YouVersion Logo
Search Icon

4 Shohlar 3

3
3–BOB
Moʻab va Isroil oʻrtasidagi urush
1Axab oʻgʻli Yoram#3:1 Yoram — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yohuram (shu bobning 6–oyatida ham bor). Samariyada Isroil taxtiga oʻtirdi va oʻn ikki yil shoh boʻldi. Bu paytda Yohushafat Yahudoda shohlik qilayotganiga oʻn sakkiz yil boʻlgan edi#3:1 …Yoram Samariyada Isroil taxtiga oʻtirdi…Bu paytda Yohushafat Yahudoda shohlik qilayotganiga oʻn sakkiz yil boʻlgan edi — 1:17 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.. 2Yoram Egamiz oldida qabihliklar qilgan boʻlsa ham, otasi va onasichalik emasdi. Otasi Baalga atab oʻrnatgan toshni#3:2 Baalga atab oʻrnatgan tosh — lugʻatdagi BUTSIMON TOSH iborasiga qarang. u qoʻporib tashladi. 3Shunday boʻlsa ham, Isroil xalqini gunohga botirgan Nabat oʻgʻli Yeribom qilgan gunohlarga#3:3 …Isroil xalqini gunohga botirgan Nabat oʻgʻli Yeribom qilgan gunohlar… — Yeribom Isroilda hukmronlik qilgan vaqtda, Isroil xalqi sajda qilsin deb, ikkita oltin buzoq yasagan va birini Baytil shahriga, ikkinchisini Dan shahriga oʻrnashtirgan edi (3 Shohlar 12:26-30 ga qarang). ergashdi.
4Moʻab#3:4 Moʻab — bu yurt Oʻlik dengizning sharqiy qirgʻogʻida joylashgan edi. shohi Mesha chorvachilik bilan shugʻullanardi. U Isroil shohiga har yili 100.000 ta qoʻzini va 100.000 ta qoʻyning junini oʻlpon qilib toʻlardi. 5Axab vafot etgandan keyin, Moʻab shohi Isroil shohiga qarshi bosh koʻtardi.
6Shunda shoh Yoram Samariyadan chiqib, jamiki Isroil lashkarini toʻpladi. 7Soʻngra Yahudo shohi Yohushafatga shu xabarni yetkazdi: “Moʻab shohi menga qarshi qoʻzgʻaldi. Moʻabga qarshi urishgani men bilan borasizmi?” Yahudo shohi quyidagicha javob joʻnatdi: “Boraman, men sen bilan birgaman, mening xalqim sening xalqingdir, mening otlarim sening ham otlaringdir.” 8“Biz qaysi yoʻldan borishimiz kerak?” soʻradi Yahudo shohi. “Edom#3:8 Edom — bu yurt Oʻlik dengizning janubida joylashgan edi. Yoram Oʻlik dengizni aylanib oʻtib, Moʻabga janub tomondan hujum qilishni rejalashtirgan edi. sahrosidagi yoʻldan”, javob berdi shoh Yoram.
9Isroil, Yahudo va Edom shohlari birgalikda yoʻlga chiqdilar. Ular yetti kun yoʻl yurganlaridan keyin, birga borgan lashkar uchun ham, hayvonlar uchun ham suv tugadi. 10Shunda Isroil shohi:
— Evoh, Egamiz bizni — uchala shohni Moʻab shohi qoʻliga berish uchun bir joyga toʻplabdi–da, — dedi.
11— Bu yerda Egamizning paygʻambari yoʻqmi? Agar boʻlsa, biz oʻsha paygʻambar orqali Egamizning xohish–irodasini bilardik, — dedi Yohushafat.
Isroil shohining aʼyonlaridan biri:
— Shofot oʻgʻli Elishay shu yerda, u doimo Ilyosning xizmatida boʻlgan edi#3:11 …u doimo Ilyosning xizmatida boʻlgan edi… — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …u Ilyosning qoʻliga suv quyib turar edi…., — deb javob berdi.
12— Egamizning xabarini bizga u ayta oladi, — dedi Yohushafat. Soʻngra Isroil shohi, Yohushafat va Edom shohi Elishayning huzuriga bordilar. 13Elishay Isroil shohiga aytdi:
— Men senga qanday yordam bera olaman?! Bor, oʻz ota–onangning paygʻambarlaridan#3:13 …oʻz ota–onangning paygʻambarlari… — bu yerda Kanʼon xalqlarining xudolari Baal va Ashera nazarda tutilgan (3 Shohlar 16:30-33, 18:19 ga qarang). Shoh Yoramning otasi Axab va onasi Izabel oʻsha xudolarga sajda qilishar edi. maslahat soʻra.
Isroil shohi Elishayga:
— Yoʻq, Egamiz bizni — uchala shohni Moʻab shohining qoʻliga berish uchun toʻplagan, — dedi.
14— Oʻzim xizmatida boʻlgan Sarvari Olam shohid! — dedi Elishay. — Agar men Yahudo shohi Yohushafatni hurmat qilmaganimda, senga hech ham qaramagan, hatto nazar solmagan ham boʻlardim. 15Endi menga bir sozanda olib kelinglar!
Sozanda musiqa chalgan edi, Egamiz Elishayga Oʻz qudratidan berdi. 16Elishay dedi:
— Egamiz shunday aytmoqda: “Qurib qolgan bu soylik suvga toʻladi. 17Na shamolni, na yomgʻirni koʻrasizlar, lekin bu soylik suvga toʻlib–toshadi, — deb aytmoqda Egamiz. — Oʻzlaringiz ham, ot–ulovlaringiz ham, chorvangiz ham shu suvdan ichasizlar.” 18Egamiz qiladigan bu ishlar hali kamdir: U Moʻab xalqini sizlarning qoʻlingizga beradi. 19Sizlar esa Moʻabning hamma mustahkam shaharlarini, eng chiroyli shaharlarini vayron qilasizlar, hamma mevali daraxtlarini kesib tashlaysizlar, hamma buloqlarini koʻmasizlar, hosildor dalalarining hammasini toshloq qilib, yaroqsiz holatga keltirasizlar.
20Keyingi kuni ertalabki qurbonlik paytida#3:20 …ertalabki qurbonlik paytida… — ertalab soat toʻqqizlarda., birdan Edom tomondan suv toʻlib–toshib oqa boshladi. Hamma yerni suv bosib ketdi.
21Moʻab xalqi shohlar jang qilish uchun kelayotganini eshitdi–yu, hammalari — qurol koʻtarishga yaraydiganlaridan tortib, kattalarigacha yigʻilishib, chegaraga kelishdi. 22Ular saharda turganlarida, quyosh suv ustida yogʻdu sochar, suv Moʻab lashkariga uzoqdan qonga oʻxshab qizarib koʻrinardi.
23— Bu qon–ku, — deyishdi ular, — shohlar bir–birlari bilan jang qilibdilar, bir–birlarini qiribdilar. Qani, oʻljaga, Moʻab lashkari!
24Ammo Moʻab lashkari Isroil qarorgohiga borganda, Isroil lashkari ularga birdan tashlanib, hujum qilib qoldi, Moʻab lashkari esa qochib qoldi. Isroil lashkari Moʻab yurtiga kirib ham hujumni davom ettirdi. 25Shaharlarini vayron qildilar, daladagi hamma hosildor yerlarga tosh otaverib, dalani toshga toʻldirib tashladilar, buloqlarini koʻmib yubordilar, barcha mevali daraxtlarini kesdilar. Faqat Xir–Xarasot shahridagi tosh devorlar qoldi, xolos. Palaxmonchilar shaharni qurshab olib, tosh irgʻitaverdilar. 26Moʻab shohi jangda magʻlub boʻlayotganini anglab yetgach, yetti yuzta qilichbozini yoniga oldi. U Edom shohi kuchlarini yorib oʻtmoqchi boʻldi, lekin buning uddasidan chiqolmadi. 27Shundan keyin Moʻab shohi taxt vorisi boʻlgan toʻngʻich oʻgʻlini olib keldi–da, uni devor ustida kuydirib qurbonlik qildi. Bu voqeadan Isroil lashkari qattiq vahimaga tushdi. Ular Moʻab shohidan uzoqlashib, oʻz yurtiga qaytib ketdilar.

Currently Selected:

4 Shohlar 3: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy