1 Solnomalar 5
5
5–BOB
Ruben nasli
1Ruben Yoqubning#5:1 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang). toʻngʻich oʻgʻli edi. Ammo u otasining toʻshagini bulgʻagani uchun#5:1 …u otasining toʻshagini bulgʻagani uchun… — Ibtido 35:22, 49:3-4 ga qarang., toʻngʻichlik huquqi#5:1 toʻngʻichlik huquqi — qadimgi Isroilda toʻngʻich oʻgʻilga merosning katta qismi va otasining butun xonadonini boshqarish huquqi berilar edi. Yusufning oʻgʻillariga berilgan edi. Shu sababdan Ruben nasabnomada toʻngʻich sifatida roʻyxatda yoʻq. 2Rubenning ukasi Yahudo aka–ukalari orasida eng kuchlisi boʻlib, yoʻlboshchi uning qabilasidan chiqdi#5:2 …yoʻlboshchi uning qabilasidan chiqdi — shoh Dovud nazarda tutilgan.. Lekin shunga qaramay, toʻngʻichlik huquqi Yusufniki boʻldi. 3Ruben toʻrt oʻgʻil koʻrdi. Ularning ismlari Xanoʻx, Palluv, Xazron va Karmi edi.
4Yoʻelning nasli quyidagilardan iborat edi: Yoʻelning oʻgʻli — Shamayo, Shamayoning oʻgʻli — Goʻg, Goʻgning oʻgʻli — Shimax, 5Shimaxning oʻgʻli — Mixo, Mixoning oʻgʻli — Rayo, Rayoning oʻgʻli — Baal 6va Baalning oʻgʻli — Berax. Ossuriya shohi Tigʻlatpilasar#5:6 Tigʻlatpilasar — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Tigʻlatpilnasar (shu bobning 26–oyatida ham bor). Tigʻlatpilasar miloddan oldingi 745-727 yillarda Ossuriyada hukmronlik qilgan. Shu bobning 26–oyatiga va 4 Shohlar 15:29 ga qarang. Beraxni asir qilib, olib ketgan edi. Berax Ruben qabilasining yoʻlboshchisi edi.
7Ruben qabilasining quyidagi urugʻboshilari ham nasabnoma roʻyxatida qayd etilgan: Yaviyol, Zakariyo 8va Belax. Belax Azazning oʻgʻli, Shemaning nevarasi va Yoʻelning evarasi edi. Ular Aror shahrida hamda shimoldagi Navo va Baal–Miyonga qadar choʻzilgan yerlarda yashadilar. 9Ularning Gilad oʻlkasidagi podasi haddan tashqari koʻp boʻlgani uchun, ular sharqdagi sahrogacha boʻlgan hamma yerlarni egallab olgan edilar. Bu sahro Furot daryosigacha choʻzilgan edi.
10Ruben nasli shoh Shoul davrida Hojar urugʻiga qarshi urush ochdi. Ularni magʻlub qilib, Giladning sharqidagi hamma yerlarini egallab oldi.
Gad nasli
11Gad qabilasi Bashan oʻlkasida, Ruben qabilasining shimolida yashagan edi. Ularning hududi Salko shahriga qadar choʻzilgandi. 12Yoʻel Bashanda yoʻlboshchi edi, uning oʻng qoʻl yordamchisi Shofom edi, Yanay va Shofot urugʻboshilar edilar.
13Gad qabilasining qolgan aʼzolari quyidagi yetti uruqqa tegishli edi: Mikoyil, Mashullom, Sheba, Yoʻray, Yaqan, Ziya va Ibir. 14Bular Abuhayilning oʻgʻillari boʻlib, ularning yettinchi avlodigacha boʻlgan ajdodlari quyidagilar edilar: Xuri, Yoroʻvax, Gilad, Mikoyil, Yashishay, Yaxdu va Buz. 15Goʻnoning nevarasi, Abdil oʻgʻli Oxi bu urugʻlarning yoʻlboshchisi edi.
16Gad qabilasi Giladda, Bashanda va oʻsha yerdagi shaharlarda hamda Sharondagi butun yaylovlarda istiqomat qilardi.
17Bu maʼlumotlarning hammasi Yahudo shohi Yoʻtom va Isroil shohi Yorubom hukmronligi davrida nasabnomaga kiritilgandi.
Iordan sharqidagi qabilalar lashkari
18Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasi yarmining#5:18 Manashe qabilasi yarmi — Iordan daryosining sharq tomonida oʻrnashgan qabilaning yarmi nazarda tutilgan (Yoshua 13:8, 29-31 ga qarang). Qabilaning ikkinchi yarmi Iordan daryosining gʻarb tomonidagi Kanʼon yurtida oʻrnashgan edi (Yoshua 22:7 ga qarang). 44.760 nafar jangga tayyor, mohir sipohlari bor edi. Bu sipohlar kamonkashlar boʻlib, qilich va qalqon bilan ham qurollangan edilar. 19Ular Hojar urugʻiga, Yatur, Nofish va Nadav qabilalariga hujum qildilar. 20Jang paytida bu sipohlar Xudoga iltijo qildilar. Ular Xudoga ishonganlari uchun Xudo iltijolariga javob berib, Hojar urugʻini va barcha ittifoqchilarini ularning qoʻliga berib, magʻlub qildi. 21Ular dushmanning chorvasidan 50.000 ta tuya, 250.000 ta qoʻy, 2000 ta eshakni oʻlja oldilar va 100.000 odamni asir qildilar. 22Gʻanimning koʻpchiligi jangda qirilib ketgandi, chunki Xudoning Oʻzi ularga qarshi jang qilgan edi. Ruben va Gad qabilalari hamda Manashe qabilasining yarmi surgungacha#5:22 surgun — shu bobning 26–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang. oʻsha yerlarda yashab qoldilar.
Iordan sharqidagi Manashe qabilasining yarmi
23Manashe qabilasining yarmi Sanir, yaʼni Xermon togʻidagi Baal–Xermonga qadar choʻzilgan Bashan oʻlkasida joylashib, koʻpaydi. 24Qabilaning urugʻboshilari quyidagilar edi: Ifar, Yishi, Eliyol, Ozriyol, Yeremiyo, Xoʻdaviyo va Yaxdiyol. Ular bahodir jangchilar boʻlib, oʻz urugʻlarining mashhur boshliqlari edilar.
Iordan sharqidagi qabilalar surgun qilinadi
25Ruben va Gad qabilalari hamda Manashe qabilasining yarmi ota–bobolarining Xudosiga qarshi gunoh qildilar. Ular Xudoga bevafolik qilib, Xudo qirib yuborgan oʻsha yurtdagi xalqlarning xudolariga sigʻina boshladilar. 26Shuning uchun Isroil xalqining Xudosi Ossuriya shohi Poʻlni, yaʼni Tigʻlatpilasarni yuborib, Ruben, Gad qabilalarini va Manashe qabilasining yarmini magʻlub qildi. Shoh Tigʻlatpilasar ularni asir olib, Xalax, Xavor va Xara hududlariga hamda Gozan daryosining boʻylariga surgun qildi#5:26 Shoh Tigʻlatpilasar ularni…surgun qildi — bu hodisalar taxminan miloddan oldingi 733 yilda roʻy bergan. Tigʻlatpilasar miloddan oldingi 745-727 yillarda Ossuriyada hukmronlik qilgan.. Ular bugungacha oʻsha yerlarda istiqomat qilib kelyaptilar.
Currently Selected:
1 Solnomalar 5: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: