4 Shohlar 18
18
18–BOB
Yahudo shohi Hizqiyo
1Isroil shohi Xoʻsheya hukmronlik qilayotganiga uch yil boʻlganda, Hizqiyo Yahudo hukmdori boʻldi. Hizqiyo Oxozning oʻgʻli edi. 2Hizqiyo yigirma besh yoshida shoh boʻldi. U Quddusda yigirma toʻqqiz yil shohlik qildi. Onasining ismi Abiyo#18:2 Abiyo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Abi. Uning Abiyo degan shakli 2 Solnomalar 29:1 dan olingan. boʻlib, Zakariyoning qizi edi.
3Hizqiyo, bobosi Dovud kabi, Egamiz oldida toʻgʻri ishlar qildi. 4U sajdagohlarni#18:4 sajdagohlar — 12:3 izohiga qarang. yoʻqotdi, butsimon toshlarni parchalab tashladi, Asheraning#18:4 Ashera — 13:6 izohiga qarang. ustunlarini kesdi. Muso bronzadan yasagan Naxushton nomli ilon tasvirini#18:4 Muso bronzadan yasagan Naxushton nomli ilon tasviri… — Sahroda 21:6-9 ga qarang. Naxushton nomi ibroniychadagi ilon va bronza soʻzlariga ohangdosh. ham sindirdi. Chunki Isroil xalqi oʻsha kungacha bronza ilon tasviriga qurbonlik keltirardi.
5Hizqiyo Isroil xalqining Xudosiga — Egamizga ishonardi. Hizqiyogacha ham, undan keyin ham Yahudo shohlari orasida unga oʻxshagani boʻlmadi. 6Hizqiyo Egamizga nihoyatda sodiq boʻlib, Uning yoʻllaridan ozmadi. Egamiz Musoga bergan amrlarni bajardi. 7Egamiz Hizqiyo bilan edi. Hizqiyo nima ish qilmasin, Egamiz unga baraka berdi. U Ossuriya shohiga itoat qilmay, unga qarshi bosh koʻtardi. 8Hamma joyda — Gʻazo va uning atroflarigacha, qishloqlardan tortib, mustahkam shahargacha boʻlgan joylarda Filistlarni magʻlub qildi.
9Hizqiyo hukmronligining toʻrtinchi yilida Ossuriya shohi Shalmanasar Samariyaga hujum qilib, qamal qildi. Bu paytda Isroil shohi Xoʻsheya yettinchi yil shohlik qilayotgan edi. 10Qamalning uchinchi yilida#18:10 Qamalning uchinchi yilida… — yahudiylarning yil hisobi boʻyicha, yilning biror qismi ham bir toʻliq yil deb hisoblanishi mumkin edi. Samariya quladi. Hizqiyo hukmronligining oltinchi yilida va Isroil shohi Xoʻsheya hukmronligining toʻqqizinchi yilida Shalmanasar Samariyani oldi. 11Ossuriya shohi#18:11 Ossuriya shohi — Shalmanasarning vorisi Sargon II nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. Isroil xalqini Ossuriyaga koʻchirib, ularni Xalax shahriga, Xavor daryosi boʻyidagi Gozan hududiga va Midiya shaharlariga joylashtirdi. 12Ular oʻzlarining Egasi Xudoga itoat etmay, Uning ahdini buzganlari uchun shu hodisalar yuz bergandi. Xudoning Oʻz quli Muso orqali bergan birorta amriga ular quloq solmadilar, hech birini bajarmadilar.
Ossuriya qoʻshini Quddusni oʻrab oladi
13Hizqiyo hukmronligining oʻn toʻrtinchi yilida#18:13 Hizqiyo hukmronligining oʻn toʻrtinchi yili — miloddan oldingi 701 yil. Ossuriya shohi Sanxariv#18:13 Ossuriya shohi Sanxariv — miloddan oldingi 705-681 yillarda Ossuriyada hukmronlik qilgan. Yahudo yurtiga hujum qildi. Uning hamma mustahkam shaharlarini bosib oldi. 14Yahudo shohi Hizqiyo Laxish shahrida#18:14 Laxish shahri — Quddusdan qariyb 35 kilometr janubi–gʻarbda joylashgan edi. turgan Ossuriya shohiga shunday xabar yubordi: “Men aybdorman, mening yurtimdan keting, nimani talab qilsangiz, rozi boʻlaman.” Ossuriya shohi Yahudo shohi Hizqiyoni 640 pud#18:14 640 pud — ibroniycha matnda 300 talant, taxminan 10 tonnaga toʻgʻri keladi. kumush va 64 pud#18:14 64 pud — ibroniycha matnda 30 talant, taxminan 1 tonnaga toʻgʻri keladi. oltinni oʻlpon qilib toʻlashga majbur qildi. 15Hizqiyo hamma kumushni Egamizning uyidan va shoh saroyining xazinalaridan topib, unga berdi. 16Hizqiyo yana Egamizning uyi eshiklari bilan eshik kesakilari#18:16 kesaki — eshik oʻrnatilgan chorchoʻp. ustiga ilgari oʻzi qoplatgan oltin qoplamalarni ham chiqarib olib, Ossuriya shohiga berdi.
17Keyin Ossuriya shohi oʻzining bosh qoʻmondoni, bosh vaziri va mulozimi boshchiligida katta lashkarni Laxishdan Quddusga, shoh Hizqiyoning ustiga safarbar qildi. Lashkar Quddusga borayotib, Yuqori hovuz arigʻi yonida toʻxtadi. Bu ariq kir yuvuvchining dalasiga boradigan yoʻl yonida edi. 18Ular shoh Hizqiyoga xabarchi yuborgan edilar, Xilqiyo oʻgʻli Eliyaqim, Shavna va Osif oʻgʻli Yoʻx Quddusdan chiqib, Ossuriyaliklarning yoniga bordilar. Shoh Hizqiyoning saroyida Eliyaqim bosh vazir boʻlib, Shavna kotib, Yoʻx esa mushovir#18:18 mushovir — lugʻaviy maʼnosi maslahatchi. Bu oʻrinda xabarchi. U shohlik ichidagi va xalq orasidagi xabarni shohga, shohning farmonlarini xalqqa yetkazib turgan. boʻlib xizmat qilar edilar.
19Mulozim ularga shunday dedi:
“Ulugʻ Ossuriya shohining shu gaplarini Hizqiyoga yetkazing: «Nimangga ishonyapsan oʻzi? 20Harbiy mahoratingdan va kuch–qudratingdan gapiryapsan, lekin bular quruq gaplar–ku. Kimingga ishonib menga itoat etmayapsan? 21Ha, sen Misrga ishonyapsan. Lekin Misr yoriq qamishdan qilingan hassaga oʻxshaydi–ku. Unga suyansang, qoʻlingga sanchiladi. Misr firʼavniga ishonganlarning hammasi shu ahvolga tushadi. 22Balki sizlar: ‘Biz Egamiz Xudoga ishonamiz’, deb aytarsizlar menga. Axir, Hizqiyo oʻsha Egangizning sajdagohu#18:22 sajdagoh — ibroniycha matnda bamax, yaʼni “tepalik”. Kanʼon xudolariga topinadigan joylar bamax deb atalardi. Odatda bu sajdagohlar tepaliklarda joylashgan boʻlib, u yerda Kanʼon xudolarining tasvirlari va qurbonliklar keltirish uchun qurbongoh boʻlardi. Baʼzi bir paytlarda odamlar mana shu mahalliy sajdagohlarda Egamizga sajda qilardilar. qurbongohlarini buzib tashlab, Yahudo xalqiga va Quddusliklarga: ‘Faqatgina Quddusdagi qurbongohning oldida sajda qilinglar’, deb aytgan ekan–ku!#18:22 Axir, Hizqiyo…aytgan ekan–ku! — Hizqiyoning qilgan ishlaridan Xudo mamnun edi (shu bobning 3-5–oyatlariga va Qonunlar 12:2-7 ga qarang). Ammo Ossuriya shohi bu soʻzlarni Yahudo xalqini va Quddus aholisini Hizqiyoga qarshi qoʻzgʻatish niyatida, Xudoga itoat qilmaslikka va ishonmaslikka undash maqsadida aytgan edi (shu bobning 28-35–oyatlariga qarang).»
23Kelinglar, endi janobi oliylari Ossuriya shohi nomidan sizlar bilan bir garov oʻynaylik. Biz sizlarga ikki mingta ot beramiz, qani, ularni minishga odam topinglar–chi! 24Qani, koʻraylik–chi, shohimning qullari orasidagi eng kichik bir lashkarboshisini magʻlub qila olasizmi?! Axir, oʻzingiz Misrning jang aravalariyu otliqlariga umid bogʻlab oʻtiribsiz. 25Qolaversa, bizni Egangizning xohishisiz bu yurtni vayron qilishga kelgan, deb oʻylaysizlarmi? Egangizning Oʻzi bizga: «Oʻsha joyga borib, u yerni vayron qilinglar», deb amr bergan–ku!”
26Xilqiyo oʻgʻli Eliyaqim, Shavna va Yoʻx Ossuriyalik mulozimga:
— Bu qullaringga oramiycha#18:26 oramiycha — oramiy tili oʻsha davrda tijoratda va xalqaro diplomatik doiralarda ishlatilgan. gapiraver, oramiychani tushunamiz. Ibroniycha gapirma. Tagʻin devor ustidagilar bizning gapimizni eshitib qolmasin, — dedilar. 27Mulozim esa shunday javob berdi:
— Shohim bu soʻzlarni faqat hukmdoringizga va sizlarga gapirsin deb, meni yuboribdimi?! Devor ustida toʻplangan odamlarga ham gapiryapman–da. Ular ham, sizlar kabi, tezaklarini yeb, siydiklarini ichishga giriftor qilingan.
28Soʻngra u tik turib, baland ovoz bilan ibroniycha gapirdi: “Ulugʻ Ossuriya shohining gaplarini eshiting! 29Shoh hazratlari shunday aytmoqda: Hizqiyo sizlarni yoʻldan urmasin. U baribir sizlarni mening qoʻlimdan qutqara olmaydi. 30«Egamiz bizni albatta qutqaradi, bu shahar Ossuriya shohi qoʻliga taslim boʻlmaydi», deb Hizqiyo sizlarni Egangizdan umidvor qilmasin.
31Shohingiz Hizqiyoga quloq solmanglar. Mana, Ossuriya shohi aytmoqda: men bilan sulh tuzib, mening oldimga chiqinglar. Shunda har kimga oʻz uzumzoriyu anjir daraxti hosilidan yeyishga, oʻz sardobasidan suv ichishga ijozat beriladi. 32Soʻngra men sizlarni oʻz oʻlkangizga oʻxshagan bir yurtga olib boraman. U joy bugʻdoy, sharob, non, uzumzorlarga, zaytun moyi va asalga boy yurtdir. Oʻlimni emas, hayotni tanlanglar. «Egamiz bizni qutqaradi», deb sizlarni aldamoqchi boʻlgan Hizqiyoga quloq solmanglar. 33Qaysi xalqning xudosi oʻz yurtini men, Ossuriya shohining qoʻlidan qutqaribdi?! 34Xomat bilan Arpad shaharlarining#18:34 Xomat bilan Arpad shaharlari — hozirgi Suriyada joylashgan. xudolari qani?! Sefarvayimning, Xana va Ivvaxning#18:34 …Sefarvayimning, Xana va Ivvaxning… — bu shaharlar qayerda joylashgani maʼlum emas. xudolari–chi?! Birorta xudo Samariyani#18:34 Samariya — Isroilning, yaʼni shimoliy shohlikning poytaxti boʻlib, Ossuriya tomonidan bosib olingan. mening qoʻlimdan qutqara olmadi–ku! 35Jamiki xalqlarning xudolaridan qaysi biri oʻz yurtini mening qoʻlimdan qutqaribdiki, Egangiz Quddusni qutqara olsa?!”
36Ammo xalq jim turaverdi. Birontasi ham javob bermadi. Chunki shoh Hizqiyo: “Uning gapiga javob qaytarmanglar”, deb farmon bergan edi. 37Shundan keyin bosh vazir Eliyaqim, kotib Shavna va mushovir Yoʻx qaygʻudan liboslarini yirtib, Hizqiyoning oldiga keldilar–da, Ossuriyalik mulozimning gaplarini Hizqiyoga aytib berdilar.
Currently Selected:
4 Shohlar 18: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: