1 Shohlar 31
31
31–BOB
Shoul bilan oʻgʻillari halok boʻladilar
1Filistlar esa shu paytda Isroil lashkari bilan jang qilishayotgan edi. Isroil lashkari Filistlarning oldiga tushib qochdi, koʻplari Gilbova togʻida#31:1 Gilbova togʻi — Jalila koʻlidan qariyb 32 kilometr janubi–gʻarbda joylashgan. halok boʻldi. 2Endi Filistlar Shoul bilan uning oʻgʻillari ortidan tushdilar. Natijada Shoulning oʻgʻillari Yoʻnatan, Abunadav va Malkishuva oʻldirildi. 3Shoulning atrofida jang tobora avjiga chiqdi. Shu payt Filist kamonkashlari Shoulga qarata oʻq otdilar. Shoul ogʻir yaralandi. 4U qurolbardoriga:
— Qilichingni sugʻurgin–da, menga sanch, toki anavi sunnatsizlar kelib, menga qilich solib, xoʻrlamasinlar, — dedi. Lekin qurolbardori qoʻrqdi, Shoulning aytganini qilmadi. Shunda Shoul qilichini qinidan sugʻurib, oʻzini qilich ustiga tashladi. 5Qurolbardori ham Shoulning halok boʻlganini koʻrib, oʻzini qilichi ustiga tashlab, Shoul bilan birga oʻldi. 6Shunday qilib, Shoul, uning uchala oʻgʻli, qurolbardori va hamma sipohlari bir kundayoq halok boʻlishdi.
7Yizril vodiysining#31:7 Yizril vodiysi — Gilbova togʻidan shimoli–sharqda joylashgan. naryogʻida va Iordan daryosining sharq tomonida yashaydigan Isroil xalqi oʻz sipohlarining qochganini, Shoul bilan oʻgʻillari oʻlganini koʻrishdi–yu, shaharlarini tashlab qochishdi. Filistlar bu shaharlarga kelib oʻrnashib olishdi.
8Ertasi kuni Filistlar halok boʻlganlarni talon–taroj qilgani jang maydoniga kelishdi. Birdan ular Gilbova togʻida Shoul bilan uchala oʻgʻlining jasadi yotganini koʻrib qolishdi. 9Ular Shoulning boshini kesib, qurollarini olishdi. Filist yurti boʻylab xabarchilar joʻnatib, bu xushxabarni oʻz butxonalarida eʼlon qilib, xalqqa eshittirishdi. 10Shoulning qurol–aslahasini Ashtaret#31:10 Ashtaret — Kanʼondagi xalqlar sajda qilgan hosildorlik va urush xudosi boʻlib, ayol qiyofasida tasavvur qilingan. uyiga qoʻyishdi, jasadini esa Bayt–Shan shahrining devoriga qoqib qoʻyishdi.
11Filistlar Shoulni qanday ahvolga solganini Giladdagi Yobosh#31:11 Yobosh — 11:1-11 ga qarang. aholisi eshitib qoldi. 12Shunda hamma jasur yigitlar tun boʻyi yurib, Bayt–Shanga borishdi. Shoul bilan oʻgʻillarining jasadlarini Bayt–Shan devoridan olib, Yobosh shahriga keltirishdi va u yerda kuydirishdi. 13Suyaklarini yigʻishtirib, Yoboshdagi yulgʻun daraxti#31:13 yulgʻun daraxti — 22:6 ning ikkinchi izohiga qarang. tagiga dafn qilgach, yetti kun roʻza tutishdi#31:13 …yetti kun roʻza tutishdi — oʻsha davrdagi urf–odatlarga koʻra, azadorlar roʻza tutishardi..
Currently Selected:
1 Shohlar 31: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: