3 Shohlar 4
4
4–BOB
Sulaymonning aʼyonlari
1Sulaymon butun Isroilning shohi edi. 2Uning qoʻli ostidagi aʼyonlar quyidagilar edi:
Zodoʻx oʻgʻli Ozariyo — ruhoniy,
3Shishoning oʻgʻillari Elixorut va Oxiyo — kotib,
Oxilud oʻgʻli Yohushafat — tarixnavis,
4Yohayido oʻgʻli Binayo — lashkarboshi,
Zodoʻx bilan Abuatar — ruhoniy,
5Natan oʻgʻli Ozariyo — hokimlarning nazoratchisi,
Natan oʻgʻli Zabud — ruhoniy va shohning maslahatchisi,
6Oxisar — saroy boshqaruvchisi,
Abdax oʻgʻli Odoniram — qarollarning boshligʻi edi.
7Sulaymonning oʻn ikkita hokimi boʻlib, ular Isroil hududlarini boshqarar, shohni va shoh xonadonini oziq–ovqat bilan taʼminlardilar. Har bittasi yiliga bir oy davomida shoh xonadoniga oziq–ovqat yetkazib berishi shart edi. 8Ularning ismlari quyidagicha edi:
Efrayim qirlarida — Banxur,
9Moxaz, Shalbim, Bayt–Shamash, Eloʻn–Bayt–Xanon degan shaharlarda — Bandaxor,
10Arboʻt va Soʻxu shaharlarida, butun Xafer oʻlkasida — Banxesed,
11Butun Nafoʻt–Doʻr#4:11 Nafoʻt–Doʻr — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Nafat–Doʻr. degan joyda — Banabunadav (Sulaymonning qizi Toʻfat Banabunadavning xotini edi),
12Tanax va Magidoʻ shaharlarida, butun Bayt–Shan hududida — Oxilud oʻgʻli Bano (bu joy Yizril etagidagi Zoraton shahridan Ovil–Maxla shahrigacha va Yoxmayom shahrining narigi tomoniga qadar boʻlgan yerlardir),
13Giladdagi Ramoʻt shahrida — Bangeber, shuningdek, Manashe oʻgʻli Yovir urugʻiga qarashli Gilad oʻlkasidagi qishloqlar, Bashan oʻlkasidagi Argob hududi, devor bilan oʻralgan va darvozasi bronza tamba bilan mustahkamlangan oltmishta katta shahar ham unga qarashli edi.
14Moxanayim yerlarida — Iddo oʻgʻli Oxinadav,
15Naftali hududida — Oximas (u Sulaymonning qizi Bosimatga uylangan edi),
16Osher hududida va Boloʻt shahrida — Xushay oʻgʻli Bano,
17Issaxor yerlarida — Paruvax oʻgʻli Yohushafat,
18Benyamin yerlarida — Ela oʻgʻli Shimax,
19Gilad oʻlkasida — Uri oʻgʻli Geber. Ilgari Gilad oʻlkasida Amor shohi Sixoʻn va Bashan shohi Oʻg hukmronlik qilishgan.
Yahudo yurtining oʻz hukmdori bor edi#4:19 Yahudo yurtining oʻz hukmdori bor edi — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda Yahudo soʻzi yoʻq..
Sulaymon hukmronligining ravnaq topishi
20Yahudo va Isroil xalqi shu qadar koʻp ediki, goʻyo dengiz qirgʻogʻidagi qumni eslatardi. Ular yeb–ichib, xursandchilik bilan yashardi. 21Sulaymon Furot daryosidan Filistlar yeriga va Misr chegaralariga qadar boʻlgan hamma oʻlkalarda shohlik qilardi. Bu oʻlkalardagi xalqlar Sulaymonga oʻlpon toʻlab, umr boʻyi unga tobe boʻldilar.
22Sulaymon xonadonining bir kunlik ozigʻi quyidagicha edi: 300 togʻora#4:22 300 togʻora — ibroniycha matnda 30 kor, taxminan 6,6 tonnaga toʻgʻri keladi. sifatli un va 600 togʻora#4:22 600 togʻora — ibroniycha matnda 60 kor, taxminan 13 tonnaga toʻgʻri keladi. kepakli un, 23ogʻilxonada boqilgan 10 ta semiz mol va yaylovda boqilgan 20 ta buqa, 100 ta qoʻy, bulardan tashqari, bugʻular, kiyiklar, ohular, semiz parrandalar.
24Furot daryosining gʻarbidagi Tifsaxdan Gʻazo shahriga qadar boʻlgan oʻlkalarda, daryoning gʻarb tomonidagi hamma shohlar ustidan Sulaymon hukmron edi. Atrofdagi hamma yurtlar bilan aloqasi yaxshi edi. 25Sulaymon hayotligida Dandan Bershebagacha boʻlgan Yahudo va Isroil yurtidagi har bir odam oʻz uzumzorida, oʻz anjir daraxti ostida tinchgina umr kechirardi.
26Sulaymonning otxonalarida jang aravalari uchun 4000#4:26 4000 — qadimiy yunoncha tarjimadan (yana 2 Solnomalar 9:25 ga qarang). Ibroniycha matnda 40.000. oti va 12.000 uchqur otlari bor edi. 27Oʻsha oʻn ikki hokimning har biri shoh Sulaymonni, shoh Sulaymonning dasturxonidan taom yeydiganlarning hammasini belgilangan oyda oziq–ovqat bilan taʼminlardi, birorta ham kamchilikka yoʻl qoʻyishmasdi. 28Har biri oʻzining navbati kelganda shoh tayinlagan yerga#4:28 …shoh tayinlagan yerga… — yoki …shoh Sulaymon turgan joyga…. jang aravalarining otlari va boshqa otlar uchun arpa, somon ham olib kelishardi.
29Shunday qilib, Xudo Sulaymonga dengiz qirgʻogʻidagi qum kabi cheksiz–chegarasiz donolik, idrok, tengsiz aql berdi. 30Sulaymonning donoligi butun sharq xalqlarining donoligidan, butun Misr xalqining donoligidan ham ortiq edi. 31U hamma insonlardan, Zerax urugʻidan boʻlgan Etxandan, Moxul oʻgʻillari Xaman, Qolkoʻl, Dardaxdan ham dono edi. Atrofdagi hamma xalqlar orasida uning dongʻi ketgan edi. 32U 3000 matal, 1005 ta qoʻshiqlar ijro etdi. 33U Lubnondagi sadr daraxtidan tortib, devorda oʻsgan issopgacha, qoʻyingki, jamiki dov–daraxtlar, hayvonlar, qushlar, sudralib yuruvchilar, baliqlar haqida soʻz yuritardi. 34Sulaymonning donoligi haqida eshitgan dunyodagi hamma shohlar uning oldiga odamlarini yuborardi. Barcha xalqlardan kelgan bu odamlar Sulaymonning donoligidan bahramand boʻlardi.
Currently Selected:
3 Shohlar 4: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020