qarang. meni tashqi hovliga olib chiqib, Maʼbadning shimolidagi bir qator xonalar oldiga olib bordi. Bu xonalar Maʼbadning gʻarb tomonidagi imoratga yaqin joylashgan edi. 2Ularning shimol tomonidagi umumiy uzunligi 100 tirsak#42:2 tirsak — uzun tirsak nazarda tutilgan. Bir uzun tirsak taxminan 53 santimetrga toʻgʻri keladi. 40:5 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang., eni 50 tirsak edi. 3Xonalar bir tomoni bilan eni 20 tirsak boʻlgan ichki hovlining ochiq joyiga#42:3 eni 20 tirsak boʻlgan ichki hovlining ochiq joyi — 41:9-10 ga qarang., ikkinchi tomoni bilan Maʼbadning tosh yotqizilgan tashqi hovlisiga#42:3 Maʼbadning tosh yotqizilgan tashqi hovlisi — 40:17 ga qarang. qarab turardi. Xonalar uch qavat qilib qurilgan edi. 4Xonalarning ichki hovli tomonida bir keng yoʻlak bor edi. Bu yoʻlakning eni 10 tirsak, uzunligi 100 tirsak#42:4 100 tirsak — qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matnda 1 tirsak. edi. Ammo xonalarning eshiklari shimol tomonga ochilar edi. 5Uchinchi qavatdagi xonalar, ikkinchi qavatdagilarga, ikkinchi qavatdagi xonalar esa birinchi qavatdagilarga qaraganda torroq edi. Shuning hisobiga yuqori qavatdagi ayvonlar kengroq edi. 6Quyi qavatdagi xonalar yuqori qavatdagi xonalarga tayanch boʻlib xizmat qilar edi. Shu sababdan bu inshoot qurilmasida Maʼbad hovlisidagi boshqa binolardan farqli ravishda ustunlardan foydalanilmagan. 7Bu xonalarni tashqi hovlidan devor ajratib turar edi. Uzunligi 50 tirsak boʻlgan bu devor tashqi hovlidagi hujralarning davomiga qurilgan edi. 8Tashqi hovlidagi hujralarning uzunligi 50 tirsak, ichki hovlidagi bu xonalarning uzunligi esa 100 tirsak edi. 9Bu xonalarga tashqi hovlidan kirish uchun sharqdagi kiraverishdan foydalanilgan. 10Bu kiraverish hovlining devori boshlangan joyda edi.
Janubda#42:10 Janub — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda Sharq. ham ochiq joy va xonalar bor edi, bu xonalar imorat roʻparasida edi. 11Bu xonalarning old tomonida yoʻlakchasi bor edi. Xonalarning hajmi, eshiklari, tuzilishi va kirish joylari shimol tomondagi xonalarniki bilan bir xil edi. 12Bu xonalarga sharq tomondan oʻsha yoʻlakcha orqali kirilar edi. Yoʻlakning bir tomoni devor edi.
13U odam menga shunday dedi: “Maʼbadning shimol va janub tomoniga qurilgan bu xonalar muqaddasdir. Bu xonalarda Egamizning huzuriga kiradigan ruhoniylar eng muqaddas nazrlarni tanovul qiladilar. Don nazri, gunoh qurbonliklari va ayb qurbonliklari bu xonalarga qoʻyiladi, chunki bu xonalar muqaddasdir. 14Ruhoniylar Maʼbadda xizmat qilib boʻlganlaridan keyin, muqaddas liboslarini bu xonalarda yechib, boshqa kiyim kiyib olishlari kerak. Shundan keyingina tashqi hovliga — odamlarning oldiga chiqishlari mumkin.”
Maʼbad hududining oʻlchamlari
15Oʻsha odam Maʼbad hovlisidagi binolarni oʻlchab boʻlgandan soʻng, meni sharqiy darvoza orqali tashqariga olib chiqib, Maʼbad hovlisining atrofidagi devorni oʻlchay boshladi. 16U chizgʻichi bilan devorning sharq tomonini oʻlchadi, devorning uzunligi 500 tirsak chiqdi. 17-19Soʻng devorning shimol, janub va gʻarb tomonlarini oʻlchadi. Devorning hamma tomonlari 500 tirsak uzunlikda edi. 20Maʼbad hududi toʻrtburchak shaklda edi. Bu devor muqaddas joyni oddiy joydan ajratib turar edi.
Currently Selected:
Hizqiyol 42: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: