4 Shohlar 21
21
21–BOB
Yahudo shohi Manashe
1Manashe oʻn ikki yoshida shoh boʻlib, Quddusda ellik besh yil hukmronlik qildi. Onasining ismi Xafzibo edi. 2U Egamiz oldida qabih ishlar qildi. Egamiz Oʻz xalqi Isroilning oldidan quvib yuborgan xalqlarning jirkanch odatlariga ergashdi. 3Otasi Hizqiyo yoʻq qilgan sajdagohlarni#21:3 sajdagohlar — 12:3 izohiga qarang. qaytadan barpo etdi. U Isroil shohi Axab kabi Baalga atab qurbongohlar qurdi, Asheraning#21:3 Ashera — 13:6 izohiga qarang. ustunini oʻrnatdi. Barcha samoviy jismlarga sajda etib xizmat qildi.
4Manashe Egamizning ulugʻlanishi kerak boʻlgan uyida begona xudolarga atab qurbongohlar qurdi. 5Egamiz uyining ikkala hovlisida ham jamiki samoviy jismlarga sajda qilish uchun qurbongohlar barpo qildirdi. 6Oʻgʻlini qurbonlik qilib, olovda kuydirdi#21:6 Oʻgʻlini qurbonlik qilib, olovda kuydirdi… — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Oʻgʻlini olovdan oʻtkazdi…. Butparast xalqlarga xos boʻlgan bu jirkanch odat Xudoning nazarida oʻtaketgan qabihlik edi., follar ochtirdi, taʼbirchilarga eʼtiqod qildi, arvoh chaqiruvchilarga maslahat soldi. Egamiz oldida koʻp qabih ishlar qilib, Uni gʻazablantirdi. 7Manashe Asheraga atab oʻyib ishlangan ustunni Egamizning uyiga qoʻydi. Egamiz bu uy toʻgʻrisida Dovud bilan uning oʻgʻli Sulaymonga shunday degan edi#21:7 …Egamiz bu uy toʻgʻrisida…shunday degan edi… — 3 Shohlar 9:3-5 ga qarang.: “Men bu uyni va Quddusni Isroil qavmlari yashaydigan maskanlar orasidan tanlab olganman. Men to abad oʻsha yerda ulugʻlanaman. 8Ular amrlarimni bitta qoldirmay bajarsalar, qulim Muso amr etgan hamma qonunlarga rioya qilsalar, Isroil xalqining ota–bobolariga Men bergan yerdan haydalishlariga yoʻl qoʻymayman.”
9Ammo xalq quloq solmadi. Manashe xalqni shu qadar yoʻldan ozdirdiki, Kanʼon yurtidan Egamiz yoʻqotib yuborgan xalqlardan ham koʻra, koʻproq qabih ishlar qildilar.
10Egamiz Oʻz qullari — paygʻambarlar orqali shunday dedi:
11— Yahudo shohi Manashe jirkanch ishlar qilgani, oʻzidan oldingi Amor xalqlaridan#21:11 Amor xalqlari — bu oʻrinda umumiy nom boʻlib, bu nom ostida Isroil xalqi Kanʼon yurtini egallamasdan oldin oʻsha yerlarda yashagan jamiki xalqlar nazarda tutilgan. ham battar qabihliklar qilgani, butlar yasab, Yahudo xalqini gunohga botirgani uchun 12Men, Isroil xalqining Xudosi — Egangiz, aytmoqdaman: “Quddusning va Yahudo xalqining boshiga shunday falokat keltiramanki, bu falokatni eshitganlarning boshidan hushi uchadi. 13Samariyaga qarshi ishlatgan oʻlchov ipini va Axabning xonadoniga qarshi ishlatgan shoqulni#21:13 Samariyaga qarshi ishlatgan oʻlchov ipi…Axabning xonadoniga qarshi ishlatgan shoqul… — oʻlchov ipi va shoqul bu oʻrinda Xudoning adolatli hukmini bildiradigan ramz sifatida ishlatilgan. Xudo Samariyaga qarshi chiqargan hukm haqida shu kitobning 17:5-23–oyatlarida, Axab va uning xonadoniga qarshi chiqargan hukm haqida esa 3 Shohlar 22:1-38 da va shu kitobning 10:1-11, 17–oyatlarida yozilgan. Shoqul — binokorlikda devor, ustun va shu kabilarning vertikal holatini aniqlash uchun ishlatiladigan, bir uchiga ogʻirlik bogʻlangan ipdan iborat asbob. Quddusga qarshi ishlataman. Quddusni bu qabih xalqdan tozalab tashlayman, uni toza kosaday toʻntarib qoʻyaman. 14Oʻz xalqimning omon qolganlaridan yuz oʻgiraman va gʻanimlarining qoʻliga taslim ettiraman. Gʻanimlar Quddus aholisini talon–taroj qiladi, oʻlja qilib olib ketadi. 15Chunki ular oldimda qabih ishlar qildilar. Ota–bobolari Misrdan chiqqan kundan bugungacha bu xalq Meni gʻazablantirib keladi.”
16Manashe shunchalik koʻp aybsiz qon toʻkdiki, Quddusni bu boshidan narigi boshigacha qonga botirdi. Qon toʻkishdan tashqari, Yahudo xalqini gunohga botirdi, ular Egamiz oldida qabihliklar qildilar.
17Manashening boshqa ishlari, butun faoliyati, qilgan gunohlari haqida “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 18Manashe olamdan oʻtdi va saroyidagi Uzzo degan boqqa dafn etildi. Oʻrniga oʻgʻli Omon shoh boʻldi.
Yahudo shohi Omon
19Omon shoh boʻlganda yigirma ikki yoshda edi. U Quddusda ikki yil hukmronlik qildi. Onasining ismi Mashullamot boʻlib, Yotbaxlik Xoruzning qizi edi. 20Omon ham, otasi Manashe kabi, Egamiz oldida qabih ishlar qildi. 21Xuddi otasi yurgan yoʻllardan yurib, oʻsha butlarga xizmat etib, sajda qildi. 22Ota–bobolarining Xudosi — Egamizdan yuz oʻgirib, Uning yoʻlidan yurmadi.
23Shoh Omonning aʼyonlari fitna uyushtirib uni oʻz saroyida oʻldirdilar. 24Yahudo xalqi oʻz shohi Omonga fitna uyushtirganlarning hammasini oʻldirib, oʻrniga oʻgʻli Yoʻshiyoni shoh qilib koʻtardi. 25Omonning boshqa ishlari “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 26Omon Uzzo bogʻida, ota–bobolari xilxonasiga dafn etildi. Uning oʻrniga oʻgʻli Yoʻshiyo shoh boʻldi.
Currently Selected:
4 Shohlar 21: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: