4 Shohlar 19
19
19–BOB
Shoh Hizqiyo Ishayodan maslahat soʻraydi
1Shoh Hizqiyo bularni eshitgach, qaygʻudan liboslarini yirtdi. Qanorga oʻranib#19:1 …qaygʻudan liboslarini yirtdi. Qanorga oʻranib… — qanor dagʻal qoramtir mato boʻlib, echki yoki tuya junidan toʻqilgan. Kiyimlarni yirtish va qanorga oʻranib olish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi. Koʻpincha bu harakat Xudodan kechirim soʻrab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan., Egamizning uyiga bordi. 2U bosh vazir Eliyaqimni, kotib Shavnani va oqsoqol ruhoniylarni Omiz oʻgʻli Ishayo paygʻambarning huzuriga yubordi. Hammalari qanorga oʻranib olgan edilar.
3Ular Ishayoning huzuriga borib, shunday dedilar:
— Hizqiyo aytyaptiki: “Bugun jafo chekyapmiz, jazo olyapmiz, sharmanda boʻlyapmiz. Biz tugʻayotgan, lekin tugʻish uchun madori qolmagan ayolga oʻxshaymiz. 4Barhayot Xudoni tahqirlash uchun Ossuriya shohi oʻzining mulozimini yuboribdi. Mulozimning soʻzlarini koshkiydi Egangiz Xudo eshitsa–yu, oʻsha soʻzlari uchun ularni jazolasa. Endi shahardagi tirik qolganlar uchun iltijo qiling.”
5Shohning aytib yuborgan bu xabarini Ishayo eshitgach, 6Hizqiyoning aʼyonlariga shunday dedi:
— Shohingizga shu gaplarni yetkazinglar: “Egamiz shunday aytmoqda: Ossuriya shohining qullari Meni haqoratlab aytgan soʻzlaridan qoʻrqma. 7Men Ossuriya shohining yuragiga gʻulgʻula solaman, u bir mish–mishni eshitib, oʻz yurtiga qaytib ketadi. Unga oʻz yurtida ajal keltiraman.”
Ossuriya shohining Hizqiyoga maktubi
8Ossuriya shohi Sanxarivning Laxish shahridan#19:8 Laxish shahri — Quddusdan qariyb 35 kilometr janubi–gʻarbda joylashgan edi. qaytib ketganini eshitib, shohning mulozimi ham orqasiga qaytdi. Shohni Libna shahriga qarshi urishayotgan yerida topdi.
9-10Sanxariv: “Habashiston#19:9-10 Habashiston — ibroniycha matnda Kush. Bu joy Misrdan janubda boʻlib, hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini oʻz ichiga olgan edi. shohi Tirxoqo sen bilan urush qilgani otlandi” degan xabarni eshitdi. U Habashistonga qarshi jang boshlashdan oldin Yahudo shohi Hizqiyoga yana odamlari orqali shu gapni yetkazdi:
“Umid qilgan xudoying seni aldamasin: «Quddus Ossuriya shohiga taslim boʻlmaydi», deb seni laqillatmasin. 11Axir, oʻzing eshitgansan–ku! Ossuriya shohlari hamma yurtlarni yer bilan yakson qilgan. Endi sen qutulaman, deb oʻylayapsanmi?! 12Otalarim qancha xalqlarni xonavayron qildi. Ularni xudolari qutqarmadi–ku! Gozan, Xoron, Razaf aholisi, Talassarda yashagan Eden xalqlari qutula oldimi?! 13Qani, ayt–chi, Xomat shahrining shohi qani endi?! Arpad, Sefarvayim, Xana, Ivvax shaharlarining shohlari qayerda?!”
Hizqiyoning ibodati
14Hizqiyo xabarchilarning qoʻlidan maktubni olib oʻqigach, Egamizning uyiga kirdi. Maktubni Egamizning oldida ochib, yerga yoydi va 15yolvorib ibodat qildi: “Ey ikki karub#19:15 ikki karub — qanotli samoviy mavjudotlarning haykallari. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi KARUB, KARUBLAR soʻziga qarang. orasida taxt qurgan Isroil xalqining Xudosi — Egamiz! Butun yer yuzidagi shohliklarning tanho Xudosi Sensan. Osmonni va yerni Sen yaratgansan. 16Ey Egamiz! Quloq solib, eshit. Ey Egamiz, koʻzlaringni ochib, qara. Sanxariv nimalar aytganini, u barhayot Xudoni qanday haqoratlaganini bilib qoʻy. 17Ey Egamiz! Biz bilamizki, Ossuriya shohlari bir qancha xalqlarni va ularning yurtlarini vayron qilganlar. 18Oʻsha xalqlarning xudolarini olovda yoqib, yoʻq qilganlar. Chunki oʻsha narsalar xudolar emas, balki inson qoʻli bilan yogʻochdan, toshdan yasalgan narsalar edi. 19Ey Egamiz Xudo! Endi Sen bizni Sanxarivning qoʻlidan qutqargin, toki butun yer yuzidagi shohliklar Sening tanho Xudo ekaningni bilishsin, ey Egamiz!”
Ishayo bashorat qiladi
20Omiz oʻgʻli Ishayo Hizqiyoga shunday xabar yubordi:
“Isroil xalqining Xudosi — Egamiz aytmoqda: «Ossuriya shohi Sanxariv haqida qilgan iltijolaringni eshitdim.» 21Egamiz unga qarshi shu soʻzlarni menga ayon qildi:
«Bokira qiz#19:21 Bokira qiz — shahar yoki yurt ahliga nisbatan qoʻllangan sheʼriy usul. Quddus sendan nafratlanadi,
Ustingdan kuladi.
Goʻzal Sion#19:21 Sion — Eski Ahddagi sheʼriy parchalarda va paygʻambarlar bitiklarida Sion soʻzi koʻpincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SION soʻziga qarang. orqangdan masxara qiladi,
Boshini chayqaydi.
22Kimni haqorat qilding oʻzi?
Kimni tahqirlading?
Kimga qoʻrs gapirding?
Kiborlarcha boqding, hey?
Isroil xalqining Muqaddas Xudosiga!
23Xabarchilaring orqali Men, Rabbiyni haqorat qilding.
Oʻzing haqingda aytdingki:
‘Koʻplab jang aravalarim bilan
Togʻ choʻqqilarini zabt etdim.
Lubnondagi inson qadami yetmagan joylarga yetib bordim.
Eng baland sadr daraxtlarini,
Eng aʼlo sarv daraxtlarini qoʻpordim.
Lubnonning eng kimsasiz maskanlariga,
Hatto eng qalin oʻrmonlariga yetib bordim.
24Begona yurtlarda men quduqlar qazib,
Suvlaridan ichdim.
Misrning hamma daryolarini
Oyogʻim kafti bilan quritdim.’
25Eshitmaganmisan, ey Sanxariv,
Ancha oldin moʻljallab qoʻygan edim,
Buni azaldan reja qilgan edim.
Endi amalga oshirdim.
Qalʼalarni vayronaga aylantirsin deb,
Men senga kuch berdim.
26Qoʻlu qanoti qirqildi shahar ahlining,
Vahimaga tushib, uyatga qoldilar.
Ular dalada oʻsgan oʻt, yangi maysalar kabidir.
Tomlarda oʻsgan maysalarga#19:26 Tomlarda oʻsgan maysalar — qadimgi Isroilda odatda uylarning tomlari tuproqdan boʻlib, shibbalangan. Baʼzan tomlarda maysalar oʻsib chiqar, lekin quyosh va garmsel taʼsirida tez qurib qolar edi. oʻxshab,
Yetilmasdan oldin qurib qoldilar.
27Seni har tomondan bilaman, ey Sanxariv!
Qachon urushga chiqib,
Uyingga qachon qaytishingni ham bilaman.
Bilaman: Mendan gʻazabdasan.
28Mendan qattiq gʻazabdasan.
Manmanliging qulogʻimga yetib keldi.
Endi men burningdan halqamni,
Ogʻzingdan suvligʻimni oʻtkazaman#19:28 Endi men burningdan halqamni, Ogʻzingdan suvligʻimni oʻtkazaman — Ossuriyaliklar asirlarga shunday munosabatda boʻlishar edi..
Kelgan yoʻlingdan seni qaytarib olib ketaman.»
29Ey Hizqiyo, mana bular sen uchun nishona boʻladi: bu yil oʻz–oʻzidan yerdan oʻsib chiqqanlarini tanovul qilasiz. Ikkinchi yili ham oʻrnidan oʻsib chiqqanini yeysiz. Uchinchi yil esa urugʻ ekib, hosil oʻrasiz. Uzumzorlar barpo qilib, mevasin tanovul qilasiz. 30Yahudo xalqining qutulib qolganlari yana ildiz otib, meva beradi. 31Xalqning qolgani Quddusdan, qutulganlari Sion togʻidan keladi. Sarvari Olam Oʻz gʻayrati bilan buni amalga oshiradi.
32Ossuriya shohi toʻgʻrisida Egamiz shunday aytmoqda: Sanxariv bu shaharga kirolmaydi, oʻqlar otolmaydi. Qalqoni bilan shaharga yaqinlashmaydi, shahar devoriga qiyalatib tuproq uydirmaydi#19:32 …shahar devoriga qiyalatib tuproq uydirmaydi — qadimgi davrlarda dushmanlar devor bilan oʻralgan shaharga hujum qilayotganlarida, koʻpincha devorga qiyalatib tuproq uyganlar. Shu yoʻl bilan ular shaharni himoya qilayotgan xalqqa hujum qilish uchun devorni buzishga yoki oshib oʻtishga qulay imkoniyat yaratganlar.. 33Kelgan yoʻlidan qaytib ketadi, shaharga kirmaydi, — deb aytmoqda Egamiz. 34— Oʻzimning haqi–hurmatim, qulim Dovudning haqi–hurmati bu shaharni himoya qilib, saqlayman.”
35Oʻsha kechasi Egamizning farishtasi Ossuriyaliklarning qarorgohiga borib, 185.000 kishini oʻldirdi. Ertasiga uygʻonib qarasalar, qarorgoh jasadga toʻlib ketibdi. 36Ossuriya shohi Sanxariv qarorgohni tashlab, orqaga qaytdi. U Naynavoga#19:36 Naynavo — Nineviya nomi bilan ham maʼlum. qaytib, oʻsha yerda qoldi. 37Bir kuni Sanxariv oʻz xudosi Nisroxning uyida sajda qilayotgan edi, oʻgʻillari Odrammalek bilan Sarizar unga qilich urib oʻldirdi. Ikkovi ham Ararat yurtiga#19:37 Ararat yurti — keyinchalik Armaniston tarkibiga kirgan. Hozirda esa Turkiyaning bir qismini tashkil qiladi. qochib ketdi. Sanxarivning oʻrniga oʻgʻli Isarxaddoʻn shoh boʻldi#19:37 …Isarxaddoʻn shoh boʻldi — miloddan oldingi 681-669 yillarda Ossuriyada hukmronlik qilgan..
Currently Selected:
4 Shohlar 19: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: