YouVersion Logo
Search Icon

2 Solnomalar 20

20
20–BOB
Edomga qarshi urush
1Oradan bir oz vaqt oʻtgach, Moʻabliklar bilan Ommonliklar hamda Mavun xalqining#20:1 Mavun xalqi — qadimiy yunoncha tarjimaning baʼzi qoʻlyozmalaridan. Ibroniycha matnda Ommonliklar. bir qismi Yohushafatga qarshi urishgani otlandilar. 2Xabarchilar kelib, Yohushafatga: “Son–sanoqsiz lashkar Edomdan#20:2 Edom — bitta ibroniy qoʻlyozmasidan. Ibroniycha matnda Oram. “Oram” va “Edom” soʻzlari ibroniychada deyarli bir xil yoziladi. Edom Oʻlik dengizning janubida joylashgan yurt edi. — Oʻlik dengizning narigi qirgʻogʻidan sizga qarshi kelmoqda. Ular Xazazon–Tamarni qoʻlga kiritib boʻlishgan”, deb aytdilar. (Xazazon–Tamarning boshqa nomi En–Gedi#20:2 En–Gedi — Oʻlik dengizning gʻarbiy qirgʻogʻida joylashgan shahar. edi.) 3Yohushafat qoʻrqib ketdi. U Egamizning xohish–irodasini bilmoqchi boʻlib, butun Yahudo boʻylab roʻza eʼlon qildi. 4Yahudoning hamma shaharlaridan xalq Quddusga yigʻilib, Egamizdan madad tiladi.
Shoh Yohushafatning ibodati va gʻalabasi
5Yohushafat Yahudo va Quddus jamoasi qarshisida — Egamizning uyi oldidagi yangi hovlida turib, 6iltijo qildi:
“Ey ota–bobolarimizning Xudosi — Egamiz! Samodagi yagona Xudo Sensan. Sen yer yuzidagi barcha xalqlarga hukmronlik qilasan. Kuch–qudrat egasi Oʻzingsan. Kim Senga bas kela oladi?! 7Ey Xudoyimiz! Xalqing Isroil bu yurtga kelganda, Sen ularning oldidan mahalliy xalqni haydab yubording, bu yurtni doʻsting Ibrohimning nasliga to abad berding. 8Ota–bobolarimiz bu yerda yashab, Senga atab bir Maʼbad barpo qildilar. Ular shunday degan edilar: 9«Boshimizga urush, oʻlat va ocharchilik kabi kulfatlar tushganda, biz shu uying oldiga — Sening huzuringga kelamiz. Zero, Sen shu yerdasan. Kulfat ichra Senga yolvoramiz, shunda Sen iltijolarimizni eshitib, bizga najot berasan.»
10Mana qara, Ommon, Moʻab va Edom yurtining#20:10 Edom yurti — ibroniycha matnda Seir togʻlari (shu bobning 22, 23–oyatlarida ham bor). Edom yurtining yana bir nomi Seir edi. xalqlari bizga hujum qilyaptilar. Bizning ota–bobolarimiz Misrdan chiqqanlarida, Sen ularga bu yurtlarga kirishga ijozat bermagan eding. Ular oʻsha yurtlarni aylanib oʻtib ketgan va u xalqlarni qirib yubormagan edilar. 11Endi esa bu xalqlarning bizga qaytargan mukofotini koʻrib qoʻy! Sen bizga mulk qilib bergan yurtdan ular bizni haydab yubormoqchilar. 12Ey Xudoyimiz! Sen Oʻzing ularni jazola, chunki bizga hujum qilgan bu ulkan lashkarga biz qarshilik qilishga ojizmiz. Nima qilishni biz bilmaymiz, Sendan keladigan yordamga koʻz tutib turibmiz.”
13Shu paytda jamiki Yahudo erkaklari xotin, bola–chaqalari bilan Egamizning oldida — Maʼbadda turgan edilar. 14Shu on Egamizning Ruhi jamoa orasida turgan levi Zakariyo oʻgʻli Yaxaziyolni qamrab oldi. Yaxaziyol Osif urugʻidan boʻlib, Binayoning nevarasi, Yaviyolning evarasi va Mattaniyoning chevarasi edi. 15Yaxaziyol dedi:
— Eshitinglar, ey Yohushafat hazratlari, butun Yahudo va Quddus ahli! Egamiz sizlarga shunday demoqda: bu son–sanoqsiz lashkardan qoʻrqmanglar, vahimaga tushmanglar! Bu jang sizniki emas, Xudonikidir. 16Ertaga ularga hujum qilinglar. Ular Ziz dovonidan oshib keladilar. Sizlar ularni Yarubol adirlarining#20:16 Yarubol adirlari — En–Gedi yonida (shu bobning 2–oyatiga va oʻsha oyatning ikkinchi izohiga qarang). etagidagi soylik boshida topasizlar. 17Bu urushda sizlar jang qilmaysizlar. Sizlar joyingizni egallab, kutinglar. Egamiz sizlarni gʻalabaga erishtirganini koʻrasizlar. Ey Yahudo va Quddus ahli! Qoʻrqmanglar, vahimaga tushmanglar. Ertaga ularga hujum qilinglar, Egamiz sizlar bilan birga boʻladi.
18Shundan keyin Yohushafat yer oʻpib taʼzim qildi. Butun Yahudo va Quddus ahli ham taʼzim qilib, Egamizga sajda qildi. 19Qohot va Koʻrax nasllaridan boʻlgan levilar tik turib, Isroil xalqining Xudosi — Egamizga baland ovoz bilan hamdu sano oʻqidilar.
20Yahudo lashkari tong saharda turib, Taxuva adirlariga yoʻl oldi. Ular yoʻlga chiqqanlarida, Yohushafat turib dedi:
— Eshiting, ey Yahudo va Quddus ahli! Egangiz Xudoga ishoning, shunda bexatar boʻlasiz! Egamizning paygʻambarlari aytgan gaplariga ishoning, shunda muvaffaqiyatga erishasiz!
21Yohushafat xalq bilan maslahatlashib boʻlgandan keyin, Egamizni tarannum etadigan, muqaddasligining goʻzalligiga hamdu sano oʻqiydigan qoʻshiqchilarni tayinladi. Ular lashkar oldida: “Egamizga shukronalar ayting, Uning sodiq sevgisi abadiydir”, deb qoʻshiq aytishlari kerak edi.
22Ular qoʻshiq va hamdu sano aytishni boshlashlari bilanoq, Yahudoga qarshi kelgan Ommon, Moʻab va Edom xalqlariga Egamiz gʻoyibdan hujum qildi, ularni tor–mor etdi. 23Ommon va Moʻab xalqlari Edom xalqiga hujum qilib, ularni bitta qoldirmay qirib tashlashdi. Ularni yoʻq qilganlaridan keyin esa bir–birlarini qirishdi.
24Yahudo xalqi adirlarning butun manzarasini koʻrsa boʻladigan balandlikka yetib kelganlarida, gʻanimlar tomonga qarab, faqat yerda choʻzilib yotgan murdalarni koʻrdilar. Birontasi ham qochib qutulmagan edi. 25Yohushafat oʻlja olish uchun lashkarini boshlab borganda, ular koʻp miqdorda yuk hayvonlarini, mol–holni#20:25 …ular koʻp miqdorda yuk hayvonlarini, mol–holni… — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda …ular murdalar orasidan koʻp miqdorda mol–holni…., kiyim–kechaklarni#20:25 kiyim–kechaklar — baʼzi ibroniy qoʻlyozmalaridan va qadimiy lotincha tarjimadan. Ibroniycha matnda murdalar. va qimmatbaho buyumlarni topdilar. Koʻtara olgunlaricha narsa olib ketdilar. Oʻljaning koʻpligidan, ular uch kun narsa tashidilar. 26Toʻrtinchi kuni ular Baraka vodiysida yigʻilishib, Egamizga hamdu sano aytdilar. Shu sababdan bu vodiyning nomi bugungi kunda ham Baraka#20:26 Baraka — ibroniy tilida bu soʻz, xuddi oʻzbek tilidagiday, qut–baraka maʼnosini ifodalaydi, lekin hamdu sano maʼnosida ham kelishi mumkin. vodiysi deb yuritiladi. 27Keyin butun Yahudo va Quddus xalqi Yohushafat boshchiligida xursandchilik bilan Quddusga qaytdilar, chunki Egamiz ularga dushmanlari ustidan tantana qilishga imkon bergan edi. 28Ular arfa, lira va karnay chalib, Quddusga — Egamizning uyiga keldilar. 29Egamiz xalqi Isroilning dushmanlarini magʻlub qilganini eshitgan barcha xalqlar Xudodan qoʻrqib qolishdi. 30Yohushafatning shohligi tinchlikdan bahra topdi, Xudo ularga har tarafdan osoyishtalik ato qildi.
Yohushafat hukmronligining soʻnggi davri
31Shunday qilib, Yohushafat Yahudoda hukmronlik qildi. U taxtga oʻtirgan paytda oʻttiz besh yoshda boʻlib, Quddusda yigirma besh yil shohlik qildi. Onasi Oziba Shilxining qizi edi. 32Yohushafat otasi Osoning yoʻlidan yurdi, yoʻldan ozmay, Egamiz oldida toʻgʻri ishlar qildi. 33Ammo sajdagohlarni#20:33 sajdagohlar — 11:15 ning birinchi izohiga qarang. yoʻq qilib tashlamadi. Xalq hanuz ota–bobolarining Xudosiga chin yurakdan bogʻlanmagan edi.
34Yohushafatning boshqa ishlari boshdan oxirigacha Xonin oʻgʻli Yohuning qoʻlyozmalarida bayon etilgan boʻlib, “Isroil shohlari kitobi” tarkibiga kiritilgan.
35Keyinchalik Yahudo shohi Yohushafat Isroil shohi Oxoziyo bilan ittifoq tuzdi. Oxoziyo koʻp qabih ishlar qilgan edi. 36Ular birgalikda Ezyoʻn–Geberda dengiz savdo kemalarini#20:36 savdo kemalari — ibroniycha matnda Tarshish kemalari. 9:21 ning birinchi izohiga qarang. yasadilar. 37Shunda Morisholik Doʻdavahu oʻgʻli Eliazar Yohushafatga qarshi bashorat qilib: “Sen Oxoziyo bilan ittifoq tuzganing uchun, Egamiz bu kemalaringni buzib tashlaydi”, deb ogohlantirdi. Kemalar parchalanib, ular dengizga#20:37 dengiz — ibroniycha matnda Tarshish. Mazkur oʻrinda bu soʻz uzoq safarga chiqish va oʻzga yurtlarga borib, savdo–sotiq bilan shugʻullanishga ishora qiladi. 9:21 ning birinchi izohiga qarang. chiqishga muvaffaq boʻla olmadilar.

Currently Selected:

2 Solnomalar 20: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in