1 Solnomalar 4
4
4–BOB
Yahudoning nasli
1Yahudoning Paraz, Xazron, Karmi, Xur va Shoʻval degan oʻgʻillari bor edi.
2Shoʻval oʻgʻli Rayodan Yaxat tugʻildi. Yaxatdan Oximay va Loʻhad tugʻildilar. Bular Zorox shahri aholisining ajdodlari edilar.
3-4Xolib oʻgʻli Xurning avlodlari Baytlahm shahriga asos soldilar#4:3-4 Xurning avlodlari Baytlahm shahriga asos soldilar — ibroniycha matnda Xur Baytlahmning otasi boʻldi. Ibroniycha matnda shu bobning bir nechta joyida “otasi boʻldi” degan ibroniycha iborani shaharga asos soldi deb tarjima qilsa ham boʻladi.. Xur onasi Efrataning toʻngʻich oʻgʻli edi. Xurning Etom, Panuval va Eyzar degan oʻgʻillari bor edi. Etomning Yizril, Yishmo va Yidbosh ismli uch oʻgʻli va Xazaleypoʻn ismli bir qizi bor edi. Panuval Gadoʻr shahriga, Eyzar esa Xusha shahriga asos soldi.
5Taxuva shahriga asos solgan#4:5 asos solgan — shu bobning 3-4–oyatlari izohiga qarang. Ashxurning Xela va Naro ismli ikkita xotini bor edi. 6Naro Ashxurga toʻrtta oʻgʻil tugʻib berdi. Ularning ismlari Oxizam, Xafer, Tamanax va Axashtori edi. 7Xotini Xela esa Zaret, Izxor va Etnan ismli uch oʻgʻilni tugʻib berdi.
8Kozning Onib va Zobeba degan oʻgʻillari bor edi. Koz Xarum oʻgʻli Oxarxel urugʻlarining bobokaloni edi.
9Yabiz ismli bir odam bor edi. U birodarlariga qaraganda, baland obroʻga ega edi. Onasi: “Uni dard chekib tuqqanman”, deb ismini Yabiz#4:9 Yabiz — bu ism ibroniychadagi dard soʻziga ohangdosh. qoʻygan edi. 10Yabiz Isroil xalqining Xudosiga shunday deb yolvordi: “Koshkiydi, Sen meni muborak qilib, hududimni kengaytirsang. Yonimda boʻlsang, meni dardga yoʻliqtirmay, kulfatdan saqlasang.” Xudo uning iltijolarini bajo qildi.
11Shuxoning akasi Xalubdan Maxir tugʻildi. Maxirdan Eshtun tugʻildi. 12Eshtundan Baytrafa, Posiyox va Taxinno tugʻildilar. Taxinno Naxosh shahriga asos soldi#4:12 asos soldi — shu bobning 3-4–oyatlari izohiga qarang. Shu bobning 14, 17-18–oyatlarida ham bor.. Bularning avlodlari Raxada istiqomat qilardilar.
13Xanazning Oʻtniyol bilan Sarayo degan ikki oʻgʻli bor edi. Oʻtniyolning ham Xatat bilan Miyonoʻtay#4:13 …bilan Miyonoʻtay… — qadimiy yunoncha tarjimaning baʼzi qoʻlyozmalaridan, qadimiy lotincha tarjimadan. Ibroniycha matnda bu soʻzlar yoʻq. degan ikki oʻgʻli bor edi. 14Miyonoʻtaydan Oʻfrax tugʻildi. Sarayodan Yoʻab tugʻildi. Yoʻab Gay–Xaroshim#4:14 Gay–Xaroshim — ibroniychadagi maʼnosi hunarmandlar vodiysi. shahriga asos soldi. U yerda yashagan odamlarning hammasi hunarmand edi.
15Yafunax oʻgʻli Xolib uch oʻgʻil koʻrdi. Ularning ismlari Iru, Elox va Nayam edi. Eloxdan Xanaz tugʻildi.
16Yoxalilning Zif, Zifo, Tirayo va Osoriyol degan oʻgʻillari bor edi.
17-18Ezraxning Eter, Mirod, Ifar va Yolun degan oʻgʻillari bor edi. Mirod firʼavnning qizi Bitiyoga uylandi, ular Maryam ismli bir qiz hamda Shammay va Yishbox ismli ikki oʻgʻil koʻrishdi. Yishbox Eshtamoʻva shahriga asos soldi. Mirod Yahudo qabilasidan oʻziga yana bir xotin oldi. Bu xotini unga Yored, Xaber va Yohutal ismli uch oʻgʻil tugʻib berdi. Yored Gadoʻr shahriga, Xaber Soʻxu shahriga va Yohutal Zonoʻvax shahriga asos soldilar.
19Xoʻdiyo Naxamning singlisiga uylandi. Ulardan Keylaxda istiqomat qilgan Xarm urugʻi va Eshtamoʻvada istiqomat qilgan Maxo urugʻlari kelib chiqdi#4:19 Ulardan…kelib chiqdi — yoki Keylax va Eshtamoʻva Xoʻdiyoning avlodlari boʻlib, Keylax Xarm urugʻidan, Eshtamoʻva esa Maxo urugʻidan edi..
20Shimonning Omnoʻn, Rina, Banxanon va Tiloʻn degan oʻgʻillari bor edi.
Yishining Zoʻxit va Banzoʻxit degan oʻgʻillari bor edi.
Sheloning nasli
21Yahudoning Shelo ismli oʻgʻli ham bor edi. Sheloning nasli quyidagilardan tashkil topgan edi: Lexa shahrini qurgan Gʻur, Morisho shahrini qurgan Lado, Bayt–Ashbiya shahrida yashagan zigʻir toʻquvchilarning urugʻi, 22Yoʻxim va Xozeba shahrining aholisi. Yoʻsh va Soraf ham Sheloning naslidan kelib chiqqan edilar. Ular Moʻablik ayollarga uylanib, Baytlahm shahriga oʻrnashib olgan edilar#4:22 Ular…Baytlahm shahriga oʻrnashib olgan edilar — yoki Ular Moʻab va Yoshuvlahmda hukmronlik qilar edilar.. Bu maʼlumotlar qadimgi yozuvlardan olingan. 23Shu naslga tegishli odamlar shoh saroyida kulollar sifatida xizmat qilib, Natayim va Gadera shaharlarida yashashardi.
Shimoʻnning nasli
24Shimoʻnning Yamuvol#4:24 Yamuvol — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Namuvol. Uning Yamuvol degan shakli Ibtido 46:10, Chiqish 6:15 dan olingan., Yomin, Yoriv, Zoʻxar#4:24 Zoʻxar — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Zerax. Uning Zoʻxar degan shakli Ibtido 46:10, Chiqish 6:15 dan olingan. va Shovul ismli oʻgʻillari bor edi.
25Shovulning Shallum degan oʻgʻli, Mivsom degan nabirasi va Mishmo degan chevarasi bor edi.
26Mishmoning Xammuvol degan oʻgʻli, Zakkur ismli nabirasi va Shimax degan chevarasi bor edi.
27Shimax oʻn olti oʻgʻil va olti qiz koʻrdi. Lekin aka–ukalarining farzandlari kam boʻlgani uchun Shimoʻn qabilasi, Yahudo qabilasi kabi, koʻpaymadi.
28Shimoʻn nasli Bersheba, Moʻlodax, Xazor–Shuvol, 29Bilxax, Ezam, Toʻlad, 30Batuval, Xoʻrmax, Zixlax, 31Bayt–Markobot, Xazor–Susum, Bayt–Biriy va Sharayim shaharlarida istiqomat qilardilar. Dovud shoh boʻlgunga qadar, mana shu shaharlar Shimoʻn nasliga qarashli edi. 32Ular yana Etom, Oyin, Rimmon, Toʻxan va Oshon nomli beshta shaharda ham istiqomat qilardilar. 33Janubi–gʻarbdagi Baalat#4:33 Baalat — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Baal. shahrigacha choʻzilgan bu shaharlar va ularning atrofidagi hamma qishloqlar Shimoʻn nasliga qarashli edi. Ular shu joylarda yashab, oʻz nasabnomalari haqidagi maʼlumotlarni yozib qoʻygan edilar.
34-38Quyidagilar Shimoʻn naslining urugʻboshilari edi: Mashuvav, Yamlax, Emoziyo oʻgʻli Yoʻsha, Yoʻel va Yoʻshyiviyo oʻgʻli Yohu. Yohu Sarayoning nevarasi, Osiyolning evarasi edi. Eliyoʻnay, Yaqoʻvo, Yoshuxayo, Osoyoh, Odil, Yesimil, Binayo va Shifi oʻgʻli Zizo ham Shimoʻn naslining urugʻboshilari edi. Zizo Elonning nevarasi, Yodiyoning evarasi, Shamayo oʻgʻli Shimrining chevarasi edi.
Ularning urugʻlari nihoyatda koʻpaygani uchun, 39ular qoʻy–echkilariga yaylov axtarib, vodiyning sharqiy chetida joylashgan Gadoʻr shahrigacha bordilar. 40U yerdagi keng, tinch va osoyishta joylar koʻm–koʻk yaylovlarga boy ekanini koʻrdilar. Bu yerlar azaldan Xom nasliga qarashli edi.
41Yahudo shohi Hizqiyo hukmronlik qilgan davrda yuqorida nomlari roʻyxat qilingan Shimoʻn nasli Xom nasliga va ular orasida oʻrnashib olgan Munim urugʻiga hujum qildilar. Ularning hammasini bitta qoldirmay qirib tashladilar. U yerda qoʻylar uchun yaylovlar koʻp boʻlgani uchun ularning joyiga oʻzlari oʻrnashib oldilar. 42Soʻng Shimoʻn naslidan besh yuz kishi Yishining Pilatiyo, Nariyo, Rafiyo va Uziyol ismli toʻrt oʻgʻli boshchiligida Seir togʻlariga#4:42 Seir togʻlari — Edom yurtiga qarashli boʻlgan togʻli yerlar. borib, 43Omolek naslining omon qolganlarini qirib tashladilar. Shimoʻn nasli bugunga qadar#4:43 bugunga qadar — shu kitob yozilgan vaqtga ishora. oʻsha joylarda yashab kelyapti.
Currently Selected:
1 Solnomalar 4: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: