2 Solnomalar 21
21
21–BOB
1Yohushafat olamdan oʻtdi. U ham Dovud qalʼasida, ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning oʻrniga oʻgʻli Yohuram shoh boʻldi.
Yahudo shohi Yohuram
2Yohuramning Ozariyo, Yoxiyol, Zakariyo, Ozariyohu, Mikoyil va Shafatiyo degan ukalari bor edi. Bularning hammasi shoh Yohushafatning oʻgʻillari edi. 3Otasi ularga koʻp miqdorda oltinu kumush va qimmatbaho ashyolar bilan birga Yahudo yurtidagi mustahkam shaharlarni hadya etgan edi. Yohuramni esa, toʻngʻich oʻgʻil boʻlgani uchun taxt vorisi qilgan edi. 4Yohuram otasi oʻrniga taxtga oʻtirib, oʻzini mustahkamlab olgandan keyin, ukalarining hammasini va Isroil aʼyonlaridan baʼzilarini qilichdan oʻtkazdi.
5Yohuram Yahudo shohi boʻlganda, oʻttiz ikki yoshda edi. U Quddusda sakkiz yil hukmronlik qildi. 6Xotini Axabning qizi boʻlgani uchun Yohuram ham, Axab xonadoni singari, Isroil shohlari yoʻlidan yurib, Egamiz oldida qabihliklar qildi. 7Shunday boʻlsa–da, Dovudning xonadonini Egamiz halokatga uchratishni istamadi, chunki U Dovud bilan ahd qilib: “Sening naslingga to abad soʻnmaydigan chiroq beraman”, deb vaʼda qilgan edi#21:7 U…vaʼda qilgan edi — 3 Shohlar 11:36 ga qarang..
Edomliklarning isyoni
8Yohuram davrida Edom Yahudo shohligiga qarshi isyon qildi. Edom xalqi oʻzlarining mustaqil shohligini qurdilar. 9Yohuram hamma lashkarboshilari va jang aravalarini Edomga boshlab bordi. Edom lashkari Yohuramni va uning jang aravalari sardorlarini oʻrab oldi, lekin Yohuram tunda hujum qilib, qamalni yorib chiqdi. 10Oʻsha paytdan beri hozirgacha#21:10 …hozirgacha… — shu kitob yozilgan vaqtga ishora. Edom xalqi Yahudo hukmronligidan ozoddir. Yohuram ota–bobolarining Xudosi — Egamizni tark etgani uchun Libna shahri#21:10 Libna shahri — Quddusdan qariyb 20 kilometr gʻarbda joylashgan. ham oʻsha davrda isyon koʻtargan edi. 11Yohuram Yahudo qirlarida sajdagohlar#21:11 sajdagohlar — 11:15 ning birinchi izohiga qarang. barpo qildi, u Yahudo va Quddus aholisini Xudoga bevafolik qilishga boshladi, ularni haq yoʻldan ozdirdi.
12Oʻsha paytda Ilyos paygʻambar unga quyidagicha maktub yubordi:
“Bobong Dovudning Xudosi — Egamiz shunday demoqda: sen otang Yohushafatning yoʻlidan yurmading, Yahudo shohi Osoning izidan ham bormading, 13balki Isroil shohlarining yoʻlidan yurding. Axab xonadoni Isroilni Menga bevafolik qilishga boshlaganday, sen ham Yahudo va Quddus aholisini Menga bevafolik qilishga boshlading. Sen hatto oʻz ukalaringni oʻldirding, ular sendan yaxshiroq edi. 14Shu sababdan Men, Egangiz, sening xalqing, bolalaring, xotinlaring boshiga va butun mol–mulkingga ogʻir kulfat keltiraman. 15Sen oʻzing esa ogʻir ichak xastaligiga yoʻliqasan. Ichak–chovoqlaring tashqariga chiqqunga qadar, xastaliging kundan–kunga kuchayib boraveradi.”
16Egamiz Filistlarni va Habashiston#21:16 Habashiston — ibroniycha matnda Kush. 12:3 izohiga qarang. yonida yashayotgan Arablarni Yohuramga qarshi qoʻzgʻatdi. 17Ular Yahudoga bostirib kelib, shoh saroyidagi hamma boyliklarni, shohning oʻgʻillarini va xotinlarini olib ketdilar. Shohning Oxoziyodan#21:17 Oxoziyo — ibroniycha matnda Yohuxoz, Oxoziyoning yana bir ismi (22:1 ga qarang). boshqa oʻgʻli qolmadi. Oxoziyo shohning kenja oʻgʻli edi.
Shoh Yohuram xastalanib vafot etadi
18Shundan keyin Egamiz shoh Yohuramni tuzalmas ichak xastaligiga yoʻliqtirdi. 19Oradan ikki yil oʻtgach, Yohuramning xastaligi zoʻrayib, ichak–chovoqlari tashqariga chiqdi. Yohuram qattiq azob–uqubat tortib, vafot etdi. Odamlar Yohuramning ota–bobolari sharafiga gulxan yoqishgan boʻlsa–da, Yohuramning sharafiga gulxan yoqishmadi.
20Yohuram taxtga oʻtirgan paytda oʻttiz ikki yoshda boʻlib, Quddusda sakkiz yil hukmronlik qildi. Uning oʻlimi uchun hech kim qaygʻurmadi. Garchi uni Dovud qalʼasiga dafn etgan boʻlsalar–da, shohlar qabriga dafn qilmadilar.
Currently Selected:
2 Solnomalar 21: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: