YouVersion Logo
Search Icon

2 Solnomalar 22

22
22–BOB
Yahudo shohi Oxoziyo
1Arablar bosqinchilik safari davomida Yohuramning kenja oʻgʻli Oxoziyodan boshqa hamma oʻgʻillarini qatl qilgan edilar. Shuning uchun Quddus aholisi Oxoziyoni oʻzlariga shoh qilishdi. 2Oxoziyo taxtga oʻtirganda, yigirma ikki#22:2 yigirma ikki — qadimiy yunoncha tarjimaning baʼzi qoʻlyozmalaridan va qadimiy suryoniycha tarjimadan (yana 4 Shohlar 8:26 ga qarang). Ibroniycha matnda qirq ikki. yoshda edi. U Quddusda bir yil shohlik qildi. Onasining ismi Otaliyo boʻlib, Isroil shohi Omrining nevarasi edi. 3Oxoziyo ham Axab xonadoni yoʻlidan yurdi, chunki onasi unga qabih ishlar qilishni maslahat berardi. 4Oxoziyo Axab nasliga oʻxshab, Egamiz oldida qabihliklar qildi. Otasi Yohuramning vafotidan keyin, shoh Axab xonadonining boshqa aʼzolari Oxoziyoning maslahatchilari boʻlib, uni halokatga boshladilar. 5Oxoziyo ularning maslahatiga kirib, Isroil shohi Axab oʻgʻli Yoram#22:5 Yoram — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yohuram (shu bobning 6, 7–oyatlarida ham bor). bilan birga Giladdagi#22:5 Gilad — Iordan daryosining sharq tomonidagi oʻlka. Ramoʻtga borib, Oram shohi Xazayilga qarshi urush ochdi. Shoh Yoram shu urushda yarador boʻldi. 6U yarasini davolatish uchun Yizril shahriga#22:6 Yizril shahri — Isroilning shimolida, Ramoʻtdan qariyb 65 kilometr masofada joylashgan. qaytib keldi. Yahudo shohi Oxoziyo#22:6 Oxoziyo — baʼzi ibroniy qoʻlyozmalaridan, qadimiy yunoncha, suryoniycha va lotincha tarjimalardan (yana 4 Shohlar 8:29 ga qarang). Ibroniycha matnda Ozariyo. esa yaralangan Yoramni koʻrgani Yizrilga bordi.
7Xudo Oxoziyoning bu tashrifini uning halokati uchun ishlatdi. Oxoziyo Yoramnikiga yetib borgach, Yoram bilan birgalikda Nimshining nevarasi#22:7 nevarasi — ibroniycha matnda oʻgʻli. Aslida Yohu Nimshining nevarasi edi (4 Shohlar 9:2 ga qarang). Ibroniychada oʻgʻil soʻzi nasl maʼnosida ham ishlatiladi. Yohuni kutib olgani chiqdi. Yohuni Egamiz Axab xonadonini qatl qilish uchun tanlagan edi. 8Yohu Axab xonadoni ustidan chiqarilgan hukmni ijro etayotgan paytda, Oxoziyo bilan birga kelgan Yahudo aʼyonlariga va Oxoziyoning jiyanlariga duch keldi. Ularning hammasini bitta qoldirmay qirib yubordi. 9Soʻng Oxoziyoni qidira boshladi. Yohuning odamlari Samariyada yashirinib yurgan Oxoziyoni qoʻlga oldilar. Uni Yohuning oldiga olib kelib oʻldirdilar. Ammo keyin dafn qildilar, chunki ular: “Eha, bu Egamizga chin yurakdan intilgan Yohushafatning nevarasi–ku!” deb aytgan edilar. Oxoziyo xonadonida shohlik qiladigan hech bir kimsa qolmadi.
Yahudo malikasi Otaliyo taxtga oʻtiradi
10Otaliyo#22:10 Otaliyo — Isroil shohi Axabning qizi — Yahudo shohi Yohuramning bevasi edi (21:5-6, 22:2 ga qarang). oʻz oʻgʻli shoh Oxoziyoning oʻldirilganini eshitgach, Yahudoda Oxoziyoning jamiki urugʻini qirib tashlashga kirishdi. 11Shohning hamma oʻgʻillarini oʻldirish rejalashtirilgan edi. Shoh Yohuramning Yohusheva#22:11 Yohusheva — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yohushaviyat. Uning Yohusheva degan shakli 4 Shohlar 11:2 dan olingan. degan qizi bor edi. Yohusheva Oxoziyoning oʻgay singlisi boʻlib, ruhoniy Yohayidoga turmushga chiqqan edi. Yohusheva Oxoziyoning oʻgʻli Yoʻshni shohning oʻgʻillari orasidan bildirmasdan olib qochdi. Otaliyo bolani oʻldirmasligi uchun, uni enagasi bilan birga Egamizning uyidagi yotoqxonaga yashirdi. 12Otaliyo yurtni boshqargan paytda, bola olti yil davomida Xudoning uyida ular bilan birga yashirinib yurdi.

Currently Selected:

2 Solnomalar 22: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in