3 Shohlar 20
20
20–BOB
Oram shohi bilan urush
1Oram shohi Banhadad#20:1 Banhadad — 15:18-20 da aytib oʻtilgan Banhadad boʻlmay, uning vorisi boʻlishi mumkin. butun lashkarini toʻpladi. Oʻttiz ikkita shoh oʻz otlari, jang aravalari bilan unga madad berdi. Banhadad Samariyani qamal qilib, bu shaharga urush boshladi. 2Banhadad shaharga — Isroil shohi Axab huzuriga choparlar joʻnatib, ular orqali shu xabarni yetkazdi:
— Banhadad aytmoqda: 3“Sening oltin–kumushlaring, eng sara xotinlaring, oʻgʻillaring meniki boʻladi.”
4— Siz aytganday boʻla qolsin, shoh hazratlari, — deb javob yoʻlladi Isroil shohi, — oʻzim ham, mening hamma narsam ham siznikidir.
5Banhadadning choparlari yana qaytib kelib, Axabga shu xabarni yetkazdilar:
— Banhadad aytmoqda: “Oltiningni, kumushingni, xotinlaringni va bolalaringni menga berasan, deb senga xabar bergan edim. 6Ertaga shu paytda qullarimni joʻnataman: ular saroyingni, aʼyonlaringning boshpanasini birma–bir koʻrib chiqib, koʻzingni quvnatib turgan qimmatbaho hamma narsalaringni olib ketadilar.”
7Isroil shohi yurt oqsoqollarini chaqirib, ularga aytdi:
— Oʻylab bir qaranglar, u odam qanday yomonlikni oʻylab topadi–ya. U xotinlarimni, oʻgʻillarimni, oltin–kumushlarimni soʻrab chopar joʻnatganda, men rad qilmagandim.
8Hammalari shohga:
— Quloq solmang uning gaplariga, rozi boʻlmang! — deb maslahat berdilar. 9Shunda Isroil shohi Banhadadning choparlariga shu gapni aytdi:
— Shoh hazratlariga shunday deb yetkazinglar: men unga oltinimni ham, kumushimni ham, hatto xotinlarim va bolalarimni ham berishga tayyorman, lekin bundan ortigʻiga rozi emasman.
Choparlar Banhadadga Axabning shu gapini olib keldilar. 10Banhadad Axabga yana choparlarini joʻnatib, quyidagi gapni yetkazdi:
— Samariyani yer bilan yakson qilaman, agar Samariyaning kuli orqamda yurgan mana shu odamlarimning har biriga bir hovuchdan yetib ortib qolsa, xudolar meni har qanday jazoga mubtalo qilsin, undan ham battarrogʻiga duchor qilsin.
11Isroil shohi ham Banhadadning gaplariga munosib javob berdi:
— Aytib qoʻying, shohingiz sovutini kiyishdan oldin emas, yechgandan keyin maqtansin.
12Banhadad ittifoqdosh shohlar bilan chodirda kayfu safo qilib oʻtirgan edi. U Axabning gapini eshitishi bilanoq: “Shaharga hujum qilgani tayyorlaning!” deb amr berdi. Uning odamlari shu zahoti shaharni qurshab oldi. 13Oʻsha payt Isroil shohi Axabning oldiga bir paygʻambar kelib, shu gaplarni aytdi:
— Egam shunday demoqda: “Ey Axab, anavi katta qoʻshinni koʻryapsanmi? Bugun oʻshalarni sening qoʻlingga beraman. Ana oʻshanda Egangiz Men ekanligimni bilasan.”
14— Kim orqali beradi? — deb soʻradi Axab.
— Viloyat hokimlarining pahlavonlari orqali beraman, deb aytmoqda Egam, — gapida davom etdi paygʻambar.
— Jangni kim boshlaydi? — yana soʻradi Axab.
— Sen, — dedi paygʻambar. 15Axab viloyat hokimlarining pahlavonlarini chaqirdi: ular 232 ta ekan. Keyin Isroil lashkarining hammasini chaqirdi, ular 7000 kishi chiqdi.
16Peshin vaqtida Isroil lashkari hujum qilib qoldi. Banhadad va shohlar, yaʼni unga yordam berayotgan oʻttiz ikki shoh chodirlarda ichib mast boʻlib yotgan ekan. 17Isroil lashkari tomonidan avval viloyat hokimlarining pahlavonlari chiqdilar. Banhadad choparlar joʻnatgan edi, choparlar: “Samariyadan odamlar chiqib kelyapti”, deb unga xabar yetkazdilar.
18— Ularni tiriklayin ushlanglar! Sulh tuzishga kelishyaptimi, jang qilishgami, farqi yoʻq! — deb amr berdi Banhadad.
19Viloyat hokimlarining pahlavonlari, ularning orqasidan esa lashkar shahardan chiqib kelib, 20har bir Isroil jangchisi bittadan Oramlik dushmanini oʻldirdi. Bundan sarosimaga tushgan Oram lashkari qochib qoldi. Isroil lashkari esa ularni quvlab ketdi. Oram shohi Banhadad ot ustida, otliqlar bilan birga qochib qutuldi. 21Isroil shohi kelib, otlarni, jang aravalarini yakson qilib tashladi. Shunday qilib, Oram lashkari qattiq magʻlubiyatga uchradi.
22Shundan keyin paygʻambar yana Isroil shohi yoniga kelib dedi:
— Bor, yana kuch toʻpla, nima qilishingni koʻrib–bilib ol. Yanagi bahorda Oram shohi senga xavf soladi.
Banhadad yana hujum qiladi
23Ayni paytda Oram shohiga ham aʼyonlari uqtirdilar:
— Ularning xudolari — togʻlar xudolaridir. Shuning uchun bu safar ularning qoʻli baland keldi. Agar ular bilan tekislikda jang qilsak, albatta biz gʻolib kelamiz. 24Endi shohimiz shunday qilsinlar: hukmdorlarning hammasini vazifalaridan chetlatsinlar. Ularning oʻrniga lashkarboshilarini tayinlasinlar. 25Qancha lashkar, ot, jang aravasi yoʻqotgan boʻlsalar, oʻshancha lashkar, ot, jang aravalari toʻplab, qoʻshin tashkil qilsinlar. Keyin Isroil lashkari bilan tekislikda jang qilib, albatta ularni magʻlub etamiz.
Oram shohi aʼyonlarining maslahatini inobatga olib, ular aytganday qildi.
26Keyingi yil bahorda Banhadad Isroil bilan urishish uchun otlandi. U Oram lashkarini yigʻib, Ofoq shahriga#20:26 Ofoq shahri — Jalila koʻlining sharq tomonida joylashgan boʻlishi mumkin. olib chiqdi. 27Isroil lashkari ham yigʻilib, oziq–ovqat toʻpladi. Soʻng Oram lashkari bilan jang qilish uchun joʻnab ketdi. Isroil lashkari Oram lashkarining roʻparasida qarorgoh qurdi. Oram lashkari yurtni bosib ketgan, Isroil lashkari esa ularning oldida ikkita kichkina echki galasichalik kelardi, xolos.
28Shunda paygʻambar Isroil shohi yoniga kelib, unga shu xabarni bayon qildi:
— Egam shunday aytmoqda: “Modomiki, Oram lashkari, Isroil xalqining Egasi tekislik xudosi emas, togʻlar xudosidir, deb aytayotgan ekanlar, Men mana shu katta qoʻshinning hammasini sening qoʻlingga beraman. Shunda Egangiz Men ekanligimni bilasizlar.”
29Bir–biri bilan dushmanlashgan ikkala tomon yetti kun qarorgohda kutib yotdilar. Nihoyat, yettinchi kuni jang boshlandi. Isroil lashkari bir kunda Oram lashkaridan 100.000 kishini qirib tashladi. 30Qolganlari Ofoqqa — shahar ichkarisiga qochib kirgan edilar, 27.000 tasini devor bosib qoldi. Banhadad ham shaharga qochib borib, bir uyning eng ichkari xonasiga kirib oldi. 31Aʼyonlari unga:
— Isroil shohlari rahmdil shohlardir, deb eshitgan edik, — dedilar. — Qani, endi egnimizga qanor kiyib, boʻynimizga arqon bogʻlaylik–da#20:31 …egnimizga qanor kiyib, boʻynimizga arqon bogʻlaylik–da… — qanor dagʻal qoramtir mato boʻlib, echki yoki tuya junidan toʻqilgan. Qanor kiyib olish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi. Boʻyinga arqon bogʻlash esa qullarcha bosh egishning ramzi edi. Bu bilan ular Axabga asir boʻlishga ham rozilik bildirayotgan edilar., keyin Isroil shohi huzuriga boraylik. Shoyad u sizning bir qoshiq qoningizdan kechsa.
32Hamma aʼyonlar egnilariga qanor kiyib, boʻyinlariga arqon bogʻlab, Isroil shohi huzuriga keldilar.
— Qulingiz Banhadad: “Oʻtinaman, shoh meni oʻldirmasin”, deb iltijo qilyapti, — dedilar.
— U hozir tirikmi? Axir, u mening akam–ku! — dedi Axab.
33Bu odamlar bir alomat kutayotgan edilar. Uning gapini darrov ogʻzidan ilib olib:
— Ha, Banhadad — akangiz, — dedilar.
— Boringlar, uni olib kelinglar, — deb buyurdi Axab.
Banhadad Axabning yoniga keldi. Axab uni aravaga oʻtqazdi.
34— Mening otam sening otangdan tortib olgan shaharlarni qaytarib beraman, — dedi Banhadad Axabga. — Otam Samariyada bozorlar barpo qilgan edi, xuddi shu singari, sen ham Damashqda oʻzing uchun bozorlar barpo qilasan.
— Sulh tuzganimizdan keyin men seni ozod qilaman, — dedi Axab ham oʻz navbatida. U Banhadad bilan sulh tuzgach, Banhadadni ozod qildi.
Bir paygʻambar Axabga qarshi gapiradi
35Paygʻambarlar guruhidan bittasi boshqasiga:
— Meni ur! — dedi. Paygʻambar Egamizning amri boʻyicha ish tutayotgan edi. Lekin sherigi paygʻambarni urishni istamadi. 36Paygʻambar sherigiga shunday dedi:
— Modomiki, sen Egamizning amriga quloq solmadingmi, endi koʻrasan, yonimdan ketishing bilanoq, seni sher gʻajib tashlaydi.
U odam paygʻambarning yonidan ketib, sherga duch kelib qoldi. Sher uni tilka–pora qilib tashladi.
37Paygʻambar boshqa bir odamni uchratib qolib, unga ham:
— Meni ur! — dedi. U odam paygʻambarni urib, jarohat yetkazdi. 38Paygʻambar nariroq borib koʻzlarini yopinchiq bilan toʻsib, qiyofasini oʻzgartirdi va yoʻl boʻyida shohni kuta boshladi. 39Shoh oʻtib ketayotgan edi, paygʻambar unga qarab baqirdi:
— Ey shohim, men, qulingiz, jangga borgan edim. Qarangki, orqadan bir odam mening yonimga boshqa odamni boshlab kelib: “Bu asirni mahkam ushla, qochib ketmasin, boshing bilan javob berasan yoki evaziga ikki pud#20:39 ikki pud — ibroniycha matnda bir talant, taxminan 34 kiloga toʻgʻri keladi. kumush berasan”, dedi. 40Men, qulingiz, u–bu ishlar bilan mashgʻul boʻlib turganimda, asir gʻoyib boʻldi.
— Sen oʻzingga oʻzing hukm chiqarib qoʻyibsan–ku, — dedi Isroil shohi paygʻambarga.
41Paygʻambar shu zahoti koʻzidan yopinchiqni oldi. Shoh bildiki, u paygʻambarlardan biri ekan. 42Paygʻambar shohga dedi:
— Egamiz shunday aytmoqda: “Modomiki, Men oʻlimga mahkum etgan odamni sen qoʻlingdan chiqarib yuborgan ekansan, uning joni evaziga sening joningni olaman, uning xalqi oʻrniga sening xalqingni jazolayman.”
43Gʻazablangan Isroil shohi xafahol uyiga joʻnab, Samariyaga yetib keldi.
Currently Selected:
3 Shohlar 20: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: