2 Solnomalar 19
19
19–BOB
Valiy Yohu Yohushafatga tanbeh beradi
1Yahudo shohi Yohushafat Quddusdagi saroyiga sogʻ–salomat qaytib keldi. 2Xonin oʻgʻli valiy Yohu shoh Yohushafat bilan uchrashgani borib, unga dedi:
— Qabihlarga yordam berib, Egamizdan nafratlanganlarni yaxshi koʻrish toʻgʻrimi? Qilgan bu ishing uchun Egamiz sendan gʻazablandi. 3Shunga qaramay, sen yaxshi ishlar ham qilgansan. Sen Asheraning#19:3 Ashera — 14:3 ning ikkinchi izohiga qarang. ustunlarini Yahudo yurtidan yoʻq qilgansan, butun yuraging bilan Xudoga intilishga qatʼiy qaror etgansan.
Shoh Yohushafatning islohotlari
4Yohushafat Quddusda yashar edi. Biroq u tez–tez xalq orasiga chiqib, janubdagi Bershebadan tortib, to shimoldagi Efrayim qirlarigacha borar edi. Butun xalqni ota–bobolarining Xudosiga — Egamizga yuz burishga daʼvat etardi. 5U Yahudodagi mustahkam shaharlarning har biriga hakamlar tayinlab, 6ularga shunday koʻrsatma berdi:
— Hukm qilishda ehtiyot boʻlinglar, chunki sizlar inson nomidan emas, balki Egamiz nomidan hukm qilasiz. Hukm qilayotganingizda U sizlar bilan birga boʻladi. 7Egamizdan qoʻrqing. Hukm chiqarganingizda ehtiyot boʻling, chunki Egamiz Xudo nohaqlikka, tarafkashligu poraga toqat qilmaydi.
8Egamizning qonuni bilan bogʻliq boʻlgan hukmlarni chiqarish va odamlar orasidagi munozaralarni yechish uchun Yohushafat Quddusda baʼzi levilarni, ruhoniylarni va Isroil urugʻboshilarini tayinladi. Ular Quddusda yashardilar. 9Yohushafat ularga shunday deb uqtirdi:
— Oʻz vazifangizni Egamizdan qoʻrqqan holda, sidqidildan, odilona bajaring. 10Boshqa shaharda istiqomat qiladigan birodarlaringiz oldingizga qotillik yoki qonun, amr, farmon, qoidalar bilan bogʻliq boʻlgan daʼvolar bilan kelsa, ularni ogohlantiring, toki ular Egamizga qarshi gunoh qilib qoʻymasinlar, oʻzlarining va sizning boshingizga Egamizning qahrini keltirmasinlar. Shunday qilsangiz, aybdan xoli boʻlasizlar. 11Sizlar Egamizning ishlari yuzasidan hamma hisobotni oliy ruhoniy Emoriyoga, shohning ishlari yuzasidan boʻlgan hisobotni esa Yahudo qabilasining boshligʻi Ismoil oʻgʻli Zabadiyoga berasizlar. Sud qarorlari amalga oshishini levilar nazorat qilib turadilar. Dadil boʻlinglar, toʻgʻri ish qilganga Xudo yor boʻlsin!
Currently Selected:
2 Solnomalar 19: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: