3 Shohlar 5
5
5–BOB
Sulaymon Egamizning uyini qurishga tayyorgarlik koʻradi
1Tir#5:1 Tir — Finikiyada muhim ahamiyatga ega boʻlgan shahar. Bu shahar Isroildan shimolda, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yer Livan mamlakatining janubiy hududini tashkil qiladi. shohi Xiram: “Sulaymonni otasining oʻrniga moy surtib shoh qilib koʻtarishibdi” degan xabarni eshitgach, aʼyonlarini uning huzuriga joʻnatdi. Xiram Dovudni doimo oʻziga doʻst deb bilardi#5:1 Xiram Dovudni doimo oʻziga doʻst deb bilardi — 2 Shohlar 5:11-12 ga qarang.. 2Sulaymon ham Xiram huzuriga aʼyonlarini joʻnatib, shu gaplarni aytib yubordi:
3“Siz bilasizki, otam doimo dushmanlariga qarshi jang qilish bilan band boʻlib, oʻzining Egasi Xudoga atab bir uy bunyod eta olmadi. Nihoyat, Egam otam Dovudning dushmanlarini uning oyoqlari ostiga tashladi. 4Egam Xudo endi menga har tarafdan osoyishtalik ato etdi: hozirda na gʻanimim bor, na hujum xavfi bor. 5Egam otam Dovudga: «Sendan keyin taxtga oʻgʻlingni oʻtqazganimda, Menga atab uyni u barpo qiladi», degan edi. Shuning uchun Egam Xudoga atab bir uy qurmoqqa qaror qildim. 6Endi siz amr bering, Lubnonda menga sadr daraxtlari kesib bersinlar. Mening odamlarim sizning odamlaringiz bilan birga ishlaydilar. Odamlaringizga siz soʻragan haqni beraman. Oʻzingiz bilasiz, daraxt kesishda Sidonlik odamlaringizga teng keladigan ustasi bizning oramizda yoʻq.”
7Xiram Sulaymon yuborgan xabarni eshitgach, juda xursand boʻlib, shunday dedi: “Oʻsha buyuk xalqni boshqarish uchun Egamiz Dovudga dono bir oʻgʻil ato qilibdi, Egamizga hamdu sanolar boʻlsin.” 8Keyin u Sulaymonga shunday xabar joʻnatdi:
“Menga aytib yuborgan gaplaringni eshitdim. Sadr va sarv daraxti kesishni soʻragan ekansan, ehtiyojingni qondiraman. 9Qarollarim yogʻochlarni Lubnondan dengizga sudrab keladilar. Qayerni tayin etsang, yogʻochlardan sol#5:9 sol — bir–biriga bogʻlanib, daryoda oqiziladigan yogʻochlar. Yogʻochni uzoq masofaga olib borish uchun eng qulay usul sol oqizish boʻlgan. qilib, dengiz sohili boʻylab oʻsha yerga keltirib beraman. U yerda sollarni yechdiraman, sen esa olib ketaverasan. Mening ehtiyojimni qondirib, odamlarim uchun oziq–ovqat berasan.”
10Shunday qilib, Xiram, Sulaymonning ehtiyojiga koʻra, sadr va sarv yogʻochlari berdi. 11Sulaymon esa, Xiramning odamlari isteʼmol qilsin deb, 200.000 togʻora#5:11 200.000 togʻora — ibroniycha matnda 20.000 kor, taxminan 4400 tonnaga toʻgʻri keladi. bugʻdoy va 40.000 koʻza#5:11 40.000 koʻza — qadimiy yunoncha tarjimadan. Oʻsha tarjimada 20.000 bat deb yozilgan, taxminan 440.000 litrga toʻgʻri keladi (yana 2 Solnomalar 2:10 ga va oʻsha oyatning ikkinchi izohiga qarang). Ibroniycha matnda 20 kor, taxminan 4400 litrga toʻgʻri keladi. toza moy berdi. U har yili Xiramga shuncha miqdorda bugʻdoy va moy berib turdi. 12Egamiz esa vaʼdasiga koʻra, Sulaymonga donishmandlik berdi. Xiram bilan Sulaymon oʻrtasida totuvlik paydo boʻlib, ular oʻzaro sulh tuzdilar.
13Shoh Sulaymon butun Isroildan 30.000 qarolni majburlab oldi. 14Navbati bilan oyiga 10.000 nafar qarolni Lubnonga joʻnatib turdi. Ular bir oy Lubnonda, ikki oy uyda boʻlishardi. Bu qarollarga Odoniram boshchilik qilardi. 15Yana Sulaymonning ogʻir yuk tashuvchi 70.000, qirlarda tosh kesadigan 80.000 odami bor edi. 16Bulardan tashqari, qarollarni nazorat qiladigan, ishning boshida turadigan 3300 nafar nazoratchi ham bor edi. 17Sulaymon amr bergach, ular Egamizning uyi poydevorini taroshlangan toshdan barpo qilish uchun yirik marmar toshlarni kesdilar. 18Sulaymonning odamlari, Xiramning odamlari, Gabolliklar#5:18 Gabol — Oʻrta yer dengizi boʻyidagi Finikiyaga qarashli shahar boʻlib, Sidon shahridan shimolda joylashgan edi. toshlarni yoʻndilar, nihoyat, Egamizning uyini qurish uchun daraxt va toshlarni hozirlab boʻldilar.
Currently Selected:
3 Shohlar 5: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020