3 Shohlar 10
10
10–BOB
Shava malikasining tashrifi
1Shava#10:1 Shava — bu yurt Arabiston yarim orolining janubi–gʻarb tomonida boʻlgani ehtimoldan holi emas. malikasi Sulaymonning dongʻini, Egamizga atab qilgan ishlarini eshitgach, Sulaymonning huzuriga keldi. U Sulaymonga topishmoqlar aytib sinab koʻrmoqchi edi. 2Malika Quddusga juda koʻp miqdorda oltin va qimmatbaho toshlar, xushboʻy ziravorlar yuklangan katta karvonni boshlab keldi.
Malika Sulaymonning huzuriga kirgach, koʻnglida nima boʻlsa, hammasini unga aytdi. 3Sulaymon malikaning hamma savollariga javob berdi, malikaning bironta savoliga javob berishda qiynalmadi. 4Shava malikasi Sulaymonning donoligini, u qurgan saroyni, 5dasturxonidagi noz–neʼmatlarni, xizmatkorlarining yashash sharoitlarini, shoh soqiylariyu#10:5 soqiy — shohga oʻz qoʻli bilan sharob quyadigan, saroyda yuqori martabaga ega boʻlgan, ishonchga loyiq aʼyon. Shuningdek, u shoh uchun sharob tanlashi va uni tatib koʻrib, zaharli emasligiga ishonch hosil qilishi kerak edi. bakovullarini#10:5 bakovul — saroyda shoh uchun tayyorlanadigan maxsus taomni tatib koʻruvchi va ovqat tayyorlash ishlarini nazorat qiluvchi mansabdor shaxs. hamda ularning xizmat liboslarini, Egamizning uyida shoh Sulaymon kuydirib, nazr qilgan qurbonliklarni koʻrdi. Malika gʻoyat hayratlanib, 6shohga dedi:
— Sizning ishlaringiz, donoligingiz haqida yurtimda eshitganlarim toʻgʻri ekan. 7Kelib oʻz koʻzlarim bilan koʻrmagunimcha, gap–soʻzlarga ishonmagan edim. Menga hatto yarmini ham aytishmagan ekan. Men eshitgandan ham koʻra, donoroq ekansiz, boyligingiz ham juda koʻp ekan. 8Naqadar baxtiyordir odamlaringiz! Omadlidir xizmatkorlaringiz! Ular doimo huzuringizda boʻlib, donoligingizdan bahra olishar. 9Sizdan mamnun boʻlib, Isroil taxti uzra oʻtqazgan Egangiz Xudoga hamdu sanolar boʻlsin. U Isroilni to abad sevgani uchun adolat va toʻgʻrilik bilan hukm etsin deb, sizni shoh qilgan ekan.
10Malika Sulaymonga 250 pud#10:10 250 pud — ibroniycha matnda 120 talant, taxminan 4 tonnaga toʻgʻri keladi. oltin, behisob xushboʻy ziravorlar, qimmatbaho toshlar hadya qildi. Hech kim shoh Sulaymonga oldin ham, keyin ham Shava malikasi berganchalik xushboʻy ziravorlar hadya qilmagan edi.
11Xiramning Ofirdan oltin olib kelgan kemalari juda koʻp sandal daraxti yogʻochlari va qimmatbaho toshlar ham keltirgandi. 12Shoh oʻsha yogʻochlardan Egamizning uyi uchun ham, shoh saroyi uchun ham jihozlar, musiqachilar uchun lira va arfalar yasattirgandi. Bugungacha bunaqa sandal daraxti yogʻochlari keltirilmagan va hech kim koʻrmagan edi.
13Shoh Sulaymon Shava malikasiga istaganini va soʻraganining hammasini muhayyo qildi. Bundan tashqari, malikaga koʻngildan chiqarib hadyalar inʼom etdi. Shundan keyin malika hamma odamlarini ergashtirib, oʻz yurtiga joʻnab ketdi.
Shoh Sulaymonning boyligi
14Har yili Sulaymonga kelib turadigan oltinning ogʻirligi 1425 pud#10:14 1425 pud — ibroniycha matnda 666 talant, taxminan 23 tonnaga toʻgʻri keladi. edi. 15Odamlarning oldi–sotdisidan, savdogarlar tijoratidan olinadigan soliq va butun Arab shohlaridan, Isroildagi viloyat hokimlaridan olinadigan oʻlpon bunga kirmasdi.
16Shoh Sulaymon oltindan ikki yuzta katta qalqon yasattirdi. Har bir qalqonni yasashga yarim pud#10:16 yarim pud — ibroniycha matnda olti yuz shaqal, taxminan 8,5 kiloga toʻgʻri keladi. oltin sarf boʻldi. 17Yana oltindan uch yuzta kichik qalqon ham yasattirdi. Har bir qalqon uchun 400 misqol#10:17 400 misqol — ibroniycha matnda 3 mina, taxminan 1,7 kiloga toʻgʻri keladi. oltin sarf boʻldi. Shoh bu qalqonlarni “Lubnon oʻrmoni” degan uyiga#10:17 “Lubnon oʻrmoni” degan uyi — 7:2 ning birinchi izohiga qarang. qoʻydi.
18U yana fil suyagidan katta taxt yasatib, uni toza oltin bilan qoplatdi. 19Taxtning oltita pogʻonasi boʻlib, suyanchigʻining yuqorisi orqaga qayrilgan, oʻrindigʻining ikki tomonida tirsagi bor edi. Tirsaklarning yonida ikkita sher tasviri turardi. 20Har bir pogʻonaning ikki chekkasida ham bittadan sher tasviri boʻlib, taxtning olti pogʻonasida jami oʻn ikkita sher tasviri bor edi. Bunday taxt boshqa birorta shohlikda boʻlmagan edi.
21Shoh Sulaymonning ichimlik ichadigan hamma idishlari oltindan, “Lubnon oʻrmoni” degan uyidagi hamma idishlar ham toza oltindan boʻlib, birorta ham buyum kumushdan yasalmagan edi. Sulaymon davrida kumush arzimas narsa boʻlib qolgandi. 22Dengizda, Xiramning kemalari qatorida, Sulaymonning ham savdo kemalari boʻlib, bu kemalar har uch yilda oltin, kumush, fil suyagi, turli–tuman maymunlar#10:22 turli–tuman maymunlar — yoki maymunlar va tovuslar. olib qaytardi. 23Shunday qilib, Sulaymon boylikda ham, donolikda ham yer yuzidagi hamma shohlardan oʻtib ketdi. 24Sulaymonga Xudo bergan donolikni eshitmoq uchun butun dunyo uning oldiga kelgani oshiqardi. 25Kelganlarning har biri kumush va oltin idishlar, kiyim, qurol–aslaha, xushboʻy ziravorlar, ot va xachirlar hadya qilib olib kelar edi. Bunday hol yillab davom etardi.
26Sulaymon jang aravalari va otlarni toʻpladi. Uning 1400 ta jang aravasi va 12.000 ta oti bor edi. Sulaymon bularning bir qismini jang aravalari saqlanadigan shaharlarga va bir qismini Quddusga — oʻzining yoniga joylashtirdi. 27Uning hukmronligi davrida Quddusda kumush koʻchadagi toshday koʻp edi. Sadr yogʻochlari ham xuddi Yahudo qir etaklarida oʻsadigan oddiy shikamora–anjir daraxtiday#10:27 shikamora–anjir daraxti — anjirning qadimgi Yaqin Sharqda keng tarqalgan bir turi. Kattaligi yongʻoq daraxtiday, barglari esa tut barglariga oʻxshash boʻlib, yil davomida bir necha bor hosil beradigan sersoya daraxt. serob edi. 28Shohning savdogarlari Misrdan#10:28 Misr — yoki Muzur, Quvega yondosh boʻlgan hudud (shu bobning 29–oyatida ham bor). Bu ikkala hudud hozirgi Turkiyaning janubi–gʻarbida joylashgan boʻlib, shoh Sulaymon davrida yilqichilikning markazi edi. va Quvedan Sulaymon uchun otlar olib kelishardi. Ular otlarni Quvedan sotib olishardi. 29Misrdan keltirilgan har bir jang aravasi uchun 600 kumush tanga#10:29 600 kumush tanga — ibroniycha matnda 600 shaqal kumush, taxminan 7 kiloga toʻgʻri keladi., har bir ot uchun 150 kumush tanga#10:29 150 kumush tanga — ibroniycha matnda 150 shaqal kumush, taxminan 1,7 kiloga toʻgʻri keladi. toʻlashardi. Soʻng bularni barcha Xet shohlariga va Oram shohlariga sotishardi.
Currently Selected:
3 Shohlar 10: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020