Doniyor 5
5
5–BOB
Belshazarning ziyofati
1Oradan yillar oʻtdi. Bir kuni shoh Belshazar#5:1 shoh Belshazar — Navonidusning oʻgʻli boʻlib, otasi bilan birga hukmronlik qilgan. Navonidus Bobilning eng oxirgi shohi boʻlib, miloddan oldingi 555-539 yillarda hukmronlik qilgan. katta bir ziyofat uyushtirdi, ziyofatga mingta begini taklif qilib, ular bilan mayxoʻrlik qilayotgan edi. 2Shirakayf boʻlib qolgan shoh: “Katta bobom#5:2 Katta bobom — oramiycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Otam. Bu soʻzning maʼnosi ajdod yoki oʻzidan oldin oʻtgan biror shoh boʻlishi ham mumkin. Belshazarning otasi Navonidus shoh Navuxadnazar sulolasidan boʻlmagan. Navuxadnazardan to Belshazargacha bir necha shohlar hukmronlik qilgan. Bu oramiycha soʻz shu bobning 11, 13, 18–oyatlarida ham bor. Navuxadnazar Quddusdagi Maʼbaddan olib kelgan oltin va kumush qadahlar#5:2 …Katta bobom Navuxadnazar…olib kelgan oltin va kumush qadahlar… — 1:2 ga qarang. keltirilsin!” — deb buyurdi. Shoh beklari, xotinlari va kanizaklari#5:2 kanizaklar — ibroniycha matnda bu soʻzning maʼnosi quyidagicha: kanizaklar qonuniy xotin boʻlmasalar–da, xoʻjayinlari ular bilan jinsiy aloqada boʻlishgan. Qadimgi paytlarda bu ayollarning jiddiy qonuniy huquqlari boʻlib, xoʻjayinlari ularning erlari sifatida boʻlgan. bilan oʻsha qadahlardan sharob ichmoqchi edi. 3Quddusdagi Maʼbad, yaʼni Xudoning uyidan olib kelingan oltin qadahlar bazmxonaga keltirildi. Shohning oʻzi, uning beklari, xotinlari va kanizaklari qadahlardan sharob ichishdi. 4Ular ichib, oltin, kumush, bronza, temir, yogʻoch va toshlardan qilingan xudolarni olqishlar edilar.
5Toʻsatdan odam qoʻlining panjasi paydo boʻlib, shoh saroyining devorlaridagi suvoqning ustida yoza boshladi. Saroy chiroqlari devorning oʻsha qismini yaxshi yoritib turgani uchun, shoh yozayotgan qoʻl panjasini koʻrib qoldi. 6Shoh bundan dahshatga tushib, boʻzarib ketdi. Uning qoʻllari boʻshashib, tizzalari titray boshladi. 7Shoh baqirib, munajjim, afsungar#5:7 afsungar — oramiycha matnda Xaldeylar (shu bobning 11–oyatida ham bor). 2:2 izohiga qarang. va rammollarni#5:7 rammollar — 2:27 izohiga qarang. keltirishni buyurdi. Ular hozir boʻlganlarida, shoh shunday dedi: “Kim bu yozuvni oʻqib, uning maʼnosini menga tushuntirib bersa, men oʻsha odamning ustiga shohona safsar toʻn kiygizaman, boʻyniga oltin zanjir taqib, chap qoʻl vazirim#5:7 …chap qoʻl vazirim… — yaʼni Navonidus va Belshazardan keyingi lavozimdagi odam (shu bobning 1–oyati izohiga qarang). qilib tayinlayman.” 8Shohning bu maslahatchilari ichkariga kirganlaridan keyin ham yozuvni oʻqiy olmadilar, uning maʼnosini ham tushuntirib bera olmadilar. 9Bundan qattiq vahimaga tushgan shoh Belshazarning rangida rang qolmadi, beklari esa talmovsirab qolishdi.
10Ichkaridagi shovqin–suronni eshitib, bazmxonaga kirgan ona malika#5:10 ona malika — yoki malika, oramiychada bu soʻz yoshi katta ayolga nisbatan ishlatilgan boʻlishi mumkin. Matn mazmuniga koʻra, bu ayol Doniyor haqida Belshazar bilmagan narsalarni ham bilgan. Ehtimol, u Navonidusning yoki ancha oldin oʻtib ketgan Navuxadnazarning xotini boʻlgan.: “Shoh hazratlarining umri boqiy boʻlsin! — dedi. — Shohim, shunchalik ham qoʻrqasizmi, qarang, axir, rangingizda rang qolmabdi–ku! 11Sizning shohligingizda muqaddas xudolarning ruhiga#5:11 xudolarning ruhi — yoki Xudoning Ruhi. toʻlgan bir odam bor. Katta bobongiz davrida bu odam idrokli, zehni oʻtkir va xudolar kabi dono deb tan olingan edi. Katta bobongiz — shoh Navuxadnazar uni folbin, munajjim, afsungar va rammollarning boshligʻi qilib tayinlagan edilar. 12Doniyor ismli bu odam tushlarni taʼbirlashda, sirlarni ochishda va jumboqlarni yechishda gʻayritabiiy qobiliyat, bilim va fahm–farosatga egadir. Katta bobongiz uni Beltashazar deb atagan edi#5:12 Katta bobongiz uni Beltashazar deb atagan edi — 1:7 ga qarang.. Shohim, buyuring, Doniyorni bu yerga keltirishsin, u sizga bu yozuvning maʼnosini tushuntirib bergay.”
Doniyor yozuvni tushuntirib beradi
13Doniyor shoh huzuriga keltirildi. Shoh Doniyordan: “Katta bobom Yahudodan asir qilib olib kelgan Doniyor senmisan? — deb soʻradi. 14— Seni xudolarning ruhi#5:14 xudolarning ruhi — yoki Xudoning Ruhi. bilan toʻlgan, idrokli, zehni oʻtkir va dono deb eshitdim. 15Men maslahatchilar va munajjimlarni huzurimga chaqirtirib, ularga mana bu yozuvni oʻqib, maʼnosini tushuntirib berishni buyurgan edim. Ammo ularning birontasi ham buning uddasidan chiqa olmadi. 16Sen esa jumboqlarni yechib, ularni tushuntira olishingni eshitganman. Agar sen hozir bu yozuvni oʻqib, uning maʼnosini menga tushuntirib bersang, men sening ustingga shohona safsar toʻn kiygizaman, boʻyningga oltin zanjir taqib, chap qoʻl vazirim qilib tayinlayman.”
17Doniyor shoh huzurida shunday javob berdi: “Ey olampanoh, rahmat, sovgʻalaringiz oʻzingizda qolaversin yoki ularni boshqa birovga bera qoling. Men bu yozuvni shundoq ham oʻqib, uning maʼnosini tushuntirib beraman.
18Ey shoh hazratlari, Xudoyi Taolo katta bobongiz Navuxadnazarni buyuk bir saltanatning taxtiga oʻtqazib, shuhratini roʻyi zaminga yoygandir. 19Xudo unga bergan ulugʻvorligi tufayli hamma odamlar — qaysi xalq, elat va urugʻdan boʻlishlaridan qatʼi nazar, katta bobongizdan qoʻrqib qaltirar edilar. U xohlagan odamni oʻldirar, xohlaganini tirik qoldirar, yuksaltirmoqchi boʻlganini yuksaltirar, xor qilmoqchi boʻlganini oyoq osti qilar edi. 20Ammo magʻrurlanib, oʻjarligi ila ish tuta boshlaganda shohona taxtidan tushirilib, ulugʻvorligidan mahrum qilingan edi. 21U insonlar jamiyatidan haydalib, ongsiz hayvonday boʻlib qolgandi. Yovvoyi eshaklar bilan yashab, mol singari, oʻt bilan oziqlangan va osmondan tushgan shudringga choʻmilgandi. Oxiri Xudoyi Taolo inson saltanatining yagona Hukmdori ekanini va U taxtni xohlagan odamiga berishini katta bobongiz tan olgan edi.
22Ammo siz, ey shoh Belshazar, katta bobongizning boshidan oʻtgan bu voqealardan xabardor boʻla turib#5:22 …siz, ey shoh Belshazar, katta bobongizning boshidan oʻtgan bu voqealardan xabardor boʻla turib… — oramiycha matnda …siz uning oʻgʻli, ey shoh Belshazar, bu voqealardan xabardor boʻla turib…. Oramiychada oʻgʻil soʻzi avlod yoki voris maʼnolarini ifodalashi mumkin. Shu bobning 2–oyatiga berilgan birinchi izohga qarang. Xudoga boʻysunmadingiz! 23Siz haddingizdan oshib, Samoviy Xudoga qarshi bosh koʻtardingiz! Xudo Maʼbadining qadahlarini huzuringizga keltirib, beklaringiz, xotinlaringiz va kanizaklaringiz bilan mayxoʻrlik qildingiz. Hech narsa koʻrmaydigan, hech narsa eshitmaydigan, hech narsa bilmaydigan oltin, kumush, bronza, temir, yogʻoch va toshdan yasalgan xudolarni madh ayladingiz. Ammo sizga hayot beruvchi va oxiratingizni belgilovchi Xudoni ulugʻlamadingiz. 24Shuning uchun Xudo qoʻl panjasini yuborib quyidagi soʻzlarni yozdirdi:
25MENE, MENE, TEKEL va PARSIN#5:25 …va PARSIN… — oramiycha matnda …UPARSIN…, maʼnosi va PARSIN..
26Buning maʼnosi quyidagicha:
MENE, yaʼni «hisob» — Xudo hukmronlik vaqtingizni hisoblab chiqib, shohligingizga yakun yasadi.
27TEKEL, yaʼni «tortilgan» — siz tarozida tortilib, hukmronlik qilishga nomunosib boʻlib chiqdingiz.
28PERES, yaʼni «boʻlingan» — shohligingiz boʻlinib, Midiyaliklar va Forslarga berildi#5:28 PERES, yaʼni «boʻlingan»…Forslarga berildi — oramiycha peres soʻzi parsin soʻzining birlik formasidir. Bu soʻzning parsin shakli shu bobning 25–oyatida ishlatilgan. Bu soʻzning maʼnosi boʻlingan demakdir. Peres soʻzi oramiychadagi Fors shohligi soʻziga ohangdosh..”
29Soʻng Belshazar bergan amrga binoan, Doniyorga shohona safsar toʻn kiydirilib, boʻyniga oltin zanjir taqildi va u shohning chap qoʻl vaziri deb eʼlon qilindi.
30Xuddi oʻsha kuni kechasi Bobil#5:30 Bobil — oramiycha matnda Xaldeylar, oʻsha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi. shohi Belshazar oʻldirildi#5:30 …Bobil shohi Belshazar oʻldirildi — miloddan oldingi 539 yilda Midiyaliklar va Forslar Bobilni bosib olib, Belshazarni oʻldirishgan.. 31Taxtga esa oltmish ikki yoshli Midiyalik Doro#5:31 Midiyalik Doro — bu hukmdorning shaxsi haqida hech qanday maʼlumot yoʻq. Midiya va Fors davlatlarini birlashtirgan Fors shohi Kurush miloddan oldingi 539 yilda Bobilni bosib olgan edi (1:21 izohiga qarang). Shu bois unga Bobilda “Midiyalik Doro” unvoni berilgan boʻlishi mumkin. Yoki bu unvon shoh Kurush Bobil hududiga tayinlagan hokimga nisbatan ishlatilgan boʻlishi ham mumkin. Bu hokim haqida qadimgi Bobil qoʻlyozmalarida aytib oʻtilgan. Doniyor kitobining bir necha joyida aytib oʻtilgan Doroni miloddan oldingi 522-486 yillarda hukmronlik qilgan mashhur Fors shohi Doro bilan adashtirmaslik kerak. oʻtirdi.
Currently Selected:
Doniyor 5: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: