2 Shohlar Kirish
Kirish
“Shohlar (ikkinchi kitob)”ning koʻp qismi shoh Dovudning hukmronligi davrida yuz bergan voqealarning tarixidir. Mazkur kitobda shoh Dovudning qozongan zafarlari, amalga oshirgan ezgu ishlari, qilgan gunohlari va oʻsha gunohlarning oqibatlari haqida bayon qilinadi. Xudoga boʻlgan itoatkorlik baraka keltirishini, itoatsizlik esa jazo va kulfat keltirishini shoh Dovud hayotida yaqqol koʻrishimiz mumkin.
“Shohlar (birinchi kitob)” va “Shohlar (ikkinchi kitob)”ning asl nusxasi bitta ibroniycha kitob boʻlib, ikkala qismini bitta oʻramga joylash uzunlik qilgani uchun, kitob ikki qismga — “Shohlar (birinchi kitob)” va “Shohlar (ikkinchi kitob)”ga boʻlingan.
Shoh Shoulning oʻlimidan keyin Yahudo qabilasi Dovudni oʻzlariga shoh qilib tanlaydi. Qolgan barcha Isroil qabilalari esa Shoul oʻgʻli Ishbositni oʻzlariga shoh qiladilar. Dovud bilan Ishbosit oʻrtasida yetti yil urush boʻladi. Oxiri, Dovud jamiki Isroil va Yahudo yurtlarining shohi boʻladi.
Dovud Quddus shahrini Yobus xalqidan tortib olib, oʻz shohligining yangi poytaxti qiladi va Ahd sandigʻini bu yerga olib keladi. U Xudoga atab Maʼbad qurishni niyat qiladi, u yerni Ahd sandigʻi saqlanadigan bir joy qilmoqchi boʻladi. Lekin Xudo Dovudga bundan–da yuqori izzat–ikrom koʻrsatmoqchi boʻladi. U Dovudga, Men sen uchun bir xonadon yarataman, nomingni mashhur qilaman, sen qudratli hukmdor boʻlasan, sening nasling to abad shoh boʻladi, deb vaʼda beradi. Keyinchalik, Dovudning pushti kamaridan bino boʻlgan oʻgʻli Sulaymon Xudoga atab, Maʼbad quradi.
Dovud Isroilning dushmanlarini magʻlub qiladi va kuchli shohlikning hukmdori boʻladi. Shunga qaramay, u gunohga qoʻl uradi. Bu gunoh oqibatida Xudo Dovudga ogʻir kulfat keltiradi. Bu kulfatlarning aksariyati oʻz oilasi ichida yuz beradi.
Dovud benuqson inson emas edi–yu, lekin Xudoga sodiq boʻlib, yolgʻiz Unga sajda qilardi. Shuning uchun Xudo Dovudga iltifot koʻrsatadi, shohlik taxtingni to abad mustahkam qilaman, deya vaʼda berib, uning sulolasini barqaror qiladi.
Currently Selected:
2 Shohlar Kirish: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: