2 Solnomalar 5
5
5–BOB
1Shunday qilib, Sulaymon Egamizning uyiga oid hamma ishlarni bitirdi. Soʻngra u otasi Dovud nazr qilgan narsalarni olib kelib, kumush, oltin va hamma buyumlarni Xudoning uyi xazinasiga qoʻydi.
Ahd sandigʻi Maʼbadga keltiriladi
2Shundan soʻng Sulaymon Egamizning Ahd sandigʻini Dovud qalʼasidan#5:2 …Dovud qalʼasidan… — 1 Solnomalar 15:25-16:1 ga qarang. — Siondan Egamizning uyiga olib kelmoqchi boʻldi. Shu maqsadda u Isroil oqsoqollarini, hamma qabila yoʻlboshchilarini, Isroil xalqi urugʻboshilarini Quddus shahriga chaqirtirdi. 3Ularning hammasi yettinchi oyda#5:3 yettinchi oy — ibroniy kalendarining Tishri oyi nazarda tutilgan (Tishri oyi Itanim oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan sentabrning oʻrtasidan boshlanadi., Chayla bayrami#5:3 Chayla bayrami — bu bayram kuzda yigʻim–terim tugagan paytga toʻgʻri keladi. paytida shohning huzuriga yigʻilishdi.
4Isroil oqsoqollarining hammasi kelgach, levilar Sandiqni yerdan koʻtarishdi. 5Ruhoniylar va levilar, Sandiq bilan birga Uchrashuv chodirini#5:5 Uchrashuv chodiri — Muqaddas chodirning yana bir nomi. Oʻsha davrda Uchrashuv chodiri Quddusdan qariyb 6 kilometr shimoli–gʻarbda — Givonda joylashgan edi (1:3 ga qarang). Ahd sandigʻi esa Quddus shahrida, Dovud tomonidan oʻrnatilgan maxsus chodirda saqlanar edi (1:4 ga qarang)., Chodirdagi barcha muqaddas buyumlarni Egamizning uyiga olib kelishdi. 6Shoh Sulaymon va toʻplangan butun Isroil jamoasi Sandiqning oldida qoʻylar, buqalar soʻyib qurbonlik qilishdi. Qurbonlik qilingan qoʻy va buqalar shu qadar koʻp ediki, hisobiga yetib boʻlmasdi.
7Ruhoniylar Egamizning Ahd sandigʻini alohida atalgan joyga — Eng muqaddas xonaga, karublarning qanotlari ostiga qoʻyishdi. 8Karublarning qanotlari Sandiq usti boʻylab choʻzilgan va Sandiq hamda uning xodalarini berkitib turardi. 9Xodalar shunchalik uzun ediki, ularning uchi Eng muqaddas xonaning shundaygina oldidan koʻrinib turardi, boshqa joydan esa koʻrinmasdi. Xodalar bugungacha#5:9 …bugungacha… — shu kitob yozilgan vaqtga ishora. ham oʻsha yerda turibdi. 10Sandiqning ichida ikkita tosh lavhadan boshqa hech narsa yoʻq edi. Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin, Egamiz Sinay togʻida#5:10 Sinay togʻi — ibroniycha matnda Xorev togʻi, Sinay togʻining yana bir nomi. ular bilan ahd tuzgan edi. Oʻshanda Muso bu tosh lavhalarni Sandiq ichiga solib qoʻygan edi.
11-14Bu yerda hozir boʻlgan ruhoniylarning hammasi, qaysi guruhga qarashli boʻlishidan qatʼi nazar, oʻzlarini poklagan edilar. Jamiki levi sozandalari — Osif, Xaman, Yodutun, ularning oʻgʻillari va qarindoshlari mayin zigʻir matosidan tikilgan liboslarni kiyib olgan edilar. Levilar zil, arfa va liralarni koʻtarib qurbongohning sharq tomonida turdilar. Ularning yonidan karnay chaladigan 120 nafar ruhoniy joy oldi. Sozandalaru karnaychilar joʻr boʻlib, Egamizga hamdu sano va shukrona aytar edilar. Karnay, zil va boshqa sozlar joʻrligida qoʻshiqchilar Egamizga shunday hamdu sano kuylar edilar:
“Egamiz yaxshidir,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.”
Ruhoniylar Muqaddas xonadan chiqib ketayotganlarida, birdaniga Xudoning uyini bulut qoplab, Egamizning ulugʻvorligi uyni toʻldirdi. Shuning uchun ruhoniylar oʻz xizmatini davom ettira olmadilar.
Currently Selected:
2 Solnomalar 5: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020