Doniyor 4
4
4–BOB
Navuxadnazarning daraxt haqidagi tushi
1Men, Navuxadnazar, oʻz uyimda xotirjam, shohona saroyimda rohat–farogʻatda yashayotgan edim. 2Ammo bir kuni kechasi koʻrgan tushim yuragimga allaqanday vahima soldi. Bu tushim meni dahshatga tushirgan edi. 3Men tushimning taʼbirini bilishni istab, Bobildagi hamma saroy maslahatchilarini huzurimga keltirishni buyurdim. 4Qarshimda hozir boʻlgan folbin, munajjim, afsungar#4:4 afsungar — oramiycha matnda Xaldeylar. 2:2 izohiga qarang. va rammollar#4:4 rammollar — 2:27 izohiga qarang. tushimni eshitdilar–u, ammo uni taʼbirlay olmadilar. 5Nihoyat, Doniyor keldi (uning Beltashazar degan ismi#4:5 …uning Beltashazar degan ismi… — 1:7 ga qarang. men sigʻinadigan xudoning ismi bilan hamohangdir#4:5 …men sigʻinadigan xudoning ismi bilan hamohangdir — Bobilning bosh xudosi ismi Bel edi (Mardux ismi bilan ham tanilgan).). Doniyor muqaddas xudolarning ruhi#4:5 xudolarning ruhi — yoki Xudoning Ruhi. bilan toʻladir. Men unga tushimni aytib berdim: 6“Ey Beltashazar, folbinlarning boshligʻi, senda muqaddas xudolarning ruhi#4:6 xudolarning ruhi — yoki Xudoning Ruhi. borligi menga ayon, har qanday sir senga oshkordir. Koʻrgan tushimning taʼbirini menga aytib ber.
7Tushimda men dunyoning qoq oʻrtasida oʻsayotgan bir daraxtni koʻrdim. U nihoyatda ulkan edi. 8Daraxt oʻsib, uning uchi osmonga yetdi. Daraxtni dunyoning toʻrt burchagidan turib koʻrsa boʻlar edi. 9Uning yaproqlari nihoyatda chiroyli, moʻl mevalari butun dunyoni taʼminlar edi. Yovvoyi hayvonlar uning tagida pana topar, osmondagi qushlar shoxlarida in qurar, yer yuzidagi barcha mavjudot undan oziqlanar edi.
10Men toʻshagimda yotib, kelgan vahiyni tomosha qilayotganimda, osmondan kuzatuvchi bir farishta tushib keldi. 11U baland ovozda baqirdi: «Daraxtni yiqitinglar, shoxlarini chopib tashlanglar, yaproqlarini uzib, mevalarini sochib yuboringlar. Tagidagi hayvonlarni haydanglar, shoxlardagi qushlarni uchiringlar. 12Ammo daraxtning toʻnkasi va ildizlariga tegmanglar, ularni temir va bronza bilan zanjirlab, mayin dasht oʻtlari orasida qoldiringlar. Daraxt timsolidagi bu odam osmondan tushgan shudringga choʻmilsin, yovvoyi hayvonlar bilan yashab, nasibasini dasht oʻtlari orasidan terib yesin. 13Undan inson ongi olib tashlansin. U yetti yil#4:13 yetti yil — oramiycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi yettita muddat. Baʼzan Doniyor kitobida muddat soʻzi bir yilga nisbatan ishlatilgan. Bu oramiycha ibora shu bobning 20, 22, 29–oyatlarida ham bor. mobaynida ongsiz hayvonday yashasin. 14Kuzatuvchi farishtalar shu hukmni chiqarishdi, toki har bir mavjudot Xudoyi Taoloni inson saltanatining yagona Hukmdori deb bilsin. U shohlikni xohlagan odamiga berar, xokisor qashshoqni taxtga oʻtqazar.»
15Men, shoh Navuxadnazar, koʻrgan tush mana shudir. Endi sen, Beltashazar, menga tushimning taʼbirini aytib ber, chunki saroy maslahatchilari uni taʼbirlay olmadilar. Sen esa buning uddasidan chiqasan, chunki senda muqaddas xudolarning ruhi#4:15 xudolarning ruhi — yoki Xudoning Ruhi. bor.”
Tushning taʼbiri
16Soʻng Beltashazar, yaʼni Doniyor bir qancha vaqt oʻziga kelolmay turdi. Mening tushim uni dahshatga tushirgan edi. “Beltashazar, tushim va uning taʼbiri seni dahshatga solmasin, — dedim unga men#4:16 Mening tushim…dedim unga men — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Tush…dedi unga shoh. Bu oʻrinda shoh Navuxadnazar oʻzi haqida uchinchi shaxsda gapirgan. Baʼzan shohlarning maktublarida bunday usuldan foydalanilgan. Anglashilmovchilikning oldini olish uchun mazkur tarjimada ham maktubning davomi birinchi shaxs tilidan yozilgan, chunki matnning bu qismi 3:31 oyatdan boshlangan shoh maktubining davomidir..”
“Hazratim, — deb gapini boshladi Beltashazar. — Iloyim, bu tushingiz va uning taʼbiri dushmanlaringiz boshiga tushsin! 17Siz, uchi osmon bilan oʻpishgan baland bir daraxtni koʻrdingiz. Bu daraxt shu qadar ulkan ediki, uni dunyoning toʻrt burchagidan turib koʻrsa boʻlar edi. 18Uning yaproqlari nihoyatda chiroyli, moʻl mevalari butun dunyoni taʼmin qilar edi. Tagida yovvoyi hayvonlar yashar, osmondagi qushlar shohlarida in qurar edi. 19Oʻsha ulkan daraxt — sizsiz, ey shoh hazratlari! Siz yer yuzida hokimiyatingizni oʻrnatib, shuhratingizni osmonu falaklarga yoygansiz.
20Tushingizda siz, ey hazrati oliylari, osmondan tushib kelayotgan kuzatuvchi farishtani ham koʻrdingiz. Farishta: «Daraxtni yiqitib, yoʻq qilinglar», deb buyruq berdi. «Ammo toʻnka va ildizlariga tegmanglar, ularni temir va bronza bilan zanjirlab, dasht oʻtlari orasida qoldiringlar. Yetti yil davomida u osmondan tushgan shudringga choʻmilib, yovvoyi hayvonlar bilan birga yashasin.»
21Tush taʼbiri shundaydir: Xudoyi Taoloning amriga muvofiq, bularning barchasi kelajakda boshingizga tushadi. 22Siz insonlar jamiyatidan haydalib, yovvoyi hayvonlar orasida yashaysiz. Xudoyi Taolo inson saltanatining yagona Hukmdori ekanini va U taxtni xohlagan odamiga berishini anglab yetmaguningizcha yetti yil davomida molga oʻxshab oʻt yeb, osmondan tushgan shudringga choʻmilasiz. 23Ammo daraxt toʻnkasi va ildizlari qoldirilganligi shundan dalolat beradiki, siz Xudoni Oliy Hukmdor deb tan olganingizdan keyin, shohligingiz qayta tiklanadi. 24Oʻtinaman sizdan, ey shoh hazratlari, maslahatimni rad etmang: gunohlaringizdan yuz oʻgirib, toʻgʻrilikni mahkam tuting, yomon qilmishlaringizdan voz kechib, ezilganlarga iltifot qiling. Kim bilsin, balki shunda davlatingiz ravnaqi davom etar.”
Navuxadnazarning tushi oʻngidan keladi
25Bularning hammasi mening boshimga tushdi#4:25 …mening boshimga tushdi — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …bularning hammasi shoh Navuxadnazarning boshiga tushdi. Shu bobning 25-30–oyatlarida shoh Navuxadnazar oʻzi haqida uchinchi shaxsda gapirgan. 4:16 izohiga qarang.. 26Oʻn ikki oylardan keyin, men, Navuxadnazar, Bobildagi saroyimning tomida sayr qilib yurgan edim#4:26 …saroyimning tomida sayr qilib yurgan edim… — u zamonlarda uylarning tomi tekis boʻlib, odamlar tomga chiqib dam olishardi.. 27Shunda shaharga nazar tashlab: “Oʻz qudratim bilan qurdirgan shohona poytaxt Bobilni bir koʻrib qoʻyinglar–a! — dedim, — cheksiz kuchim va dabdabali ulugʻvorligim bu shaharda aks ettirilgan.”
28Bu soʻzlar ogʻzimdan chiqib ulgurmagan ham ediki, osmondan bir ovoz keldi: “Ey shoh Navuxadnazar, gapimga quloq sol! Sen taxtingdan tushirilding! 29Sen insonlar jamiyatidan haydalib, yovvoyi hayvonlar bilan yashaysan. Xudoyi Taolo — inson saltanatining yagona Hukmdori ekanini va U taxtni xohlagan odamiga berishini uqmaguningcha, yetti yil davomida molga oʻxshab oʻt yeb yurasan.”
30Menga aytilgan bu karomatli soʻzlar oʻsha zahotiyoq amalga oshdi. Men insonlar jamiyatidan haydaldim. Mol kabi oʻt yeb, osmondan tushgan shudringga choʻmildim. Sochlarim burgut qanotlariday uzun, tirnoqlarim qushning changallariday boʻlguniga qadar, hayotim shu zaylda davom etdi.
Navuxadnazar Xudoni olqishlaydi
31Belgilangan muddat tugagach, men koʻzimni osmonga tikdim, oʻsha zahotiyoq es–hushim oʻzimga qaytib keldi. Men Xudoyi Taologa shukronalar aytdim, mangu yashovchini olqishlab, ulugʻladim:
“Zero, abadiydir Uning hukmronligi,
Avlodlar oshadir Uning shohligi.
32Yerdagi insonlar Uning nazdida hech narsadaydir,
Insonlaru malaklarga U hukmini oʻtkazgaydir.
Biror kimsa Unga bas kela olmas,
«Nima qilyapsan?» — deb soʻrashga jurʼat etmas.”
33Es–hushim oʻzimga qaytib kelganidan soʻng, shohligim, obroʻ–eʼtiborim hamda shuhratim tiklandi. Maslahatchi va beklarim meni qidirib kelishdi. Men qayta taxtga oʻtirdim, ulugʻvorligim esa oldingidan ham oshdi.
34Endi men, Navuxadnazar, Samoviy Shohga hamdu sanolar aytaman, Uni ulugʻlab, sharaflayman. Uning hamma ishlari toʻgʻri, chiqargan hukmlari adolatlidir, U dimogʻi shishganlarning popugini pasaytirishga qodirdir.
Currently Selected:
Doniyor 4: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: