YouVersion Logo
Search Icon

1 Solnomalar 6

6
6–BOB
Oliy ruhoniylar xonadonining shajarasi
1Levining oʻgʻillari Gershon, Qohot va Marori edi.
2Qohotning oʻgʻillari Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol edi.
3Imromning Horun va Muso ismli ikki oʻgʻli va Maryam ismli bir qizi bor edi.
Horunning oʻgʻillari Nadov, Abihu, Elazar va Itamar edi.
4Elazardan Finxaz tugʻildi, Finxazdan Abushuva tugʻildi, 5Abushuvadan Bukki tugʻildi, Bukkidan Uzzi tugʻildi, 6Uzzidan Zaraxiyo tugʻildi, Zaraxiyodan Maroyoʻt tugʻildi, 7Maroyoʻtdan Emoriyo tugʻildi, Emoriyodan Oxitob tugʻildi, 8Oxitobdan Zodoʻx tugʻildi, Zodoʻxdan Oximas tugʻildi, 9Oximasdan Ozariyo tugʻildi, Ozariyodan Yoʻxanon tugʻildi, 10Yoʻxanondan Ozariyo tugʻildi. Shoh Sulaymon Quddusda qurgan Maʼbadda#6:10 Maʼbad — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi uy. Ozariyo ruhoniy boʻlib xizmat qilgan edi. 11Ozariyodan Emoriyo tugʻildi, Emoriyodan Oxitob tugʻildi, 12Oxitobdan Zodoʻx tugʻildi, Zodoʻxdan Shallum tugʻildi, 13Shallumdan Xilqiyo tugʻildi, Xilqiyodan Ozariyo tugʻildi, 14Ozariyodan Sarayo tugʻildi, Sarayodan Yohuzadax tugʻildi.
15Egamiz shoh Navuxadnazar orqali Yahudo va Quddus xalqini surgun qilganda#6:15 Egamiz shoh Navuxadnazar orqali Yahudo va Quddus xalqini surgun qilganda… — 4 Shohlar 24:8-17, 25:1-21 ga qarang., Yohuzadax ham badargʻa boʻlgan edi.
Levining boshqa nasli
16Levining oʻgʻillari Gershon, Qohot va Marori edi.
17Gershonning oʻgʻillari ismi Lubnax va Shimax edi.
18Qohotning oʻgʻillari Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol edi.
19Marorining oʻgʻillari Maxli va Mushi edi.
Ota xonadoniga koʻra, roʻyxatga olingan Levi urugʻlari quyidagilardan iborat edi:
20Gershon nasli quyidagilar edi: Gershondan Lubnax tugʻildi, Lubnaxdan Yaxat tugʻildi, Yaxatdan Zimmo tugʻildi, 21Zimmodan Yoʻx tugʻildi, Yoʻxdan Yiddo tugʻildi, Yiddodan Zerax tugʻildi, Zeraxdan Yotaray tugʻildi.
22Qohotning nasli quyidagilar edi: Qohotdan Ominadav tugʻildi, Ominadavdan Koʻrax tugʻildi, Koʻraxdan Asir tugʻildi, 23Asirdan Elqana tugʻildi, Elqanadan Abuasaf#6:23 Abuasaf — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Ebuasaf (shu bobning 37–oyatida ham bor). Uning Abuasaf degan shakli Chiqish 6:24 dan olingan. tugʻildi, Abuasafdan Asir tugʻildi, 24Asirdan Taxat tugʻildi, Taxatdan Uriyol tugʻildi, Uriyoldan Uzziyo tugʻildi, Uzziyodan Shovul tugʻildi.
25Elqananing Emosay va Oximoʻt degan ikki oʻgʻli bor edi. 26Oximoʻtdan Elqana tugʻildi, Elqanadan Zoʻfay tugʻildi, Zoʻfaydan Naxat tugʻildi, 27Naxatdan Eliyob tugʻildi, Eliyobdan Yeroxam tugʻildi, Yeroxamdan Elqana tugʻildi, Elqanadan Shomuil tugʻildi#6:27 …Elqanadan Shomuil tugʻildi — qadimiy yunoncha tarjimaning baʼzi qoʻlyozmalaridan (yana shu bobning 28, 33-34–oyatlariga va 1 Shohlar 1:19-20 ga qarang). Ibroniycha matnda bu soʻzlar yoʻq..
28Shomuilning ikki oʻgʻli bor edi, toʻngʻichining ismi Yoʻel, kenjasining ismi Abiyo edi.
29Marorining nasli quyidagilar edi: Maroridan Maxli tugʻildi, Maxlidan Lubnax tugʻildi, Lubnaxdan Shimax tugʻildi, Shimaxdan Uzzox tugʻildi, 30Uzzoxdan Shimo tugʻildi, Shimodan Xaggiyo tugʻildi, Xaggiyodan Osoyoh tugʻildi.
Maʼbad sozandalari
31Ahd sandigʻi Egamizning uyiga kelgandan keyin, Dovud u yerdagi xizmatga sozandalar tayinlagandi. 32Sulaymon Quddusda Egamizning uyini qurgunga qadar, ular Muqaddas chodirning oldida#6:32 …Muqaddas chodirning oldida… — ibroniycha matnda …Muqaddas chodir, Uchrashuv chodirining oldida…. Muqaddas chodir yana Uchrashuv chodiri deb ham aytiladi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi MUQADDAS CHODIR iborasiga qarang. qoʻshiq aytib xizmat qilishardi. Oʻz xizmatlarini berilgan koʻrsatmalar asosida ado etishardi. 33U yerda xizmat qilgan odamlar quyidagi urugʻlardan edi:
Qoʻshiqchi Xaman Qohot urugʻidan boʻlib, uning nasabnomasi quyidagicha edi: Xaman — Yoʻelning oʻgʻli, Yoʻel — Shomuilning oʻgʻli, 34Shomuil — Elqananing oʻgʻli, Elqana — Yeroxamning oʻgʻli, Yeroxam — Eliyolning oʻgʻli, Eliyol — Toʻvaxning oʻgʻli, 35Toʻvax — Zufning oʻgʻli, Zuf — Elqananing oʻgʻli, Elqana — Maxatning oʻgʻli, Maxat — Emosayning oʻgʻli, 36Emosay — Elqananing oʻgʻli, Elqana — Yoʻelning oʻgʻli, Yoʻel — Ozariyoning oʻgʻli, Ozariyo — Zafaniyoning oʻgʻli, 37Zafaniyo — Taxatning oʻgʻli, Taxat — Asirning oʻgʻli, Asir — Abuasafning oʻgʻli, Abuasaf — Koʻraxning oʻgʻli, 38Koʻrax — Izxorning oʻgʻli, Izxor — Qohotning oʻgʻli, Qohot — Levining oʻgʻli, Levi — Yoqubning#6:38 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang). oʻgʻli.
39Xamanning oʻng qoʻl yordamchisi Osif ismli qarindoshi edi. Osifning nasabnomasi quyidagicha edi: Osif — Barxiyoning oʻgʻli, Barxiyo — Shimoning oʻgʻli, 40Shimo — Mikoyilning oʻgʻli, Mikoyil — Bosiyoning oʻgʻli, Bosiyo — Malkiyoning oʻgʻli, 41Malkiyo — Itnoning oʻgʻli, Itno — Zeraxning oʻgʻli, Zerax — Odayoning oʻgʻli, 42Odayo — Etxanning oʻgʻli, Etxan — Zimmoning oʻgʻli, Zimmo — Shimaxning oʻgʻli, 43Shimax — Yaxatning oʻgʻli, Yaxat — Gershonning oʻgʻli, Gershon — Levining oʻgʻli.
44Xamanning chap qoʻl yordamchisi Etxan ismli qarindoshi edi. U Marori urugʻidan edi. Etxanning nasabnomasi quyidagicha edi: Etxan — Xishining oʻgʻli, Xishi — Abdining oʻgʻli, Abdi — Malluxning oʻgʻli, 45Mallux — Xashaviyoning oʻgʻli, Xashaviyo — Emoziyoning oʻgʻli, Emoziyo — Xilqiyoning oʻgʻli, 46Xilqiyo — Omzining oʻgʻli, Omzi — Banixning oʻgʻli, Banix — Shamerning oʻgʻli, 47Shamer — Maxlining oʻgʻli, Maxli — Mushining oʻgʻli, Mushi — Marorining oʻgʻli, Marori — Levining oʻgʻli.
48Xudoning uyidagi boshqa hamma xizmatga Levi qabilasining qolgan aʼzolari tayinlangan edilar.
Horunning nasli
49Faqat Horun va uning nasli qurbongohda qurbonlik kuydirib, tutatqi qurbongohida xushboʻy tutatqi tutatishlari mumkin edi. Ular Eng muqaddas xonadagi barcha xizmatni ado etib, Xudoning quli Muso bergan hamma buyruqlarga koʻra, Isroil xalqini gunohdan poklar edilar.
50Horunning nasli quyidagilar edi: Horunning oʻgʻli — Elazar, Elazarning oʻgʻli — Finxaz, Finxazning oʻgʻli — Abushuva, 51Abushuvaning oʻgʻli — Bukki, Bukkining oʻgʻli — Uzzi, Uzzining oʻgʻli — Zaraxiyo, 52Zaraxiyoning oʻgʻli — Maroyoʻt, Maroyoʻtning oʻgʻli — Emoriyo, Emoriyoning oʻgʻli — Oxitob, 53Oxitobning oʻgʻli — Zodoʻx, Zodoʻxning oʻgʻli — Oximas.
Levilar yashagan shaharlar
54Levilarga ajratilgan shaharlardan Qohot urugʻining Horun nasli birinchi boʻlib ulush olgan edi. Ularga qurʼa boʻyicha#6:54 …qurʼa boʻyicha… — qurʼa tashlashda yogʻoch boʻlaklari yoki toshlar ishlatilgan boʻlib, shu orqali Xudoning xohish–irodasi aniqlangan. Baʼzan odamlar qurʼa tashlab, Xudodan biror ishni qanday yoki qachon qilish kerakligini soʻrashgan. berilgan hududga 55Yahudo yurtidagi Xevron shahri va uning atrofidagi yaylovlar kirgan edi. 56Ammo oʻsha shaharning atrofidagi dalalaru qishloqlar Yafunax oʻgʻli Xolibga berildi. 57Horun nasliga quyidagi shaharlar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi: panoh shahar#6:57 panoh shahar — Sahroda 35:9-15, Qonunlar 19:1-13, Yoshua 20:1-9 ga qarang. Xevron, bundan tashqari, Libna, Yatir, Eshtamoʻva, 58Xoʻlun#6:58 Xoʻlun — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Xilen. Uning Xoʻlun degan shakli Yoshua 21:15 dan olingan., Davir, 59Oyin#6:59 Oyin — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Oshon. Uning Oyin degan shakli Yoshua 21:16 dan olingan., Yutto#6:59 Yutto — qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan (yana Yoshua 21:16 ga qarang). Ibroniycha matnda bu nom yoʻq. va Bayt–Shamash. 60Benyamin qabilasining hududidan quyidagi shaharlar va ularning atrofidagi yaylovlar ham berildi: Givon#6:60 Givon — Yoshua 21:17 dan olingan. Ibroniycha matnda bu nom yoʻq., Gebo, Elimat va Onotoʻt. Qohot urugʻining Horun nasliga hammasi boʻlib oʻn uchta shahar berildi. 61Qohot naslining qolganlariga esa Iordanning gʻarb tomonidagi Manashe qabilasiga qarashli hududdan oʻnta shahar qurʼa boʻyicha taqsimlab berildi.
62Gershon urugʻiga, xonadonlariga koʻra, Issaxor, Osher, Naftali va Bashandagi Manashe qabilalarining hududlaridan oʻn uchta shahar qurʼa boʻyicha berildi.
63Marori urugʻiga, xonadonlariga koʻra, Ruben, Gad va Zabulun qabilalarining hududlaridan oʻn ikkita shahar qurʼa boʻyicha berildi.
64Shunday qilib, Isroil xalqi levilarga yashash uchun shaharlarni va oʻsha shaharlar atrofidagi yaylovlarni ajratib berdi. 65Yuqorida nomlari aytib oʻtilgan Yahudo, Shimoʻn va Benyamin qabilalari hududlaridan ajratilgan shaharlar ham qurʼa boʻyicha taqsimlangan edi.
66Qohot urugʻining baʼzi xonadonlariga Efrayim qabilasining hududidan quyidagi shaharlar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi: 67Efrayim qirlaridagi panoh shahar Shakam, Gezer, 68Yoxmayom, Bayt–Xoʻron, 69Oyjavlon va Gat–Rimmon. 70Qohot urugʻining qolgan xonadonlariga esa Iordanning gʻarb tomonidagi Manashe qabilasining yarmiga qarashli ikki shahar berildi: Onar va Bilom. Bu shaharlarning atrofidagi yaylovlar ham ularga berildi.
71Gershon urugʻiga quyidagi shaharlar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi:
Iordanning sharq tomonidagi Manashe qabilasining hududidan — Ashtaroʻt va Bashandagi Goʻlon,
72Issaxor qabilasining hududidan — Kedesh, Dovarat, 73Ramoʻt va Onem,
74Osher qabilasining hududidan — Moshol, Abdoʻn, 75Huqqoq va Rexob,
76Naftali qabilasi hududidan — Xammon, Xiratayim va Jaliladagi Kedesh.
77Marori urugʻining qolgan xonadonlariga quyidagi shaharlar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi:
Zabulun qabilasining hududidan — Yoxnayom, Kartax#6:77 Yoxnayom, Kartax — qadimiy yunoncha tarjimadan (yana Yoshua 21:34 ga qarang). Ibroniycha matnda bu nomlar yoʻq., Rimmono va Tovur,
78-79Yerixo roʻparasidagi Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan Ruben qabilasining hududidan — Yaxaz#6:78-79 Yaxaz — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Yaxzo., Kadamoʻt, Mifat va choʻldagi Bazer,
80Gad qabilasining hududidan — Giladdagi Ramoʻt, Moxanayim, 81Xashbon va Yazir.

Currently Selected:

1 Solnomalar 6: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in