Doniyor 7
7
Doniyor koʻrgan vahiylar
(7:1-12:13)
7–BOB
Doniyorning toʻrt maxluq haqidagi vahiysi
1Bobil shohi Belshazar hukmronligining birinchi yilida#7:1 Bobil shohi Belshazar hukmronligining birinchi yili — miloddan oldingi 554 yil nazarda tutilgan. Oʻsha yili Belshazar otasi Navonidus bilan birga hukmronlik qilishni boshlagan edi. Ushbu bobda tasvirlangan voqealar 5–bobdagi voqealardan avval sodir boʻlgan. Doniyor bir tush koʻrdi. U koʻrgan tushi haqida shunday yozdi:
2“Men tushimda bir vahiy koʻrdim. Osmonning toʻrt tomonidan esayotgan qattiq shamol ulkan bir dengizni toʻlqinlantirayotgan edi. 3Oʻsha dengizdan bir–biriga oʻxshamaydigan toʻrtta bahaybat maxluq#7:3 toʻrtta bahaybat maxluq — shu bobning 3-8–oyatlarida tasvirlangan maxluqlar birin–ketin hukmronlik qiladigan toʻrtta shohlikka ishora qiladi. Shoh Navuxadnazar tushida koʻrgan haykalning toʻrtta qismi ham bu shohliklarni ifodalagan (2:31-35 ga qarang). 2:36-45 izohida oʻsha shohliklar haqida maʼlumot berilgan. Toʻrtta maxluqning hukmronligidan keyin, taxtni Xudo tanlagan inson egallaydi. Xudo unga cheksiz hokimiyat beradi, oʻsha inson abadiy hukmronlik qiladi (shu bobning 13-14–oyatlariga qarang). Shoh Navuxadnazarning tushida haykalga urilgan va katta toqqa aylangan tosh oʻsha hukmdorni va uning abadiy shohligini ifodalaydi (2:35, 44-45 ga qarang). chiqdi. 4Birinchisi sherga oʻxshagan edi, uning burgut qanotlariga oʻxshagan qanotlari bor edi. Men maxluqni tomosha qilib turgan edim, birdaniga qandaydir bir kuch uning qanotlarini uzib tashladi, oʻzini esa koʻtarib odamzodga oʻxshatib ikki oyogʻida turgʻizib qoʻydi. Oʻsha maxluqqa inson ongi berilgan edi#7:4 Birinchisi…inson ongi berilgan edi — birinchi maxluq Bobil shohligini bildiradi. Mazkur oyatdagi maxluqning qismati 4:25-34 da shoh Navuxadnazar boshidan kechirgan koʻrguliklarga ishora qilayotgan boʻlishi mumkin..
5Ikkinchi maxluq ayiqqa oʻxshar edi. U ogʻziga uchta qovurgʻa suyaklarini tishlab olgan edi. U hamla qilishga shaylana boshlaganda, unga shunday buyruq berildi: «Qani, ol, toʻyguningcha goʻsht yegin!»
6Soʻng qoplonga oʻxshagani paydo boʻldi. Bu maxluqning toʻrtta boshi va orqasida qush qanotiga oʻxshagan toʻrtta qanoti bor edi. Unga hukmronlik qilish huquqi berilgan edi.
7Bundan keyin tundagi vahiyda men qoʻrqinchli, dahshatli va benihoya kuchli boʻlgan toʻrtinchi maxluqni koʻrdim. U oʻz qurbonlarini temir tishlari bilan gʻajib, parchalab tashlardi. Qoldiqlarini esa oyoqlari bilan bosib ezardi. Uning oʻnta shoxi boʻlgani uchun, u oldingi maxluqlardan ajralib turar edi. 8Men maxluqning shoxlarini tomosha qilib turganimda, ularning orasidan oʻsib chiqayotgan yana bir shoxchani#7:8 …ularning orasidan oʻsib chiqayotgan yana bir shoxchani… — shu bobning 7-8–oyatlaridagi shoxlar taxtga oʻtiradigan qudratli hukmdorlarga ishora qiladi. 8–oyatda tasvirlangan shoxcha esa Isroil xalqining Xudosini tahqirlaydigan va oʻzini Xudo deb ataydigan hukmdorni bildiradi (yana 11:36 ga va 2 Salonikaliklar 2:4, Vahiy 13:5-6 ga qarang). Ayrim olimlarning fikri boʻyicha, toʻrtinchi shohlik — Rim imperiyasi emas, Yunon imperiyasi boʻlib (2:36-45 izohiga qarang), oyatdagi shoxcha Antiox IV ni bildiradi (8:9-12 ga va oʻsha oyatlarning izohiga qarang). koʻrdim. Unga joy berish uchun oldingi oʻnta shoxdan uchtasi tag–tugi bilan uzilib tushdi. Bu yangi oʻsib chiqqan shoxning inson koʻzlariga oʻxshagan koʻzlari va takabburona gapiradigan ogʻzi bor edi.
Doniyorning Azaliy Nuroniy haqidagi vahiysi
9Men taxtlarning joy–joyiga oʻrnatilganini tomosha qilib turdim, Azaliy Nuroniy#7:9 Azaliy Nuroniy — oramiycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Kunlarning Qadimgisi (shu bobning 13, 22–oyatlarida ham bor). Bu ibora nihoyatda donishmand va keksa insonga hurmat bilan munosabatda boʻlishni bildirardi. Bu bobda Doniyor mazkur iborani Xudoga nisbatan ishlatadi. Oʻz joyiga oʻtirdi. Uning kiyimi qorday oq, sochlari esa oppoq momiqday edi. Uning taxti otashin alanga, taxtining gʻildiraklari lovullagan olov edi. 10Uning huzuridan olovli daryo oqib chiqdi. Minglar Unga xizmat qilar edi, million–millionlar Uning amriga muntazir edi. Sud majlisi boshlandi, hamma kitoblar#7:10 kitoblar — har bir insonning yaxshi–yomon ishlari yozilgan kitoblar. Vahiy 20:11-15 ga qarang. ochildi.
11Kichkina shoxning kibrlanib shangʻillashi mening eʼtiborimni tortgan edi. Men uni tomosha qilayotganimda oʻsha toʻrtinchi maxluq oʻldirildi, uning jasadi olovga tashlanib, kuydirib yuborildi. 12Qolgan maxluqlarga kelsak, ularning hukmronligi yoʻq qilindi, ammo hayotlari maʼlum bir vaqtgacha#7:12 …maʼlum bir vaqtgacha… — oramiycha matnda …bir fasl va vaqtgacha…. saqlab qolindi.
13Tunda kelgan oʻsha vahiyda men osmon bulutlarida kelayotgan inson qiyofasidagi bir zotni#7:13 inson qiyofasidagi bir zot — oramiycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi inson oʻgʻliga oʻxshagan kimsa. “Inson oʻgʻli” iborasi insonga yoki inson qiyofasidagi zotga nisbatan ishlatilgan (misol uchun, 8:17 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi INSON OʻGʻLI iborasiga qarang. koʻrdim. U Azaliy Nuroniyning oldiga keldi. 14Unga hukmronlik, ulugʻvorlik va shohlik berildi. Barcha xalqlar, elatlar va urugʻlar unga boʻysunishdi. Uning hukmronligi bitmas–tuganmas, abadiy hukmronlikdir. Uning shohligi hech qachon buzilmaydi.
Doniyor koʻrgan vahiyning maʼnosi
15Men koʻrgan bu vahiy yuragimga gʻulgʻula solib, allanechuk vahimaga tushirgan edi. 16Men taxt yonida turganlarning bittasiga yaqinlashib, bularning hammasini tushuntirib berishini soʻradim. U menga vahiyning maʼnosini ochib, dedi: 17«Sen koʻrgan toʻrtta maxluq bu yer yuzida hukmronlik qiladigan toʻrtta shohlikdir. 18Ammo Xudoyi Taoloning azizlari shohlikni qabul qilib, unga to abad ega boʻladilar.»
19Men toʻrtinchi maxluq#7:19 toʻrtinchi maxluq — shu bobning 7-8–oyatlariga qarang. haqida koʻproq maʼlumot olishni xohlar edim, chunki u boshqa maxluqlardan ajralib turar edi. Temir tishlari va bronza changallari boʻlgan bu badbashara maxluq qurbonlarini gʻajib tilka–pora qilar, qoldiqlarini bosib ezardi. 20Uning boshidagi oʻnta shoxi, ayniqsa, yangi oʻsib chiqqan shox meni juda qiziqtirib qolgan edi. Oʻsha shox oʻsib chiqayotganda oʻrnidagi uchta shoxni tushirib yuborgan edi. Koʻzlari va kibrlanib gapiradigan ogʻzi boʻlgan bu shox boshqa shoxlarga qaraganda koʻproq ahamiyatga egaday boʻlib koʻrinar edi.
21Bundan tashqari, vahiyda men oʻsha shoxning Xudoning aziz xalqi bilan jang qilayotganini va ularni yengayotganini koʻrgan edim. 22Shu orada Azaliy Nuroniy kelib, Oʻzining azizlari foydasiga hukm chiqardi. Xudoyi Taoloning aziz odamlari uchun shohlikni oʻz tasarrufiga olish vaqti yetib kelgan edi.
23Suhbatdoshim menga shunday dedi: «Toʻrtinchi maxluq bu yer yuzida hukmronlik qiladigan toʻrtinchi shohlikning timsolidir. Bu shohlik boshqa shohliklardan ajralib turadi. U butun dunyoni gʻajib, ezib parcha–parcha qiladi. 24Maxluqning oʻnta shoxi — shohlikni boshqaradigan oʻnta hukmdordir. Keyinchalik taxtga yangi bir hukmdor oʻtiradi. Bu hukmdor oldingi oʻnta hukmdordan ajralib turadi va uchta hukmdorni taxtdan tushiradi. 25U kufr ketib, Xudoyi Taoloning azizlarini ayovsiz ezadi. Muqaddas bayramlar va qonunlarni oʻzgartirishga urinadi. Xudoning aziz odamlari uch yarim yil#7:25 uch yarim yil — oramiycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi bir muddat, muddatlar va yarim muddat. Doniyor kitobida muddat soʻzi baʼzan bir yilga nisbatan ishlatilgan. davomida oʻsha hukmdorning zulmi ostida boʻladilar. 26Bu muddat tugagach, samoda sud majlisi boshlanadi. Zolim hukmdor taxtdan tushirilib, butunlay yoʻq qilinadi. 27Xudoyi Taoloning azizlariga esa shohlik, hukmronlik va yer yuzidagi barcha saltanatlarning ulugʻvorligi beriladi. Hamma hukmdorlar ularga boʻysunib, xizmat qiladilar, ularning shohligi abadiy shohlik boʻladi.»
28Koʻrgan, eshitganlarim mana shudir. Bu tushimdan shu qadar vahimaga tushgan edimki, rangimda rang qolmagan edi. Ammo bular toʻgʻrisida ogʻiz ochmay, hammasini ichimga yutdim.”
Currently Selected:
Doniyor 7: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: