2 Shohlar 2
2
2–BOB
Dovud Yahudo shohi boʻladi
1Shundan keyin Dovud Egamizdan:
— Yahudo shaharlaridan birortasiga boraymi? — deb soʻradi#2:1 …Egamizdan…deb soʻradi — shoh biror muhim qaror chiqarishdan oldin, Xudoning xohishini bilish uchun ruhoniylarga murojaat qilardi. Bunday hollarda ruhoniylar Urim va Tummim degan muqaddas narsalardan foydalanishardi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun Chiqish 28:15 ning ikkinchi izohiga qarang. Xudo Oʻz xohish–irodasini odamlarga baʼzan paygʻambarlar yoki tushlar orqali bildirgan (1 Shohlar 14:36, 28:6 ga qarang)..
— Bor! — dedi Egamiz.
— Qaysi shaharga boray? — deb soʻradi Dovud.
— Xevronga bor! — deb javob berdi Egamiz.
2Dovud ikkala xotini — Yizrillik Oxinavam va Karmillik Navolning bevasi Obigayl bilan oʻsha yoqqa joʻnadi. 3Odamlarini ham oilalari bilan birga olib ketdi. Hammalari Xevron atrofidagi shaharlarga joylashdilar. 4Yahudo xalqi Xevronga borib, Dovudning boshiga moy surtib, uni Yahudo ustidan shoh qilib tayinlashdi.
Shunda ular Dovudga: “Giladdagi Yobosh shahri aholisi Shoulni dafn qilibdi”, deb xabar yetkazishdi. 5Dovud xabarchilar orqali Yobosh aholisiga shunday xabar joʻnatdi: “Shoul shoh janoblariga sadoqatingizni koʻrsatib, uni dafn qilibsizlar. Buning uchun sizlarni Xudo yorlaqasin. 6Egam sizlardan marhamatini va sadoqatini darigʻ tutmasin. Qilgan xayrli ishingizga yarasha sizlarga yaxshilik qilay. 7Endi dadil, mard boʻlinglar. Shoh janoblari Shoul olamdan oʻtdilar. Yahudo xalqi esa menga moy surtib oʻzlariga shoh qildi.”
Ishbosit Isroilga shoh boʻladi
8Nar degan odamning oʻgʻli Abnur#2:8 Abnur — Shoulning amakivachchasi (1 Shohlar 14:50-51 ga qarang). Shoulning lashkarboshisi boʻlgan edi. Abnur Shoulning oʻgʻli Ishbositni Moxanayim shahriga#2:8 Moxanayim shahri — Giladda, Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan. olib keldi. 9Uni Gilad, Osher#2:9 Osher — ibroniycha matnda Oshur. Bu ism Osherning boshqa shakli boʻlishi mumkin. Osher Isroil qabilalaridan biri edi., Yizril, Efrayim, Benyamin hududlariga — butun Isroilga#2:9 Isroil — shimoliy qabilalardan tashkil topgan xalq nazarda tutilgan. shoh qildi. 10Ishbosit qirq yoshida shoh boʻlib, u Isroilda ikki yil shohlik qildi.
Lekin Yahudo xalqi Dovudga ergashdi. 11Dovud Xevronda Yahudo xalqiga yetti yilu olti oy shohlik qildi.
Isroil va Yahudo orasidagi urush
12Nar oʻgʻli Abnur Ishbositning odamlarini boshlab Moxanayimdan chiqdi va Givon shahriga#2:12 Givon shahri — Quddusdan qariyb 6 kilometr shimoli–gʻarbda joylashgan. qarab yurdi. 13Dovudning odamlariga Zeruya#2:13 Zeruya — Zeruya Dovudning opasi, Yoʻab esa Dovudning jiyani edi (1 Solnomalar 2:16 ga qarang). oʻgʻli Yoʻab bosh boʻlib u yerga borganda, Givon hovuzi#2:13 Givon hovuzi — bu hovuz shaharga yaqin joyda boʻlib, undan suv saqlash uchun foydalanilgan. yonida Ishbositning odamlariga duch kelib qoldi. Tomonlarning biri hovuzning bir tarafida, ikkinchisi boshqa tarafida toʻxtadi. 14Abnur Yoʻabga:
— Qani, har ikkala tomondan yigitlar roʻparamizda olishsinlar, — dedi.
— Mayli, olishaversinlar, — dedi Yoʻab.
15Ishbositning Benyamin qabilasidan oʻn ikkitasi, Dovudning odamlaridan ham oʻn ikkitasi chiqdi. 16Ular bir qoʻli bilan bir–birlarining boshlarini ushlashdi, ikkinchi qoʻli bilan qilichlarini bir–birlarining biqinlariga sanchishdi. Hammalari birga yerga yiqilib jon berishdi. Shu sababdan Givondagi oʻsha joyga “Tigʻlar maydoni”#2:16 “Tigʻlar maydoni” — ibroniycha matnda “Xelkat–Xazurim”, maʼnosi tigʻlar maydoni, yoki xusumat maydoni. deb nom berilgan.
17Oʻsha kungi jang juda qattiq boʻldi. Baribir, Abnur boshchiligidagi Isroil odamlari Dovudning odamlaridan yengildi. 18Zeruyaning uch oʻgʻli — Yoʻab, Abushay va Osoyil ham oʻsha kuni u yerda edilar. Osoyil, xuddi kiyikka oʻxshab, juda chopagʻon edi. 19U oʻngga ham, chapga ham burilmay, toʻppa–toʻgʻri Abnurning izidan quvib ketdi.
20Abnur orqasiga qarab:
— Osoyil, bu senmisan? — deb soʻradi.
— Ha, menman, — dedi Osoyil.
21— Yo oʻngga yoki chapga ket, yigitlardan birortasiga hamla qilib, qurol–yarogʻini ol, — dedi Abnur. Ammo Osoyil Abnurning ortidan qolmadi. 22Abnur Osoyilni yana ogohlantirdi:
— Meni quvlama, tagʻin abjagʻingni chiqarib yubormay! Aks holda, akang Yoʻabning yuziga qanday qarayman?!
23Baribir Osoyil uning ortidan qolmadi. Abnur nayzasining orqa uchi bilan Osoyilning qorniga bir urgan edi, nayza Osoyilning orqasidan teshib chiqdi. Osoyil yerga yiqildi–yu, jon berdi. Hamma Osoyil yiqilib oʻlgan joyga yetib bordi–yu, toʻxtab qoldi.
24Yoʻab bilan Abushay esa Abnurning izidan qolmadi. Kun botganda, ular Omoh tepaligiga yetib borishdi. Omoh Givon choʻliga boradigan yoʻlning sharq tomonidagi Giyoh degan joy yaqinida edi. 25Benyamin qabilasidan odamlar yigʻilib kelib, Abnurning atrofiga birlashdi va bir tepalikning ustida toʻxtashdi. 26Soʻngra Abnur Yoʻabni chaqirib, dedi:
— Qachongacha bir–birimizni qiramiz?! Buning oqibati yomon boʻlishini bilasan–ku! Odamlaringga: “Boʻldi, endi birodarlaringizni taʼqib qilmanglar”, deb qachon buyruq berasan?
27Yoʻab esa shunday javob berdi:
— Xudo haqi, yaxshiyamki oʻzing aytding. Boʻlmasa, odamlarim ertaga ertalabgacha birodarlarini taʼqib qilishni toʻxtatmasdilar.
28Yoʻab burgʻu chaldirdi, hamma toʻxtadi. Shundan soʻng ular Isroil lashkarini taʼqib qilmadilar, ular bilan jang qilmadilar. 29Abnur esa tun boʻyi odamlari bilan Iordan vodiysi#2:29 Iordan vodiysi — ibroniycha matnda Araba. Araba umumiy geografik nom boʻlib, bu oyatda Iordan vodiysining bir qismiga, aynan Oʻlik dengizning shimolidagi yerlarga nisbatan ishlatilgan. boʻylab yurib, Iordan daryosini kechib oʻtdi, ular jarlikni yoqalab#2:29 …jarlikni yoqalab… — yoki …Bitron boʻylab davom etdi…., Moxanayimga yetib kelishdi.
30Yoʻab Abnurni quvlashdan toʻxtab, orqasiga qaytdi va hamma odamlarini toʻpladi. Osoyildan tashqari, Dovudning odamlaridan yana oʻn toʻqqiz kishi halok boʻlgan edi. 31Lekin Dovudning odamlari Abnurning qoʻli ostidagi Benyamin qabilasidan uch yuz oltmish kishini oʻldirgan edilar. 32Yoʻab odamlari bilan Osoyilning jasadini olib kelib, ota–bobolarining Baytlahmdagi xilxonasiga dafn qilishdi. Yoʻab va uning odamlari tuni bilan yoʻl yurib, Xevronga yetib kelishganda, tong otgan edi.
Currently Selected:
2 Shohlar 2: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: