Doniyor 9
9
9–BOB
Doniyor xalq uchun ibodat qiladi
1Bobil#9:1 Bobil — ibroniycha matnda Xaldey, oʻsha vaqtda Bobil yurti shu nom bilan ham atalardi. taxtiga oʻtirgan Midiyalik Axashverash#9:1 Axashverash — Ezra va Ester kitoblarida aytib oʻtilgan, Kserks ismi bilan ham tanilgan Axashverashdan boshqa shoh. oʻgʻli Doro#9:1 …Midiyalik…Doro… — 5:31 izohiga qarang. hukmronligining ilk davri. 2Men Doro hukmronligining dastlabki yilida paygʻambarlar yozib qoldirgan bitiklarni mutolaa qilishga kirishgan edim. Egamiz Yeremiyo paygʻambarga aytgan soʻzlariga koʻra#9:2 Egamiz Yeremiyo paygʻambarga aytgan soʻzlariga koʻra… — Yeremiyo 25:11-12, 29:10 ga qarang., Quddus yetmish yil davomida xarob boʻlib yotishini bilib oldim.
3Shunda men Rabbiy Xudoga yolvordim, roʻza tutib, qanorga oʻrandim, kulga belanib#9:3 …qanorga oʻrandim, kulga belanib… — qanor dagʻal qoramtir mato boʻlib, echki yoki tuya junidan toʻqilgan. Qanorga oʻranib olish va kulga belanish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi. Koʻpincha bu harakat Xudodan kechirim soʻrab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan., iltijo qildim. 4Men Egam Xudoga ibodat qilib, xalqimning gunohlari uchun shunday deb tavba qildim:
Yo Rabbiy, Sen buyuk va haybatli Xudosan! Seni sevib, amrlaringga rioya qilgan bandalaringga Sen ahdingni sodiq saqlaysan. 5Ammo biz nohaqlik qilib, gunohga qoʻl urdik. Qabih ishlar qilib, Senga qarshi bosh koʻtardik, amrlaru qonun–qoidalaringni unutib, 6shohlarimizga, rahnamolarimizga, ota–bobolarimizga va avom xalqqa Sening nomingdan gapirgan xizmatkorlaring — paygʻambarlarga biz quloq solmadik.
7Sen haqsan, yo Rabbiy. Biz esa bugun sharmanda boʻldik. Biz Senga xiyonat qilganimiz uchun, Sen hammamizni — Yahudo va Quddus aholisini hamda butun Isroil xalqini yaqin va uzoq yurtlarga tarqatib yuborgansan. 8Ey Egam, biz Senga qarshi gunoh qilganimiz uchun shohlarimiz, rahnamolarimiz, ota–bobolarimiz — biz hammamiz sharmanda boʻldik. 9Yo Rabbimiz Xudo, biz Senga qarshi bosh koʻtargan boʻlsak ham, Sen gunohlarimizni kechiruvchi, rahmdil Xudosan. 10Ey Egamiz Xudo, biz Senga itoat etmadik! Sen xizmatkorlaring boʻlmish paygʻambarlar orqali bizga qonunlar berding, ammo biz ularga rioya qilmadik.
11Butun Isroil xalqi qonuningni buzib, haq yoʻldan ozdi, Senga quloq solishni xohlamadi. Biz Senga qarshi gunoh qilganimiz uchun quling Musoning qonunida yozilgan qasamyodu laʼnatlar boshimizga tushdi. 12Ha, Sen bizni va rahnamolarimizni ogohlantirgan eding! Soʻng aytganlaringni qilib, boshimizga shunday falokatlar yogʻdirdingki, Quddusda yuz bergan bunday dahshatli fojiani yorugʻ dunyo hali koʻrmagan edi. 13Musoning qonunida yozilgan har bir falokat boshimizga tushdi. Ammo biz shunda ham gunohlarimizdan qaytmadik, Egamiz Xudoning marhamatini izlamadik, Uning sodiqligini esga olmadik. 14Vaqti kelib Egam bizni bu falokatlarga giriftor qildi, chunki biz Uning gaplariga itoat qilmadik. Darhaqiqat, Egamiz Xudo doim adolat ila ish tutar.
15Ey Rabbimiz Xudo, Sen Oʻz xalqingni qudrating ila Misrdan olib chiqib, shuhratingni olamga yoyding. Sening qudrating bugunga qadar tilga olinar. Biz esa gunoh qildik, qabihlikka qoʻl urdik. 16Yo Rabbiy, Sen oʻtmishda bizga koʻp iltifot qilding. Hozir ham gʻazabu qahringni Quddusdan yiroq qilgin, deb yolvoraman. Quddus Sening shahring, Sening muqaddas togʻing–ku#9:16 muqaddas togʻ — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. Quddusdagi Maʼbad qurilgan tepalik Sion togʻi deb atalgan. U yerda Xudo Oʻzini Isroil xalqiga maʼlum qilgan. Eski Ahddagi sheʼriy parchalarda va paygʻambarlar bitiklarida Sion soʻzi koʻpincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SION soʻziga qarang., axir! Bizning va ota–bobolarimizning gunohlari tufayli Quddus va tanlangan xalqing qoʻshni xalqlar orasida xor–zor boʻlmoqda. 17Shuning uchun, ey Xudoyimiz, men, qulingning ibodatu iltijolariga quloq tutgin. Yo Rabbiy, xarob boʻlgan Maʼbadingga Oʻz haqi–hurmating uchun munavvar yuzing bilan boqqin. 18Ey Xudoyim, quloq solib, nolalarimizni eshitgin! Koʻzingni ochib, biz tortgan jabrni koʻrib qoʻygin! Shaharning ahvoliga bir qara, axir, u Sening noming bilan atalgan–ku! Biz Sening marhamatingga loyiq boʻlmasak–da, Oʻzingning cheksiz rahmdilliging tufayli bizga shafqat qil. 19Yo Rabbiy, nolalarimni eshitgin! Yo Rabbiy, bizni kechirgin! Yo Rabbiy, iltijolarimni eshitib yordam bergin! Hurmating haqi shoshilgin, chunki bu shahring va xalqing Sening noming bilan atalgandir, ey Xudoyim!
Jabroil bashoratni tushuntirib beradi
20Men toat–ibodatda boʻlib, oʻzimning gunohlarim va xalqim Isroilning gunohlari uchun tavba qilib, Xudoning muqaddas togʻi — Quddus#9:20 …Xudoning muqaddas togʻi — Quddus… — ibroniycha matnda Quddus keltirilmagan, qiyoslash uchun shu bobning 16–oyati izohiga qarang. uchun Egam Xudoga iltijo qilayotgan edim. 21Kechki qurbonlik paytida men hali ibodat qilayotganimda, oldimga Jabroil uchib tushdi. Men uni oldingi vahiyda ham koʻrgan edim#9:21 Men uni oldingi vahiyda ham koʻrgan edim — 8:16-17 ga qarang.. 22U menga tushuntirdi: «Doniyor, men oldingga vahiyni tushuntirmoq uchun keldim. 23Sen Xudoga iltijo qila boshlaganingda, U senga javob bergan edi. Men javobini senga yetkazmoq uchun keldim, chunki sen Xudoning suyukli bandasisan. Qani, endi aytadigan gaplarimni yaxshilab eshit, vahiyning maʼnosini tushunib olgin: 24isyonni bartaraf etish, qabihlikka chek qoʻyish, gunohdan poklash hamda abadiy adolat oʻrnatish uchun Xudo sening xalqing va muqaddas shahring uchun yetmish karra yetti yil#9:24 yetmish karra yetti yil — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi 70 ta yetti, 490 yillik davr nazarda tutilgan. belgiladi. Shunda vahiy va karomatlar amalga oshadi, muqaddas Maʼbad#9:24 muqaddas Maʼbad — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi muqaddaslarning muqaddasi boʻlib, Maʼbadga, Maʼbaddagi qurbongohga yoki oliy ruhoniyga ishora. Qaysi soʻz yoki ibora nazarda tutilganidan qatʼi nazar, bu oyat “odamlar yana Maʼbadda sajda qila oladilar” degan maʼnoni bildiradi. esa tabarruk qilinadi. 25Shuni bilib qoʻyginki, Quddusni tiklash uchun amr berilganidan to Xudo moy surtib tanlagan yoʻlboshchi#9:25 …Xudo moy surtib tanlagan yoʻlboshchi… — Masih nazarda tutilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi MASIH soʻziga qarang. kelguniga qadar, yetti karra yetti yil#9:25 yetti karra yetti yil — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi 7 ta yetti, 49 yillik davr nazarda tutilgan. oʻtadi. Oltmish ikki karra yetti yil#9:25 Oltmish ikki karra yetti yil — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi 62 ta yetti, 434 yillik davr nazarda tutilgan (shu bobning 26–oyatida ham bor). mobaynida Quddus shahri, uning yoʻllari va mudofaa inshootlari tiklanadi, ammo bular mashaqqatli damlarda sodir boʻladi. 26Oltmish ikki karra yetti yil oʻtgach, Xudo tanlagan yoʻlboshchi oʻldiriladi. U erishgan hamma narsa barbod boʻladi#9:26 U erishgan hamma narsa barbod boʻladi — yoki Hech kim uning oʻrnini olmaydi.. Qoʻshin tortib kelgan ajnabiy bir hukmdor shaharga kuchli selday yopirilib, shaharni hamda Maʼbadni vayron qiladi. Xudoning qaroriga muvofiq, urushu vayronagarchiliklar oʻsha davrning oxirigacha davom etadi. 27Oʻsha hukmdor koʻp xalqlar bilan bir karra yetti yilga#9:27 bir karra yetti yil — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi 1 ta yetti, 7 yillik davr nazarda tutilgan. kuchli bir bitim tuzadi. Oʻsha vaqtning yarmi oʻtgach, qurbonlik va nazrlarga chek qoʻyib, Maʼbadda#9:27 Maʼbad — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi qanot, Maʼbadning ayni bir qismiga yoki Maʼbaddagi qurbongohga ishora qilayotgan boʻlishi mumkin. makruh bir narsa oʻrnatadi. Bu narsa koʻp harom–xarish ishlarga sabab boʻladi#9:27 …Maʼbadda makruh bir narsa oʻrnatadi. Bu narsa koʻp harom–xarish ishlarga sabab boʻladi — koʻpchilik olimlarning taʼkidlashicha, bu hodisa miloddan oldingi 167 yilda, Yunon shohi Antiox IV hukmronligi davrida yuz bergan. Uni Antiox Epifan deb ham atashardi. U miloddan oldingi 175-164 yillarda Suriyada hukmronlik qilgan. Quddusdagi Maʼbadning qurbongohi ustiga xudo Zevsga atab qurbongoh qurdirib, u yerda choʻchqalarni qurbonlik qilgan. Iso qilgan bashoratga koʻra, shunga oʻxshash hodisa oxirzamon davrida ham sodir boʻladi (Matto 24:15 ga qarang).. Bu ahvol Xudo belgilagan kungacha davom etadi. Oʻsha kuni shahar bilan Maʼbadni vayron qilgan hukmdorning kuni bitadi.»”
Currently Selected:
Doniyor 9: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: