4 Shohlar 20
20
20–BOB
Hizqiyo kasal boʻladi
1Oʻsha kunlari Hizqiyo tuzalmas xastalikka yoʻliqib, oʻlim toʻshagiga yotib qoldi. Omiz oʻgʻli Ishayo paygʻambar uning huzuriga kelib, shunday dedi: “Egamiz shunday aytmoqda: tayyorgarligingni koʻrib qoʻyaver, endi tuzalmaysan, oʻlasan.”
2Hizqiyo yuzini devorga burib, Egamizga yolvordi: 3“Ey Egam! Chin qalbimdan Senga sodiq boʻlib, yoʻllaringdan yurganimni va oldingda toʻgʻri ishlar qilganimni esla.” Shunday deb achchiq–achchiq yigʻladi.
4Ishayo saroyning ichkari hovlisidan chiqib ulgurmagan ham ediki, Egamiz unga quyidagi soʻzlarini ayon qildi: 5“Orqangga qaytib borib, xalqimning hukmdori Hizqiyoga shu xabarni yetkaz: «Bobong Dovudning Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: iltijolaringni eshitdim, koʻz yoshlaringni koʻrdim. Senga sogʻligingni qaytaraman. Uchinchi kuni Mening uyimga chiqasan. 6Umringni yana oʻn besh yilga uzaytiraman. Seni va bu shaharni Ossuriya shohining qoʻlidan xalos qilaman. Oʻzim uchun va qulim Dovudning haqi–hurmati uchun bu shaharni muhofaza qilaman.»”
7Shundan keyin Ishayo:
— Anjir shirasini keltiringlar, shirani olib, yaraning ustiga qoʻyinglar, shunda Hizqiyo sogʻayadi, — dedi.
8Hizqiyo Ishayodan:
— Egamiz meni sogʻaytirishini va uchinchi kuni Egamizning uyiga borishimni qanday bilaman? Buni nima isbotlaydi? — deb soʻradi.
9Ishayo shunday javob berdi:
— Egamiz bergan vaʼdasini bajarishini isbotlab, senga alomat koʻrsatadi. Soya Oxozning zinapoyasidan#20:9 Oxozning zinapoyasi — arxeologik topilmalarga koʻra, bu oyatdagi zinapoyalar vaqtni koʻrsatadigan maxsus qurilma sifatida xizmat qilar edi. oʻn qadam oldinga ketsinmi yoki oʻn qadam orqaga surilsinmi?
10— Soya zinapoyadan oʻn qadam ilgari ketmogʻi odatdagi holdir, shuning uchun oʻn qadam orqaga surilsin, — dedi Hizqiyo.
11Ishayo paygʻambar Egamizga iltijo qilgan edi, Egamiz soyani Oxozning zinapoyasidan oʻn qadam orqaga surdi.
Bobildan kelgan elchilar
12Oʻsha paytlarda Bobil shohi Baladon oʻgʻli Marduxbaladon#20:12 Marduxbaladon — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Barduxbaladon. Marduxbaladon miloddan oldingi 722-710 va 704-703 yillarda Bobilda hukmronlik qilgan. shoh Hizqiyoga maktublaru hadyalar joʻnatdi. U Hizqiyoning xastalanganini eshitgandi. 13Hizqiyo elchilarni koʻrib xursand boʻldi. Xazinasidagi bor narsa — omborlardagi hamma qimmatbaho ashyolarini, oltinni, kumushni, xushboʻy hidli ziravorlarni va moylarni, qurol–yarogʻ omborini ularga koʻrsatdi. Hizqiyoning saroyidayu oʻz shohligida ularga koʻrsatmagan hech narsasi qolmadi.
14Ishayo paygʻambar shoh Hizqiyoning huzuriga kelib:
— Bu odamlar qayerdan kelibdilar? Senga nima dedilar? — deb soʻradi.
— Uzoq bir yurtdan, Bobildan kelibdilar, — deb javob berdi Hizqiyo.
15Ular saroyingda nimalarni koʻrdilar? — deb soʻradi Ishayo.
— Saroyimdagi hamma narsani koʻrdilar, — deya javob berdi Hizqiyo. — Xazinalarimda men ularga koʻrsatmagan hech narsa qolmadi.
16Shunda Ishayo aytdi:
— Endi Egamizning soʻziga quloq sol. 17Egamiz aytmoqdaki: “Bir kun kelib, saroyingdagi hamma narsa, ota–bobolaringning bugungacha toʻplab qoldirganlari Bobilga tashib ketiladi. Hech narsa qolmaydi. 18Sening pushti kamaringdan bino boʻlgan oʻgʻillaringdan baʼzilari ham olib ketiladi, ular Bobil shohining saroyida bichilgan qullar boʻlib xizmat qiladi.”
19Hizqiyo Ishayoga:
— Egamiz sen orqali aytgan soʻzlar xosiyatlidir, — dedi–da, ichida: “Nima boʻlgandayam, umrim oxirigacha tinch, xotirjam yashar ekanman–ku”, deb oʻyladi.
Hizqiyo hukmronligining oxiri
20Hizqiyoning boshqa ishlari, qahramonliklari, hovuz va quvur#20:20 quvur — bu quvur 520 metr uzunlikda boʻlib, qoyani oʻyib qilingan edi. Suv quvur orqali shahar devori tashqarisidagi Gixoʻn soyligidan shahar ichidagi Siloam hovuziga kelib tushar edi. 2 Solnomalar 32:2-4, 30 ga qarang. qazib, qanday qilib shaharga suv keltirgani toʻgʻrisida “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 21Hizqiyo olamdan oʻtgach, oʻrniga oʻgʻli Manashe shoh boʻldi.
Currently Selected:
4 Shohlar 20: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: