Doniyor 10
10
10–BOB
Doniyorning farishta haqidagi vahiysi
1Fors shohi Kurush hukmronligining uchinchi yilida#10:1 Kurush hukmronligining uchinchi yili — miloddan oldingi 536 yil (1:21 izohiga qarang)., Beltashazar deb atalgan Doniyorga#10:1 Beltashazar deb atalgan Doniyor — 1:7 ga qarang. Xudodan bir xabar kelgan edi. Kelajakda albatta sodir boʻladigan kuchli toʻqnashuvga oid boʻlgan bu#10:1 Kelajakda albatta sodir boʻladigan kuchli toʻqnashuvga oid boʻlgan bu… — yoki Xabar toʻgʻri edi, ammo uni tushunish juda qiyin edi. Bu…. xabarning maʼnosi Doniyorga vahiy orqali ayon boʻldi. 2Doniyor shunday deb yozdi:
“Oʻsha paytda men uch hafta azadorday yurdim. 3Uch hafta davomida hech qanday tansiq taom yemadim, goʻsht bilan sharobni ogʻzimga olmadim, yuvinib–taranmadim. 4Birinchi oyning#10:4 birinchi oy — ibroniy kalendarining Nison oyi nazarda tutilgan (Nison oyi Abib oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan martning oʻrtasidan boshlanadi. yigirma toʻrtinchi kunida buyuk Dajla daryosining boʻyida turganimda, 5men birovni koʻrdim. Uning egnida zigʻir tolasidan toʻqilgan libos, belida sof tilladan yasalgan kamar#10:5 sof tilladan yasalgan kamar — yoki Ufazdan keltirilgan tilladan yasalgan kamar. Ufaz degan joy haqida hech qanday maʼlumot yoʻq. bor edi. 6Uning tanasi qimmatbaho toshday yarqirab turar edi. Yuzi yashinday porlab, koʻzlari mashʼaladay yonib turar edi. Oyoq–qoʻllari yaltiroq misday tovlanib, ovozi butun bir olomon ovoziday yangrar edi.
7Vahiyni faqat men koʻrdim. Yonimdagilar vahiyni koʻrmagan boʻlsalar ham, vahimaga tushdilar. Ular tumtaraqay boʻlib har yoqqa yashirinib oldilar. 8Men bir oʻzim qoldim. Oʻsha ajoyib vahiyni koʻrayotganimda quvvatsizlanib, aft–angorim tanib boʻlmaydigan darajada oʻzgarib ketganini sezdim. Madorim qolmagan edi. 9Men farishtaning ovozini eshitganimda hushimdan ketib, yuz tuban yerda choʻzilib qoldim. 10Soʻng esa kimningdir bir qoʻli menga tegib, meni kaft va tizzalarimga turgʻizib qoʻydi.
11Oʻsha farishta menga:
— Ey Doniyor, sen Xudoning suyukli bandasisan, — dedi. — Qani, tur! Senga aytadigan gaplarimga quloq sol, chunki men sening oldingga yuborilganman.
U shu gaplarini menga aytayotganda, men qaltirab oʻrnimdan turdim.
12— Doniyor, qoʻrqma! — dedi u menga. — Sen hayot lazzatlaridan voz kechib, xabar xususida mulohaza yuritishni boshlagan kuningdayoq, iltijolaring ijobat boʻlgan edi. Iltijolaringga binoan, men oldingga keldim. 13Ammo Fors shohligini himoya qiluvchi farishta yigirma bir kun davomida menga qarshilik koʻrsatdi. Men u bilan jang qilib hayallab qolganim uchun#10:13 Men u bilan jang qilib hayallab qolganim uchun… — ibroniycha matnda Men Fors shohlari bilan kurashib hayallab qolganim uchun…, oyatning birinchi qismida va shu bobning 20-21–oyatlarida aytib oʻtilgan himoya qiluvchi farishta bilan boʻlgan toʻqnashuv nazarda tutilgan boʻlishi mumkin., bosh farishtalardan biri boʻlgan Mikoyil menga yordamga keldi. 14Men senga kelajakda xalqing boshiga tushadigan narsalarni tushuntirish uchun keldim. Bu vahiy oʻsha kunlarga oiddir.
15U shu soʻzlarni gapirayotganda, men lom–mim deya olmay, boshimni egib turar edim. 16Soʻng odam qiyofasidagi boshqa birovi#10:16 odam qiyofasidagi boshqa birovi — ibroniycha matnda odamga oʻxshagan bittasi. Shu oyatda va 18–oyatda aytilib oʻtilgan bu kimsa 5-6–oyatlardagi zotmi yoki boshqami — aniq emas. lablarimga qoʻl tekkizdi. Men ogʻzimni juftlab, oldimda turganga dedim:
— Hazratim, bu vahiy yurak–bagʻrimni ezib yubordi, madorim quridi. 17Menday bir qul qanday qilib hazratim bilan gaplasha oladi? Holdan toyganman, bazoʻr nafas olyapman.
18U yana bir bor menga qoʻlini tekkizib, menga kuch ato etdi. 19Men birinchi koʻrgan boshqa birovi#10:19 Men birinchi koʻrgan boshqa birovi… — ibroniycha matnda U…. Bu oyatda 5-6–oyatlarda aytib oʻtilgan zot nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. shunday dedi:
— Ey Xudoning suyukli bandasi, qoʻrqma! Tinchlan! Dadil boʻl!
U menga gapirayotganda, dadillanib dedim:
— Hazratim, siz menga dalda berdingiz, endi gapiravering.
20-21— Sening oldingga nima uchun kelganimni bilasanmi oʻzi? — deb soʻradi u. — Men senga Haqiqat kitobida yozilgan narsalarni aytib bermoqchiman. Bundan soʻng men qaytib, Fors shohligini himoya qiluvchi farishtaga qarshi urushga chiqaman. Keyin Yunon shohligini himoya qiluvchi farishta bilan jang qilaman. Bu toʻqnashuvda Isroilni himoya qiluvchi Mikoyil farishtadan boshqa yordamchim yoʻq.
Currently Selected:
Doniyor 10: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: