YouVersion Logo
Search Icon

Doniyor 8

8
8–BOB
Doniyorning qoʻchqor va echki haqidagi vahiysi
1Doniyor shunday deb yozdi:
“Shoh Belshazar hukmronligining uchinchi yilida#8:1 Shoh Belshazar hukmronligining uchinchi yili — miloddan oldingi 552 yil, birinchi vahiydan ikki yil oʻtgandan keyin (7:1 ga qarang). Mazkur bobda tasvirlangan voqealar 5–bobdagi voqealardan avval sodir boʻlgan. menga yana bir vahiy keldi. 2Bu vahiyda men Elam viloyatidagi Shushan qalʼasida#8:2 Shushan qalʼasi — bu shahar devorlar bilan oʻralgan boʻlib, viloyatning poytaxti edi., Uloy daryosining boʻyida turgan ekanman. 3Men daryo boʻyida bir qoʻchqor turganini koʻrdim. Uning ikkita uzun–uzun shoxlari bor ekan#8:3 …bir qoʻchqor…Uning ikkita uzun–uzun shoxlari bor ekan — ikki shoxli bu qoʻchqor birlashgan Midiya va Fors shohligiga ishora qiladi.. Ikkinchi boʻlib chiqqan shox birinchisiga qaraganda uzunroq ekan#8:3 Ikkinchi boʻlib chiqqan shox birinchisiga qaraganda uzunroq ekan — uzunroq boʻlgan shox Fors shohi Kurushni bildiradi. Kurush Midiya va Fors davlatlarini birlashtirgan edi (1:21 izohiga qarang).. 4Qoʻchqor oʻzini gʻarb, shimol va janubga urib, yoʻlida duch kelgan hamma narsani suzar edi. Hech qanday hayvon unga bas kela olmas, uning qurbonlarini qutqara olmas edi. Qoʻchqor xohlagan ishini qilar, kuchi tobora oshib borar edi.
5Buni tomosha qilib turganimda, gʻarb tomondan bir taka koʻrindi. Yelday uchib kelayotgan bu takaning tuyoqlari goʻyo yerga tegmayotganday tuyular edi. Uning ikki koʻzi orasida ulkan bir shox bor edi#8:5 …bir taka…ulkan bir shox bor edi — taka Yunon imperiyasiga, takaning ulkan shoxi esa Iskandar Zulqarnaynga ishora qiladi. U miloddan oldingi 330 yilda birlashgan Midiya va Fors shohligini bosib olgan edi.. 6U quturganicha qoʻchqor tomon yugurdi–da, 7qahr–gʻazab bilan unga tashlanib, suzdi. Takaning zarbasi zoʻrligidan, qoʻchqorning ikkala shoxi sinib tushdi. Qoʻchqor takaga bas kela olmadi. Taka uni yerga yiqitib toptadi, hech kim qoʻchqorni undan qutqara olmas edi.
8Taka nihoyatda kuchayib ketdi, ammo kuch–qudrat choʻqqisida uning ulkan shoxi sinib tushdi. Sinib tushgan shoxning oʻrniga dunyoning toʻrt tomoniga qayrilgan toʻrtta katta shox oʻsib chiqdi#8:8 …ulkan shoxi sinib tushdi. Sinib tushgan shoxning oʻrniga…toʻrtta katta shox oʻsib chiqdi — shoxning sinib tushishi Iskandar Zulqarnaynning oʻlimiga ishora qiladi. Oʻsib chiqqan toʻrtta katta shox Iskandarning toʻrtta lashkarboshisini bildiradi. Iskandar Zulqarnayn miloddan oldingi 323 yilda vafot etgach, toʻrtala lashkarboshi uning shohligini boʻlishib oladilar. Boʻlingan bu shohliklar Yunoniston, Kichik Osiyo, Suriya va Misr edi..
9Ularning biridan yana bitta shoxcha chiqdi. Uning kuch–qudrati oshib, janub, sharq va goʻzal Isroil oʻlkasi#8:9 goʻzal Isroil oʻlkasi — ibroniycha matnda goʻzal oʻlka, Isroil yurtiga ishora. tomon yoyildi. 10Qudrati osmonu falakka yetgan bu shox samoviy lashkarlarga hujum qildi. Samoviy lashkarlar boʻlmish yulduzlarning ayrimlarini yerga tushirib toptadi. 11Hatto samoviy lashkarning Sarkardasi — Xudoni mensimay, Unga keltiriladigan kundalik qurbonliklarni toʻxtatdi. Maʼbadni esa vayron qilib, 12samoviy lashkarlarni magʻlub qildi. Kundalik qurbonliklar oʻrniga haddan tashqari jirkanch bir narsani oʻrnatdi. Haqiqatni oyoq osti qilgan bu shox har bir ishida muvaffaqiyat qozonar edi#8:9-12 Doniyorga kelgan vahiyning bu qismidagi kichkina shox miloddan oldingi 175-164 yillarda Suriyada hukmronlik qilgan Yunon shohi Antiox IV ga ishora qiladi. Uni Antiox Epifan deb ham atashardi. Miloddan oldingi 167 yilda Antiox IV Quddusni bosib olib, u yerdagi deyarli hamma erkaklarni qirib tashladi, ayollar va bolalarni esa qul qilib oldi. U yahudiylarga koʻp zulm oʻtkazdi, ularning eʼtiqodini yoʻq qilishga astoydil urindi. Sunnat qilish odatini taqiqladi. Oʻzini koʻklarga koʻtarib, Xudoga tenglashtirdi, Quddusdagi Maʼbadni bulgʻadi (9:27 ning oxirgi izohiga qarang), kunda keltiriladigan qurbonliklarga chek qoʻydi. Shu vaqt mobaynida imonda sobit qolgan koʻp yahudiylar qurbon boʻldi. Miloddan oldingi 165 yilda yahudiylar Antiox IV hukmronligiga qarshi isyon koʻtarib, ozodlikka erishdilar. 7:8 da oxirzamon davrida hokimiyat tepasiga keladigan murtad bir shoh haqida hikoya qilingan edi, Antiox IV oʻsha murtad shohning jonli namunasidir (7:8 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang)..
13Keyin men farishtalar oʻzaro gaplashayotganini eshitib qoldim. Ularning biri boshqasidan shunday deb soʻraganini eshitdim:
— Vahiydagi bu hodisalar qachongacha davom etar ekan–a? Qachongacha bu jirkanch narsa kundalik qurbonliklar oʻrnini egallaydi? Qachongacha Maʼbad va samoviy lashkarlar oyoq osti boʻladi?
14Sherigi unga shunday javob berdi:
— Bunday ahvol 2300 kechayu kunduz#8:14 2300 kechayu kunduz — buni 2300 sutka deb tushunsa boʻladi yoki 1150 kecha va 1150 kunduz alohida hisoblangan holda, 1150 sutka deb tushunsa ham boʻladi. Ikkinchi talqin quyidagi sabablarga koʻra, mantiqqa toʻgʻri keladi: 1150 kun 7:25 da aytib oʻtilgan uch yarim yilga teng. Qurbonliklar kun davomida ikki mahal, ertalab va kechqurun keltirilgani uchun, kecha va kunduz alohida hisoblangan boʻlishi mumkin. davom etadi. Oʻsha vaqt mobaynida qurbonliklar keltirilmaydi. Shundan soʻng Maʼbad poklanib, asl holiga qaytariladi.
Farishta Jabroil vahiylarni tushuntirib beradi
15Men koʻrgan vahiyning magʻzini chaqmoqchi boʻlib, boshimni qotirib turganimda, birdaniga oldimda odam qiyofasidagi allakim paydo boʻldi. 16Shu paytda men Uloy daryosi tomonidan:
— Ey Jabroil, bu odamga vahiyning maʼnosini tushuntirib ber, — deb xitob qilayotgan inson ovozini eshitdim. 17Jabroil menga yaqinlashganda, men qoʻrqqanimdan yuz tuban yerga yiqildim. Ammo u menga:
— Tushungin, ey inson#8:17 inson — ibroniycha matnda inson oʻgʻli. Bu oʻrinda shu ibora paygʻambar ham odam zotidan ekanligini, abadiy yashamasligini, u ham Xudoning kuchiga muhtojligini koʻrsatish uchun ishlatilgan., bu oxirzamon vahiysi, — dedi.
18U gapirayotganda men hushimdan ketib, yuz tuban yerda choʻzilib yotgan edim. Ammo u qoʻlini tekkizib, meni turgʻizib qoʻydi–da, 19shunday dedi:
— Eshit, men senga oxirzamon paytida sodir boʻladigan narsalarni ayon qilaman, oʻsha davrda Xudo Oʻz gʻazabini yer yuziga sochishni belgilagandir. 20Sen koʻrgan ikki shoxli qoʻchqor — bu Midiya va Fors shohliklaridir. 21Taka esa Yunon shohligidir. Ikkala koʻzining orasidagi ulkan shox — bu Yunon shohligining taxtida oʻtiradigan birinchi hukmdordir. 22Sinib tushgan shoxning oʻrniga chiqqan toʻrtta shox — Yunon shohligi toʻrt qismga boʻlinishini bildiradi. Taxtga oʻtirgan toʻrtala hukmdor oldingi hukmdorga qaraganda zaifroq boʻladi. 23Ularning hukmronlik paytlari oxirlab, gunohlari toʻlib–toshganda, makr–hiylaga usta, vajohati xunuk bir hukmdor taxtga oʻtiradi. 24U nihoyatda kuchayib ketadi, biroq oʻzining kuchi bilan emas. U hamma yoqni vayron qilib, barcha ishlarida muvaffaqiyat qozonadi. Zabardast yoʻlboshchilaru Xudoning azizlarini qirib tashlaydi. 25Ustalik bilan ishlatgan makkorligi tufayli koʻp yutuqlarga erishadi. Koʻzini yogʻ bosgan bu hukmdor ogohlantirmasdan koʻp odamlarni halok qiladi. U hatto eng buyuk Hukmdorga qarshi bosh koʻtaradi. Oqibatda esa yoʻq qilib tashlanadi, ammo bu insonning kuchi bilan qilinmaydi. 26Doniyor, men hozir senga tushuntirib bergan ertalabki va kechqurungi qurbonliklarga oid boʻlgan bu vahiy albatta amalga oshadi. Sen vahiyni sir tutgin, chunki bu uzoq kelajakka oid narsadir.
27Bu voqeadan soʻng tobim qochib, bir necha kun betob boʻlib yotdim. Keyin turib, shohning xizmatiga qaytdim. Ammo vahiy meni tamomila esankiratib qoʻygan edi. Men uning maʼnosini tushunmagan edim.

Currently Selected:

Doniyor 8: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in