YouVersion Logo
Search Icon

2 Solnomalar 4

4
4–BOB
Maʼbad anjomlari
1Shoh Sulaymon bronza qurbongoh yasattirdi. Qurbongohning uzunligi 20 tirsak#4:1 tirsak — bir tirsak taxminan 45 santimetrga toʻgʻri keladi., eni ham 20 tirsak, balandligi 10 tirsak edi. 2Keyin bronzani eritib, dumaloq shaklda hovuz yasatdi. Hovuzning bir qirgʻogʻidan narigi qirgʻogʻigacha 10 tirsak, balandligi esa 5 tirsak edi. Aylanasi 30 tirsak edi. 3Hovuzning tashqi tomonida, qirgʻogʻi ostida aylanasiga ikki qator buqa shakli bor edi. Har bir tirsak masofada oʻntadan shunday shakl qilingan edi. Bronza eritilib, hovuz yasalayotgan paytda, bu buqa shakllari ham qilingan edi. 4Hovuz bronzadan yasalgan oʻn ikkita buqa ustiga oʻrnashtirilgan edi. Buqalarning uchtasi shimolga, uchtasi gʻarbga, uchtasi janubga va uchtasi sharqqa qaratilgan edi. Buqalarning orqa tomoni hovuzning ichkarisiga qaratilgan edi. 5Hovuzning qalinligi toʻrt enli boʻlib, chetlari kosaning chetlariga oʻxshar, shakli lolagulga oʻxshardi. Unga 6000 koʻza#4:5 6000 koʻza — ibroniycha matnda 3000 bat, taxminan 66.000 litrga toʻgʻri keladi. suv sigʻardi.
6Sulaymon oʻnta togʻora ham yasatdi. Togʻoraning beshtasi hovuzning chap tomoniga, beshtasi oʻng tomoniga oʻrnatildi. Bu togʻoralar qurbonlik qilib kuydiriladigan hayvonlarni yuvish uchun moʻljallangan edi. Hovuz esa ruhoniylarning yuvinishi uchun edi.
7-8Sulaymon loyihaga binoan oʻnta oltin chiroqpoya bilan oʻnta xontaxta yasatib, ularni Maʼbadning asosiy xonasiga oʻrnattirdi. Beshta chiroqpoya bilan beshta xontaxtani xonaning oʻng tomoniga, qolgan beshta chiroqpoya bilan beshta xontaxtani xonaning chap tomoniga oʻrnashtirdi. Bulardan tashqari, oltindan yuzta togʻoracha ham yasattirdi. 9Sulaymon ruhoniylar uchun ichki hovlini qurdirdi. Bundan tashqari, u tashqi hovlini qurdirib, ikki hovli orasiga eshiklar yasattirdi. Eshiklarni bronza bilan qoplatdi. 10Hovuzni Egamiz uyining janubi–sharq tomonidagi burchagiga oʻrnattirdi.
11Xurom qozonlar, kurakchalar va togʻorachalar ham yasadi. Shunday qilib, u shoh Sulaymon uchun Xudoning uyiga oid quyidagi ashyolarni yasab berdi:
12ikkita ustun,
ustunlarning tepasidagi ikkita doira shaklidagi ustunqosh,
ustunqoshni oʻrab turgan ikkita toʻrsimon bezak,
13ikkala bezakning yonlarida toʻrt yuzta anor#4:13 anor — qadimgi paytlarda hayot ramzi edi. tasviri, yaʼni ustunlar tepasida doira shaklidagi ikkita ustunqoshni qoplab turish uchun har bir toʻrsimon bezakning ikkala chekkasidagi anor suratlari,
14aravalar, aravalar ustidagi togʻoralar,
15bitta hovuz, hovuz ostidagi oʻn ikki buqa shakli,
16qozonlar, kuraklar, sanchqilar va bularga aloqador barcha buyumlar.
Xurom shoh Sulaymon uchun Egamizning uyiga oid ana shu ashyolarni sayqallangan bronzadan yasab berdi. 17Shoh bu narsalarni Iordan vodiysi atroflarida — Suxot va Zoraton#4:17 Zoraton — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Zarido. Uning Zoraton degan shakli 3 Shohlar 7:46 dan olingan. orasida loydan yasalgan qoliplarda quydirdi. 18Sulaymon bu narsalarning hammasini koʻp miqdorda yasattirdi, shuning uchun ishlatilgan bronzaning hisobini aniqlab boʻlmadi.
19Sulaymon Xudoning uyi uchun quyidagi hamma buyumlarni ham yasattirdi:
oltindan yasalgan tutatqi qurbongohi,
ustida muqaddas nonlar#4:19 muqaddas nonlar — bu nonlar Maʼbadda Egamizning huzurini aks ettiruvchi timsol boʻlib, Xudo Isroil xalqining qudrati va taʼminlovchisi ekanligidan darak berib turgan. Nonlar Maʼbaddagi maxsus xontaxtaga qoʻyilib, har Shabbat kuni yangi pishirilgan nonlar bilan almashtirib turilgan (Levilar 24:5-9 ga qarang). turadigan xontaxtalar,
20toza oltindan ishlangan chiroqpoyalar va ularning moychiroqlari, bular loyihaga binoan, Eng muqaddas xonaning oldida yonib turishi kerak edi,
21yana toza oltindan gullar, moychiroqlar, qisqichlar,
22qaychilar, togʻorachalar, kurakchalar va olovkuraklar yasatdi. Eng muqaddas xona va asosiy xona eshiklari ham toza oltindan yasalgan edi.

Currently Selected:

2 Solnomalar 4: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

Video for 2 Solnomalar 4