YouVersion Logo
Search Icon

4 Shohlar 2

2
2–BOB
Ilyos osmonga olinadi
1Egamiz Ilyosni quyun ichida osmonga koʻtarib ketadigan vaqt keldi. Ilyos bilan Elishay Gilgal shahridan#2:1 Gilgal shahri — Baytildan qariyb 13 kilometr shimolda joylashgan. chiqib ketishayotganda, 2Ilyos Elishayga:
— Sen shu yerda qol, Egamiz menga, Baytil shahriga bor, deb amr qilgan, — dedi.
— Xudo shohid! Ont ichib aytamanki, sizdan hecham ayrilmayman, — dedi Elishay.
Soʻngra ular Baytilga joʻnadilar.
3Baytilda paygʻambarlar guruhi Elishayga peshvoz chiqib:
— Egamiz bugun hazratingni olib ketadi, buni bilasanmi? — deb soʻradilar.
— Bilaman, — dedi Elishay, — lekin menga bu toʻgʻrida gapirmanglar.
4Keyin Ilyos Elishayga:
— Sen shu yerda qol, Egamiz menga, Yerixo shahriga bor, deb amr bergan, — dedi.
— Xudo shohid! Ont ichib aytamanki, sizdan hecham ayrilmayman, — deya javob qaytardi Elishay. Soʻngra ular Yerixoga kelishdi.
5Yerixoda paygʻambarlar guruhi Elishayning oldiga kelib, undan:
— Egamiz bugun hazratingni olib ketadi, buni bilasanmi? — deb soʻrashdi.
— Bilaman, — dedi Elishay, — lekin menga bu toʻgʻrida gapirmanglar.
6Keyin Ilyos Elishayga:
— Sen shu yerda qol, Egamiz menga, Iordan daryosiga bor, deb amr bergan, — dedi.
— Xudo shohid! Ont ichib aytamanki, sizdan hecham ayrilmayman, — dedi Elishay.
Shunday qilib, ikkovlari joʻnab ketishdi.
7Paygʻambarlardan elliktasi kelib, uzoqroqda Ilyos bilan Elishayning roʻparasida toʻxtadilar. Ikkovi esa Iordan daryosi boʻyida turardilar. 8Bir payt Ilyos chakmonini oldi–da, burab eshib, suvga urgan edi, suv ikki tomonga surilib, yoʻl ochildi. Ikkovlari quruq joydan oʻtdilar.
9Ular narigi qirgʻoqqa oʻtib olishgach, Ilyos Elishayga dedi:
— Meni hademay Egamiz olib ketadi. Ayt, shu voqea yuz bermasdan oldin sen uchun nima qilay?
Shunda Elishay:
— Iltimos, sizning paygʻambarlik ruhingizdan menga ikki hissa koʻp meros qolsin#2:9 …menga ikki hissa koʻp meros qolsin… — qonun boʻyicha, qadimgi Isroilda toʻngʻich oʻgʻilga otasidan ikki hissa meros qolar edi, bu oyatda Elishay toʻngʻich oʻgʻilning ulushini soʻrayapti (Qonunlar 21:17 ga qarang)., toki sizning izdoshingiz boʻlay, — dedi.
10— Qiyin narsani soʻrayapsan, — dedi Ilyos. — Mayli, agar men yoningdan koʻtarilib ketayotganimni koʻra olsang, istaganing bajo boʻladi. Agar koʻra olmasang, bajo boʻlmaydi.
11Ular yoʻlda suhbatlashib ketishayotgan edi, birdan olov otlar qoʻshilgan olov arava paydo boʻlib, ularning oʻrtasiga yeldek uchib keldi. Ilyos quyun ichida osmonga chiqib ketdi. Shunday qilib, ikkovlari bir–birlaridan ayrildilar. 12Elishay buni koʻrib Ilyosga xitob qildi:
— Otam! Otam! Siz Isroilning qudratli himoyachisi edingiz! Isroilning jang aravasi va otliq lashkari kabi edingiz–a! Qayoqqa ketib qoldingiz–a!
Elishay Ilyosni boshqa koʻra olmagani uchun egnidagi kiyimini ikkiga boʻlib tashladi#2:12 …egnidagi kiyimini ikkiga boʻlib tashladi — bu harakat qaygʻuning bir belgisi edi.. 13Ilyosning egnidan chakmoni tushib qolgan edi. Elishay oʻsha chakmonni olib orqasiga qaytib, Iordan daryosi qirgʻogʻiga keldi. 14Elishay Ilyosning chakmonini suvga urib: “Egam Ilyosga qilganiday, men uchun ham moʻjiza koʻrsatadimi?” — dedi. Elishay chakmonini yana suvga urgan edi, daryo suvi ikki tomonga surilib yoʻl ochildi. Elishay oʻsha joydan oʻtib ketdi.
15Yerixolik paygʻambarlar guruhi olisdan Elishayni koʻrib:
— Elishayda Ilyosning ruhi bor, — deb Elishayga peshvoz chiqdilar. Uni kutib oldilar, yer oʻpib unga taʼzim qildilar. 16Soʻngra paygʻambarlar Elishayga:
— Biz, qullaringizda ellikta baquvvat odam bor, — dedilar. — Ijozat bering, ular borib, hazratingizni izlashsin. Balki Egamizning Ruhi uni biror toqqa yoki vodiyga boshlab ketgandir.
— Yoʻq, yubormanglar, — dedi Elishay ularga.
17Lekin paygʻambarlar guruhi iltimos qilaverib, oxiri uni koʻndirdilar. Elishay: “Mayli, yuboringlar”, dedi. Paygʻambarlar guruhi ellikta odamni joʻnatdilar. Odamlar uch kun qidirib, Ilyosni topa olmaganlaridan keyin, 18Elishayning yoniga qaytib keldilar. Elishay bu paytda Yerixoda edi. Elishay ularga:
— Sizlarga, bormanglar, deb aytmaganmidim?! — dedi.
Elishayning moʻjizalari
19Oʻsha shaharning aholisi Elishayga murojaat qildi:
— Hazratimiz koʻrib turganlariday, shahar yaxshi yerga joylashgan, lekin suvi yaxshi emas, yeri ham hosil bermaydi.
20Shunda Elishay:
— Menga yangi kosaga tuz solib beringlar, — dedi. Ular Elishayning aytganini berdilar. 21Elishay buloq boshiga chiqib, tuzni suvga tashladi–da, shunday dedi:
— Egamiz shunday aytmoqda: “Men bu suvni toza qildim, endi bu suv tufayli hecham oʻlim boʻlmaydi, bundan buyon yeringiz ham hosil beradi.”
22Elishay aytganidek, suv toza boʻldi va hozirgacha#2:22 …hozirgacha… — shu kitob yozilgan vaqtga ishora. tozadir.
23Shundan keyin Elishay u yerdan Baytil shahriga yoʻl oldi. U yoʻlda ketayotgan edi, Baytildan chiqqan yosh bolalar unga ergashib:
— Joʻnab qol, yoʻqol, kal! Joʻnab qol, kal! — deb uni masxara qilishdi.
24Elishay orqasiga qayrilib, bolalarga qaradi va ularni Egamizning nomi bilan qargʻadi. Shu payt oʻrmondan ikkita urgʻochi ayiq chiqib, bolalardan qirq ikkitasini burda–burda qilib tashladi.
25Elishay bu yerdan Karmil togʻiga ketdi, u yerdan esa Samariyaga qaytdi.

Currently Selected:

4 Shohlar 2: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy