3 Shohlar 21
21
21–BOB
Navoʻtning uzumzori
1Voqealar ketidan voqealar yuz beraverdi.
Yizril shahrida, Samariya shohi Axabning saroyi yonida shu yerlik Navoʻt degan odamning uzumzori bor edi.
2— Uzumzoringni menga ber, men u yerni poliz qilaman, — dedi Axab Navoʻtga. — Uzumzoring mening uyimga yaqin. Oʻsha joyning oʻrniga men senga undan ham yaxshiroq uzumzor beraman. Istasang, bahosini ayt, kumush berayin.
3— Otalarimdan qolgan merosni#21:3 Otalarimdan qolgan meros… — Musoning qonuniga koʻra, yer dastlabki egasining avlodlariga mulk boʻlib qolar edi. sizga beramanmi?! Xudo saqlasin, — deb javob qaytardi Navoʻt Axabga.
4Yizrillik Navoʻtning: “Otalarimdan qolgan merosni sizga beramanmi?!” degan gapidan Axab gʻazablandi, xafahol uyiga keldi. Non ham yemay oʻringa kirib, teskari qarab yotaverdi. 5Xotini Izabel Axabning yoniga kelib, undan: “Nega ruhingiz tushkun, non ham yemadingiz?” deb soʻradi. 6Axab boʻlib oʻtgan voqeani aytib berdi:
— Yizrillik Navoʻtga: “Uzumzoringni menga sot, kumush beraman, yoki istasang uning oʻrniga senga boshqa uzumzor beray”, desam, u: “Uzumzorimni sizga bermayman”, deb javob qildi.
7— Siz Isroil shohimisiz oʻzi?! — dedi Izabel Axabga. — Turing oʻrningizdan, non–pon yeb oling. Koʻnglingizni chogʻ qilavering. Yizrillik Navoʻtning uzumzorini sizga men olib beraman.
8Izabel Axab nomidan maktublar yozdi, Axabning muhri bilan tasdiqladi. Maktublarni Navoʻt yashayotgan shaharning oqsoqollariga, aslzodalariga yubordi. 9Maktub quyidagi mazmunda bitilgan edi:
“Roʻza eʼlon qilinglar. Xalqni toʻplab, Navoʻtni toʻrga — hammaga koʻrinadigan joyga oʻtqazib qoʻyinglar. 10Uning roʻparasiga esa ikkita yaramas odam oʻtirsin. Ular: «Ey Navoʻt, sen Xudoni va shohni haqorat qilding», deb Navoʻtni ayblasinlar. Keyin uni tashqariga olib chiqib, toshboʻron qilib oʻldiringlar.”
11Navoʻt istiqomat qiladigan shahardagi odamlar, aslzodalar va oqsoqollar hammasini Izabel buyurganiday qildilar. 12Avval roʻza eʼlon qildilar. Keyin xalqni toʻplab, Navoʻtga toʻrdan joy berdilar. 13Ikkita#21:13 Ikkita — qonunga koʻra aybni tasdiqlash uchun kamida ikkita guvoh talab qilinardi (Qonunlar 17:6-7 ga qarang). yaramas odam kelib, Navoʻtning roʻparasiga oʻtirdi. Ular xalqning oldida: “Navoʻt Xudoni va shohni haqorat qildi#21:13 …Xudoni…haqorat qildi — Xudoni haqorat qilish ogʻir jinoyat boʻlib, jazosi oʻlim edi (Chiqish 22:28, Levilar 24:10-16 ga qarang).”, deb Navoʻtga ayb qoʻyishdi. Shundan soʻng Navoʻtni shahar tashqarisiga olib chiqib, toshboʻron qilib oʻldirdilar.
14Oqsoqollar va aslzodalar: “Navoʻt toshboʻron qilib oʻldirildi”, deb Izabelga xabar berdilar.
15Izabel Navoʻtning toshboʻron qilib oʻldirilganini eshitgan zamon Axabga dedi:
— Yizrillik Navoʻt uzumzorini sizga kumushga ham sotmagan edi. Boring endi, uning oʻsha uzumzorini oʻzingizning mulkingizga qoʻshib oling. Navoʻt endi yoʻq. U oʻlibdi.
16Axab Navoʻtning oʻldirilganini eshitdi–yu: “Tezroq borib, Yizrillik Navoʻtning uzumzorini oʻzimga mulk qilib olay”, deb harakatga tushdi.
17Oʻsha payt Tishba shahridan boʻlgan Ilyosga Egamiz shu soʻzlarni ayon qilgan edi: 18“Bor, Samariyada oʻtirgan Isroil shohi Axabni kutib olish uchun chiq. U hozir Navoʻtning uzumzorida, oʻsha uzumzorni oʻziga mulk qilib olmoqchi boʻlib, u yerga keldi. 19Axabga shu gaplarni yetkaz: «Egam shunday aytmoqda: Navoʻtni oʻldirib, uning mulkini oʻzingga olmoqchimisan?! Navoʻtning qonini koʻppaklar yalagan yerda sening qoningni ham koʻppaklar yalaydi.»”
20— Ha, dushmanim, meni bu yerga ham topib keldingmi? — dedi Axab Ilyosga.
— Ha, topib keldim, — dedi Ilyos, — sen Egamiz oldida qabihliklarga rosa mukkangdan ketding. 21Egamizning gapi shunday: “Boshingga balo yogʻdiraman, seni ildizingdan quritaman. Isroildagi senga qarashli erkak zotini, xoh qul boʻlsin, xoh ozod boʻlsin, qirib tashlayman. 22Isroilni gunohga botirib, Men, Egangni gʻazablantirganing uchun sening xonadoningni Nabat oʻgʻli Yeribomning xonadoni koʻyiga, Oxiyo oʻgʻli Bashoning xonadoni koʻyiga solaman.” 23Egamiz Izabel haqida ham aytdi: “Yizril devori ichkarisida Izabel koʻppaklarga yem boʻlar.” 24Ey Axab, xonadoningdan boʻlgan odam shaharda oʻlsa koʻppaklarga yem boʻlar, qirda oʻlsa koʻkdagi qushlarga yem boʻlar.
25Shu paytgacha hech kim Axab singari, Egamiz oldida qabihliklarga mukkasidan ketmagan edi. Xotini Izabel esa uni gijgijlab turar edi. 26Axab, Amor xalqi singari, butlarga ergashib, koʻp qabihliklar qilgan edi. Amor xalqini esa gunoh ishlari uchun Egamiz u yurtdan haydab, yurtni Isroil xalqiga bergan edi.
27Axab Ilyosning aytganlarini eshitib, qaygʻudan kiyimlarini yirtdi, qanor kiyib oldi va roʻza tutdi#21:27 …qaygʻudan kiyimlarini yirtdi, qanor kiyib oldi va roʻza tutdi — qanor dagʻal qoramtir mato boʻlib, echki yoki tuya junidan toʻqilgan. Kiyimlarni yirtish, qanor kiyib olish va roʻza tutish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi. Koʻpincha bu harakat Xudodan kechirim soʻrab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan.. Hatto uxlaganda ham qanorni yechmadi, doimo gʻamgin yurdi. 28Shundan keyin Ilyosga Egamiz shu soʻzlarni ayon qildi: 29“Koʻrdingmi, Axab tavba qilib, Mening oldimda qanday moʻmin boʻlib qoldi! U Menga itoat qilgani uchun hayoti davomida boshiga balo keltirmayman. Oʻgʻli shoh boʻlgandan soʻng, uning xonadoniga balo–qazo yogʻdiraman.”
Currently Selected:
3 Shohlar 21: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: