4 Shohlar 5
5
5–BOB
Elishay Noʻmonga shifo beradi
1Oram shohining Noʻmon degan lashkarboshisi bor edi. Xoʻjayini uni juda ulugʻlar va hurmat qilar edi, chunki Egamiz Noʻmon orqali Oramga gʻalaba ato qilardi. Noʻmon juda dovyurak jangchi edi–yu, lekin teri kasalligiga#5:1 teri kasalligi — bu ibora ibroniychada har xil teri kasalliklariga nisbatan ishlatilgan soʻzning tarjimasidir (shu bobning 6, 11, 27–oyatlarida ham bor). Odatda bu ibora moxov kasalligiga ishora deb tushuniladi. chalingan edi.
2Oram lashkari Isroil yurtiga bostirib borganda, kichkina qizchani asir qilib olib kelgan edi. Qizcha Noʻmonning xotiniga choʻrilik qilardi. 3Qizcha bir kuni bekasiga aytib qoldi:
— Agar toʻram Samariyadagi paygʻambar#5:3 Samariyadagi paygʻambar — Elishay paygʻambar nazarda tutilgan. huzuriga borganlarida edi, oʻsha paygʻambar toʻramga shifo bergan boʻlardi.
4Shunday qilib, Noʻmon oʻz hukmdori huzuriga bordi. Shohga Isroil yurtidan keltirilgan qizchaning aytganlarini gapirib berdi. 5Oram shohi Noʻmonga:
— Yoʻlga otlanaver, men Isroil shohiga#5:5 Isroil shohi — Isroil shohi Yoram nazarda tutilgan (3:1 ga qarang). maktub yozib beraman, — dedi. Noʻmon yigirma bir pud#5:5 yigirma bir pud — ibroniycha matnda oʻn talant, taxminan 340 kiloga toʻgʻri keladi. kumush, toʻrt pud#5:5 toʻrt pud — ibroniycha matnda olti ming shaqal, taxminan 68 kiloga toʻgʻri keladi. oltin, oʻn sidra qimmatbaho kiyim–bosh olib, yoʻlga chiqdi. 6Noʻmon maktubni Isroil shohiga keltirib berdi. Maktub shu mazmunda bitilgan edi: “Ushbu maktub yetib borganda, bilingizki, xizmatkorim Noʻmonni sizning huzuringizga yuborgan boʻlaman, uni teri kasalligidan siz forigʻ qilishingiz mumkin.”
7Isroil shohi maktubni oʻqib, vahimaga tushib, kiyimlarini yirtdi:
— Oram shohi meni hayot baxsh etadigan va jon oladigan Xudo deb oʻylayaptimi?! Shifo berishim uchun u mening huzurimga odamini joʻnatibdi–ya! Mana, bilib qoʻyinglar, Oram shohi men bilan urush chiqarish uchun bahona izlayapti.
8Isroil shohi vahimaga tushib liboslarini yirtganini Elishay paygʻambar eshitgach, shohga xabarchi orqali shu gapni yetkazdi: “Nega vahimaga tushib liboslaringizni yirtdingiz? Oʻsha odam mening oldimga kelsin, Isroilda paygʻambar borligini bilib qoʻysin.”
9Noʻmon otlariyu jang aravalarini Elishayning uyi eshigi oldiga olib kelib toʻxtadi. 10Elishay Noʻmonning oldiga xizmatkorini chiqarib, u orqali Noʻmonga shu gapni yetkazdi: “Bor, Iordan daryosida yetti marta yuvin, shunda tanang yangilanib, pok boʻladi.” 11Noʻmon esa dargʻazab boʻldi: “Men oʻylagan edimki, paygʻambar albatta mening oldimga chiqadi, oʻzining Egasi Xudoni chaqirib iltijo qiladi. Qoʻllari bilan kasal joyimni silab, meni bu kasallikdan forigʻ qiladi. 12Damashqdagi Abano va Parfar daryolari Isroilning hamma daryolaridan afzal emasmi?! Men oʻsha daryolarda yuvinib, poklanib olaverardim–ku!”
Noʻmon jahl bilan burilib ketdi.
13Shunda xizmatkorlari kelib:
— Janobi oliylari, agar paygʻambar sizga qiyin narsani aytganda, qilmasmidingiz? — deb gapirishdi, — u sizga: “Yuvingin, pok boʻlib qolasan”, dedi xolos–ku.
14Oxiri, Noʻmon paygʻambarning aytganini qilib, Iordan suvida yetti marta shoʻngʻidi. Shunda tanasi xuddi yosh bolaning tanasi kabi yangilanib, pok boʻldi.
15Noʻmon va uning barcha hamrohlari paygʻambar huzuriga qaytib keldilar. Noʻmon Elishayning huzuriga kelgach, aytdi:
— Butun yer yuzida Isroil xalqining Xudosidan boshqa Xudo yoʻqligini bildim. Marhamat, endi men, qulingizning hadyalarini qabul qiling.
16Men xizmat qilayotgan Xudo shohid! Hadyangni olmayman! — dedi Elishay.
Noʻmon Elishayni qancha majbur qilsa ham, Elishay rad etdi. 17Shunda Noʻmon aytdi:
— Unday boʻlsa, men, qulingizga ikkita xachir koʻtara oladigan tuproq olib ketishga ijozat bering#5:17 …qulingizga ikkita xachir koʻtara oladigan tuproq olib ketishga ijozat bering — qadimda odamlar, har bir yurtning oʻz xudosi bor va u xudolarga faqatgina oʻsha yurtlarda yoki oʻsha yurtning tuprogʻidan qurilgan qurbongohda sajda qilish mumkin, deb ishonishgan.. Men, qulingiz, bundan buyon Egamizdan boshqa xudolarga har xil qurbonliklaru kuydiriladigan qurbonliklar qilmayman. 18Egamiz men, qulingizni faqat bitta narsada kechirsin: xoʻjayinim xudo Rimmon uyiga borib sajda qilish uchun qoʻlimga suyanganda, men ham Rimmon uyida u bilan birga taʼzim qilaman. Oʻsha yerda taʼzim qilganimda, shu narsa uchun Egamiz meni kechirsin.
19— Eson–omon bor, — dedi unga Elishay. Noʻmon Elishay huzuridan chiqib, hali uncha uzoq yoʻl yurmagan ham ediki, 20Elishay paygʻambarning xizmatkori Gaxazi oʻziga oʻzi aytdi: “Hazratim anavi Oram xalqidan Noʻmon keltirgan hadyalarni qabul qilmasdan, unga ijozat berdi. Xudo haqi! Ortidan yugurib borib, undan biror narsa undiray.” 21Gaxazi Noʻmonning orqasidan ketdi. Noʻmon ortidan kelayotgan Gaxazini koʻrib, uni qarshi olgani aravadan tushdi.
— Tinchlikmi? — soʻradi Noʻmon.
22— Tinchlik, — dedi xizmatkor, — xoʻjayinim mendan aytib yubordi, uning huzuriga Efrayim qirlaridagi paygʻambarlar guruhidan ikkitasi kelibdi, ularga ikki pud#5:22 ikki pud — ibroniycha matnda bir talant, taxminan 34 kiloga toʻgʻri keladi. kumush va ikki sidra kiyim–bosh berarkansiz.
23— Balki toʻrt pud#5:23 toʻrt pud — ibroniycha matnda ikki talant, taxminan 68 kiloga toʻgʻri keladi. olarsan, — dedi Noʻmon va Gaxazini toʻrt pud olishga koʻndirdi. Noʻmon ikkita qopdagi toʻrt pud kumushni va ikki sidra kiyim–boshni bogʻlab, oʻzining ikkita xizmatkoriga berdi. Xizmatkorlar bu narsalarni koʻtarib, Gaxazining oldiga tushib joʻnadilar.
24Tepalikka kelganlarida, Gaxazi narsalarni xizmatkorlarning qoʻlidan oldi va uyiga olib borib yashirdi. Soʻngra Noʻmonning ikkala xizmatkoriga ijozat berdi. 25Gaxazi qaytib kelgach, xoʻjayinining huzuriga kirdi.
— Qayerda eding, Gaxazi? — soʻradi Elishay undan.
— Men, qulingiz, hech qayerga bormadim, — javob berdi u.
26Elishay esa Gaxaziga:
— Oʻsha odam aravasidan tushib senga peshvoz chiqqanda, mening ruhim sen bilan birga emasmidi?! — dedi. — Hozir kumushu liboslar yoki zaytunzorlaru uzumzorlar, qoʻyu sigirlar, qulu choʻrilar oladigan paytmi?! 27Shu qilganing uchun Noʻmonning teri kasalligi senga va sening naslingga abadiy yopishib qolsin.
Oʻsha zahoti Gaxaziga yara toshib, terisi qorday oppoq boʻlib qoldi. U Elishayning huzuridan chiqib ketdi.
Currently Selected:
4 Shohlar 5: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: