YouVersion Logo
Search Icon

2 Shohlar 3

3
3–BOB
Dovudning Xevronda tugʻilgan bolalari
1Shoul xonadoni bilan Dovud xonadoni oʻrtasidagi urush uzoq davom etdi. Shoulning xonadoni zaiflashgan sari, Dovudning xonadoni kuchayib boraverdi.
2Dovudning Xevronda tugʻilgan oʻgʻillari quyidagilardir:
toʻngʻichi — Omnoʻn. Omnoʻnning onasi Yizrillik Oxinavam edi.
3Ikkinchisi — Doniyor#3:3 Doniyor — Qumron qoʻlyozmalaridan (yana 1 Solnomalar 3:1 ga qarang). Ibroniycha matnda Xilov. Doniyor ismining maʼnosi “Xudo menga qozi”, Xudo Navolga — Obigaylning sobiq eriga jazo berganini eslatish maqsadida bolaga aynan shu ism berilgan boʻlishi mumkin (1 Shohlar 25:39 ga qarang).. Doniyorning onasi Karmillik Navolning bevasi Obigayl edi.
Uchinchisi — Absalom. Absalomning onasi Gashur shohi Talmayning qizi Maxo edi.
4Toʻrtinchisi — Odoniyo. Odoniyoning onasi Xaggit edi.
Beshinchisi — Shafatiyo. Shafatiyoning onasi Obida edi.
5Oltinchisi — Yitrom. Yitromning onasi Eglax edi.
Dovudning bu oʻgʻillari Xevronda tugʻilgan edilar.
Abnur Dovudga qoʻshiladi
6Shoul xonadoni bilan Dovud xonadoni oʻrtasida urush boʻlganda, Shoulning xonadonidan lashkarboshi Abnur tobora kuchayib boraverdi. 7Shoulning Rizpa degan kanizagi#3:7 kanizak — ibroniycha matnda bu soʻzning maʼnosi quyidagicha: choʻri boʻlgan bu ayollar qonuniy xotin boʻlmasalar–da, xoʻjayinlari ular bilan jinsiy aloqada boʻlishgan. Qadimgi paytlarda bu ayollarning jiddiy qonuniy huquqlari boʻlib, xoʻjayinlari ularning erlari sifatida boʻlgan. Rizpa Shoulning kanizagi boʻlgani sababli, boʻlajak shohning qonuniy mulki boʻlib oʻtardi. boʻlardi. U Oyo degan odamning qizi edi. Bir kuni Ishbosit Abnurga:
— Nimaga otamning kanizagi bilan birga boʻlding? — deb qoldi. 8Abnur Ishbositning gapidan qattiq gʻazablanib:
— Meni, Yahudoga xizmat qilayotgan koʻppaklardan, deb oʻylayapsizmi? — dedi. — Bugungacha otangiz Shoulning xonadoniga, xesh–aqrabosiga, yor–birodarlariga sodiq qoldim–ku. Sizni Dovudning qoʻliga bermadim–ku. Endi esa oʻsha xotin tufayli meni ayblayapsiz. 9-10Egamiz: “Shohlikni Shoul xonadonidan tortib olaman, Dandan Bershebagacha#3:9-10 …Dandan Bershebagacha… — Isroil xalqining jamiki yerlarini tasvirlashning bir yoʻli, yaʼni shimoldan janubgacha degan maʼnoda kelgan. boʻlgan joyda yashovchi Isroil va Yahudo xalqi ustidan Dovudning shohligini barpo qilaman”, deb ont ichgan. Endi men ham Dovud uchun xizmat qilmasam, Xudo meni ne koʻyga solsa solsin, hatto undan battarrogʻini qilsin.
11Ishbosit Abnurdan qoʻrqdi, unga churq eta olmadi. 12Shundan soʻng Abnur oʻz nomidan Dovudga choparlar orqali shunday xabar berdi: “Bu yurtda siz hukmron boʻlishingiz kerak. Men bilan ahd qiling. Oʻshanda men siz tomonda boʻlaman, butun Isroil xalqini sizga moyil qilaman.”
13Dovud shunday javob joʻnatdi: “Yaxshi, sen bilan ahd qilaman. Lekin bitta shartim bor: meni koʻrgani kelganingda, Shoulning qizi, xotinim Mixalni ham olib kel. Aks holda, meni koʻra olmaysan.”
14Dovud Ishbositga ham elchilar orqali shu xabarni joʻnatdi: “Xotinim Mixalni oʻzimga qaytarib ber. Men uni yuzta Filistning sunnat terisi evaziga olgan edim#3:14 Men uni…evaziga olgan edim — 1 Shohlar 18:20-27 ga qarang..”
15Ishbosit Mixalning eri Palti#3:15 Palti — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Paltiyol. Uning Palti degan shakli 1 Shohlar 25:44 dan olingan. huzuriga odamlar joʻnatib, Mixalni oldirib keldi. Palti Layish deganning oʻgʻli edi. 16Eri yoʻl boʻyi yigʻlay–yigʻlay Boxurim shahrigacha Mixalga ergashib bordi. Keyin Abnur unga:
— Orqangga qayt! — dedi. Palti qaytib ketdi.
17Abnur Isroil oqsoqollariga shunday xabar joʻnatdi:
— Sizlar anchadan beri, Dovud bizga shoh boʻlsin, deb orzu qilib kelardingizlar. 18Endi harakat qilinglar. Chunki Egamiz Dovud toʻgʻrisida gapirib: “Xalqim Isroilni qulim Dovud orqali Filistlarning va jamiki gʻanimlarining qoʻlidan qutqaraman”, degan.
19Abnur Benyamin odamlari#3:19 Benyamin odamlari — Shoul ham shu qabiladan edi. bilan yuzma–yuz gaplashdi. Soʻng Isroil xalqi va Benyamin qabilasi bildirgan istagi toʻgʻrisida Dovud bilan gaplashgani Xevronga bordi. 20Abnur yigirmata hamrohi bilan Dovudning huzuriga keldi. Dovud Abnur va uning hamrohlari sharafiga ziyofat berdi. 21Abnur Dovudga:
— Endi ketishga ijozat bering, butun Isroil xalqini shoh hazratlari huzuriga yigʻib kelay, — dedi. — Ular siz bilan ahd qilganlaridan keyin, oʻzingiz istagan hamma joyda shohlik qiling.
Dovud Abnurga ijozat berdi. Abnur sogʻ–salomat oʻz yoʻliga ketdi.
Yoʻab Abnurni oʻldiradi
22Xuddi shu paytda Dovudning Yoʻab boshchiligidagi odamlari dushman shahrini talon–taroj qilib qaytishdi. Ular bir qancha mol–mulkni oʻlja qilib olib kelishdi. Ammo Abnur Xevronda — Dovudning huzurida emas edi. Dovud Abnurga ijozat bergandan keyin, u sogʻ–salomat ketgan edi. 23Yoʻab hamma jangchilari bilan Xevronga yetib kelganda, unga: “Abnur shoh huzuriga kelgan edi, shoh unga qaytib ketishga ijozat berdi, Abnur eson–omon ketdi”, deb aytib berishdi.
24— Nima qilib qoʻydingiz? — dedi Yoʻab shohning huzuriga borib. — Bu qanaqasi, sizning huzuringizga Abnur oʻz oyogʻi bilan kelsa–yu, siz esa uni qoʻyib yuborsangiz?! Abnur ketib qolibdi–ku. 25Abnurni bilasizmi oʻzi?! U sizni aldagan, qayerga borishingizni, kelishingizni, nima qilayotganingizni bilish uchun kelgan.
26Yoʻab Dovudning huzuridan chiqiboq, Abnurning orqasidan choparlar joʻnatdi. Choparlar Abnurni Siro sardobasi boʻyidan qaytarib kelishdi. Dovud bu voqeadan bexabar edi. 27Abnurni Xevronga qaytarib kelishgach, Yoʻab: “Xoli gaplashib olaylik”, deb uni darvoza yoʻlagiga olib oʻtdi. Ukam Osoyilning oʻlimi uchun qasos olay deb, Abnurning qorniga pichoq urib, oʻldirdi.
28Dovud bu voqeani eshitgach, dedi:
— Egam oldida men ham, shohligim ham to abad Abnurning qoni uchun aybdor emas. 29Uning qoni Yoʻab va uning jamiki ota xonadoni gardaniga tushsin. Yoʻabning avlodidan yara toshgan, teri kasalligiga#3:29 teri kasalligi — bu ibora ibroniychada har xil teri kasalliklariga nisbatan ishlatilgan soʻzning tarjimasidir. Odatda bu ibora moxov kasalligiga ishora deb tushuniladi. Teri kasalliklaridan birortasiga yoʻliqqan kishi harom hisoblanar edi. Xasta odam kasalligini boshqalarga yuqtirmasligi va ularni harom qilmasligi uchun, boshqalardan ajratib qoʻyilar edi (Levilar 13:45-46 ga qarang). chalingan, choʻloq, urushda oʻlgan, nonga zor boʻlgan kishilar hech arimasin.
30Yoʻab akasi Abushay bilan birgalikda Abnurni oʻldirdi. Abnur Givondagi urushda ularning ukasi Osoyilni oʻldirgan edi.
Abnur dafn qilinadi
31Soʻngra Dovud Yoʻab bilan uning hamma odamlariga shunday amr berdi:
— Abnurning jasadi tepasida yigʻlanglar. Kiyimlaringizni yirtib, qanorga oʻraninglar#3:31 Kiyimlaringizni yirtib, qanorga oʻraninglar — qanor dagʻal qoramtir mato boʻlib, echki yoki tuya junidan toʻqilgan. Kiyimlarni yirtish va qanorga oʻranib olish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi..
Shoh Dovudning oʻzi tobutning orqasida bordi. 32Abnurni Xevronda dafn qilishdi. Shoh Dovud Abnurning qabri ustida yigʻladi. Oʻsha yerda hamma hoʻng–hoʻng yigʻladi. 33Shoh Dovud Abnur uchun yigʻlayotib, shunday marsiya aytdi:
“Ey Abnur, ahmoqlarday oʻlishing kerakmidi?!
34Jinoyatchilarday qoʻllaring bogʻliq emasdi,
Jinoyatchilarday oyoqlaringga kishan urilmagandi.
Insofsizlar qoʻliga tushib qolding sen,
Vijdonsizlar dastidan nobud boʻlding sen.”
Hamma Abnurning tepasida yana yigʻladi.
35Quyosh botmasdan oldin xalq Dovudning yoniga borib:
— Biror narsa tanovul qilib oling, — deb koʻndirmoqchi boʻldi.
— Quyosh botmasdan oldin non yoki boshqa biror narsa tanovul qilsam, Xudo meni ne koʻyga solsa solsin, hatto undan battarrogʻini qilsin, — deb ont ichdi Dovud.
36Shohning hamma qilgan ishlari barchaga maʼqul kelgani singari, xalq uning bu ishini ham maʼqul topdi. 37Oʻsha kuni butun Isroil xalqi Abnurning oʻldirilishida shohning qoʻli yoʻqligini bildi.
38Shoh odamlariga dedi:
— Bilmaysizlarki, bugun Isroildan bir yoʻlboshchi, ulugʻ bir inson ketdi. 39Xudo moy surtib tanlagan shoh boʻlsam ham, bugun ojizman. Anavi Zeruyaning oʻgʻillari mendan ancha kuchli. Egam yomonlarning qilmishiga yarasha jazosini bersin.

Currently Selected:

2 Shohlar 3: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in