YouVersion Logo
Search Icon

1 Solnomalar 3

3
3–BOB
Shoh Dovudning nasli
1Dovud Xevronda turgan paytda tugʻilgan oʻgʻillari mana shular edi:
toʻngʻichi — Omnoʻn. Omnoʻnning onasi Yizrillik Oxinavam edi.
Ikkinchisi — Doniyor. Doniyorning onasi Karmillik Obigayl edi.
2Uchinchisi — Absalom. Absalomning onasi Gashur shohi Talmayning qizi Maxo edi.
Toʻrtinchisi — Odoniyo. Odoniyoning onasi Xaggit edi.
3Beshinchisi — Shafatiyo. Shafatiyoning onasi Obida edi.
Oltinchisi — Yitrom. Yitromning onasi Eglax edi.
4Dovudning bu olti oʻgʻli Xevronda tugʻilgan edi.
Dovud bu yerda yetti yilu olti oy, Quddusda esa oʻttiz uch yil hukmronlik qildi. 5Dovudning Quddusda tugʻilgan oʻgʻillari esa quyidagilardir: Shammuva#3:5 Shammuva — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shimo. Uning Shammuva degan shakli 14:4 dan olingan (yana 2 Shohlar 5:14 ga qarang)., Shoʻvav, Natan va Sulaymon. Bu toʻrtala oʻgʻilni Dovudga Omiyolning qizi Botsheva#3:5 Botsheva — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Botshuva. tugʻib bergan. 6Dovudning yana toʻqqizta oʻgʻli boʻlib, oʻgʻillarining ismlari quyidagicha edi: Yibxar, Elishuva#3:6 Elishuva — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Elishama. Uning Elishuva degan shakli 14:5 dan va 2 Shohlar 5:15 dan olingan., Elfalat#3:6 Elfalat — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Elifalet. Uning Elfalat degan shakli 14:5 dan olingan., 7Noʻgax, Nafax, Yofiya, 8Elishama, Elyodax va Elifalet.
9Bu oʻgʻillaridan tashqari, Dovudga kanizaklar#3:9 kanizaklar — ibroniycha matnda bu soʻzning maʼnosi quyidagicha: kanizaklar qonuniy xotin boʻlmasalar–da, xoʻjayinlari ular bilan jinsiy aloqada boʻlishgan. Qadimgi paytlarda bu ayollarning jiddiy qonuniy huquqlari boʻlib, xoʻjayinlari ularning erlari sifatida boʻlgan. ham oʻgʻillar tugʻib bergan edi. Dovudning Tamara degan qizi ham bor edi.
Shoh Sulaymonning nasli
10Sulaymonning naslidan chiqqan shohlar quyidagilar edi: Raxabom, Abiyo, Oso, Yohushafat, 11Yohuram#3:11 Yohuram — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yoram., Oxoziyo, Yoʻsh, 12Emoziyo, Uzziyo#3:12 Uzziyo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Ozariyo., Yoʻtom, 13Oxoz, Hizqiyo, Manashe, 14Omon va Yoʻshiyo.
15Yoʻshiyoning toʻrt oʻgʻli bor edi. Toʻngʻichi — Yoʻxanon, ikkinchisi — Yohayiqim, uchinchisi — Zidqiyo va toʻrtinchisi Yohuxoz#3:15 Yohuxoz — ibroniycha matnda Shallum, Yohuxozning yana bir ismi (4 Shohlar 23:30 ga qarang). edi.
16Yohayiqimning Yohayixin#3:16 Yohayixin — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yoxoniyo (shu bobning 17–oyatida ham bor). bilan Zidqiyo degan oʻgʻillari bor edi.
Shoh Yohayixinning nasli
17Bobilga asir qilib olib ketilgan Yohayixinning#3:17 Bobilga asir qilib olib ketilgan Yohayixin — 4 Shohlar 24:10-15 ga qarang. oʻgʻillari quyidagilardir: Shaltiyol, 18Malkirom, Podiyo, Shenazar, Yoxamiyo, Xoʻshama va Nadaviyo.
19Podiyoning Zarubabel va Shimax degan oʻgʻillari bor edi.
Zarubabelning Mashullom, Xanoniyo degan oʻgʻillari va Shalumit degan bir qizi bor edi. 20Zarubabelning yana Xashuva, Oxil, Barxiyo, Xasadiyo va Yoshaxesed ismli beshta oʻgʻli bor edi.
21Xanoniyoning oʻgʻillari Pilatiyo va Yeshayo edi. Yeshayodan Rafiyo tugʻildi, Rafiyodan — Arnan, Arnandan — Obodiyo, Obodiyodan Shaxaniyo tugʻildi.
22Shaxaniyoning nasli quyidagicha edi: uning Shamayo ismli bir oʻgʻli va Xattush, Yixal, Boriyox, Nariyo va Shofot ismli beshta nabirasi bor edi. Hammasi boʻlib oltita edilar.
23Nariyoning Eliyoʻnay, Xizqiyo va Ozrikom degan uch oʻgʻli bor edi.
24Eliyoʻnayning Xoʻdaviyo, Eliashab, Paliyo, Oqquv, Yoʻxanon, Daloyo va Onanax degan yettita oʻgʻli bor edi.

Currently Selected:

1 Solnomalar 3: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in