Ular narigi qirgʻoqqa oʻtib olishgach, Ilyos Elishayga dedi:
— Meni hademay Egamiz olib ketadi. Ayt, shu voqea yuz bermasdan oldin sen uchun nima qilay?
Shunda Elishay:
— Iltimos, sizning paygʻambarlik ruhingizdan menga ikki hissa koʻp meros qolsin, toki sizning izdoshingiz boʻlay, — dedi.