YouVersion Logo
Search Icon

1 Solnomalar 2

2
2–BOB
Yoqubning nasli
1Yoqubning#2:1 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang). oʻgʻillari quyidagilardir: Ruben, Shimoʻn, Levi, Yahudo, Issaxor, Zabulun, 2Dan, Yusuf, Benyamin, Naftali, Gad va Osher.
Yahudoning nasli
3Yahudoning Gʻur, Oʻnan va Shelo degan oʻgʻillari bor edi. Bu uchala oʻgʻilni unga Kanʼonlik Botshuva#2:3 Botshuva — yoki Shuvaning qizi. tugʻib bergandi. Yahudoning toʻngʻich oʻgʻli Gʻur Egamizning oldida qabih ishlar qilgani uchun, Egamiz uning jonini oldi. 4Yahudoning kelini Tamara ham Yahudoga Paraz va Zerax degan oʻgʻillarni tugʻib berdi. Yahudoning hammasi boʻlib besh oʻgʻli bor edi.
5Parazdan Xazron va Xomul ismli ikki oʻgʻil tugʻildi.
6Zeraxning beshta oʻgʻli boʻlib, ularning ismlari Zimri, Etxan, Xaman, Qolkoʻl va Dardax#2:6 Dardax — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Daro. Uning Dardax degan shakli 3 Shohlar 4:31 dan olingan. edi. 7Zerax avlodidan boʻlgan Karmi ismli bir odamning Oxun#2:7 Oxun — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Oxor. Uning Oxun degan shakli Yoshua 7:1 dan olingan. Ibroniychada Oxor ismining maʼnosi — kulfat (Yoshua 7:1-26 ga qarang). degan oʻgʻli bor edi. Oxun Egamizga bagʻishlangan narsalarning bir nechtasini olib, Isroil xalqiga kulfat keltirgandi.
8Etxanning oʻgʻli Ozariyo edi.
Yahudoning nabirasi Xazrondan Dovudgacha boʻlgan nasllar
9Xazronning uchta oʻgʻli boʻlib, ismlari Yaraxmal, Ram va Xolib#2:9 Xolib — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Xalubay. Uning Xolib degan shakli shu bobning 18–oyatidan olingan. edi.
10Ramdan Ominadav tugʻildi, Ominadav Yahudo yoʻlboshchisi Naxshoʻnning otasi edi. 11Naxshoʻndan Salmoʻn tugʻildi, Salmoʻndan Boʻaz tugʻildi, 12Boʻazdan Obid tugʻildi va Obiddan Essay tugʻildi.
13Essayning yetti oʻgʻli boʻlib, toʻngʻichi — Eliyob, ikkinchisi — Abunadav, uchinchisi — Shimo, 14toʻrtinchisi — Natanil, beshinchisi — Radday, 15oltinchisi — Ozim, yettinchisi Dovud edi#2:15 …yettinchisi Dovud edi — 1 Shohlar 16:10-13 da yozilishicha, Dovud Essayning sakkizinchi oʻgʻli boʻlib, Shomuil paygʻambar Xudoning amriga koʻra, unga moy surtgan edi. Bu roʻyxatda esa Essayning faqat yettita oʻgʻli qayd etilgan. Yetti raqami yahudiylar madaniyatida hurmat–ehtirom ramzi boʻlgani uchun, bu roʻyxatda Dovud yettinchi oʻgʻil deb tilga olingan boʻlishi mumkin.. 16Ularning Zeruya va Obigayl degan singillari bor edi. Zeruyaning uchta oʻgʻli boʻlib, ularning ismlari Abushay, Yoʻab va Osoyil edi. 17Obigayl Ismoil qavmidan boʻlgan Eter bilan turmush qurib, Emosani tugʻdi.
Xazronning nasli
18Xazron oʻgʻli Xolibning Oziba va Yariyoʻt degan xotinlari bor edi. Oziba Xolibga uch oʻgʻil: Yesher, Shoʻvav va Ardunni tugʻib berdi. 19Oziba olamdan oʻtgach, Xolib Efrataga uylandi. Efrata unga Xurni tugʻib berdi. 20Xurdan Uri tugʻildi, Uridan Bazalil tugʻildi.
21Xazron oltmish yoshga kirganda Moxirning qizi — Giladning singlisiga uylandi. U Xazronga Saxuv ismli oʻgʻil tugʻib berdi. 22Saxuvdan Yovir tugʻildi. U Giladdagi yigirma uchta shahar ustidan hukmronlik qilardi. 23Keyinchalik Gashur va Oram xalqlari Yovir shaharlarini#2:23 Yovir shaharlari — ibroniycha matnda Xavot–Yovir, maʼnosi Yovir shaharlari., shuningdek, Qanot shahri va atrofidagi oltmishta qishloqni qoʻlga kiritishdi. Bu yerlarda yashayotgan xalq Giladning otasi Moxirning urugʻidan edi.
24Xazron vafot etgandan keyin, oʻgʻli Xolib otasining beva qolgan Efrata ismli xotiniga uylangan edi. Ular Ashxur ismli oʻgʻil koʻrdilar#2:24 Xazron vafot etgandan keyin…Ular Ashxur ismli oʻgʻil koʻrdilar — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda Xazron Xolib–Efrata shahrida vafot etgandan keyin, uning xotini Abiyo Ashxur ismli bir oʻgʻilni tugʻdi. Yana shu bobning 19 va 50–oyatlariga qarang, bu oyatlarda Efrata degan ism Xolibning xotiniga nisbatan ishlatilgan.. Ashxur Taxuva shahriga asos soldi#2:24 Ashxur Taxuva shahriga asos soldi — ibroniycha matnda Ashxur Taxuvaning otasi boʻldi. Ibroniycha matnda shu bobning bir nechta joyida “otasi boʻldi” degan ibroniycha iborani shaharga asos soldi deb tarjima qilsa ham boʻladi..
Xazron oʻgʻli Yaraxmalning nasli
25Xazronning toʻngʻich oʻgʻli Yaraxmaldan bino boʻlgan oʻgʻillar quyidagilardir: toʻngʻich oʻgʻli Ram, soʻngra Bunax, Oren, Ozim va Oxiyodir. 26Yaraxmalning Otara ismli boshqa xotini ham bor edi. Otara Oʻnamni tugʻdi.
27Yaraxmalning toʻngʻich oʻgʻli Ramdan Maz, Yomin va Exer bino boʻldi.
28Oʻnamning Shammay va Yodo degan oʻgʻillari bor edi.
Shammay Nadov va Abushur ismli oʻgʻillar koʻrdi.
29Abushurning Abuhayil degan xotini boʻlib, ular Axbon va Moʻlid degan oʻgʻillar koʻrdi.
30Nadovdan Saled va Opayim degan oʻgʻillar bino boʻldi. Saled befarzand oʻtib ketdi.
31Opayim — Yishining otasi, Yishi — Shashonning otasi, Shashon Oxlayning#2:31 Oxlay — Shashonning qizi (shu bobning 34–oyatiga qarang). otasi edi.
32Shammayning ukasi Yodoning Eter va Yoʻnatan ismli ikkita oʻgʻli bor edi. Eter befarzand oʻtib ketdi.
33Yoʻnatanning Palaf va Zozo ismli ikkita oʻgʻli bor edi.
Mana shularning hammasi Yaraxmalning nasli edi.
34Shashonning oʻgʻli boʻlmay, faqat qizlari bor edi, xolos. Shashonning Yarxo ismli bir Misrlik quli ham bor edi. 35Shashon qizini oʻzining quli Yarxoga uzatdi. Ular oʻgʻil koʻrishdi va ismini Attay qoʻyishdi.
36Attaydan Natan tugʻildi, Natandan Zabad tugʻildi, 37Zabaddan Eflol tugʻildi, Efloldan Obid tugʻildi, 38Obiddan Yohu tugʻildi, Yohudan Ozariyo tugʻildi, 39Ozariyodan Xalez tugʻildi, Xalezdan Elasax tugʻildi, 40Elasaxdan Sismay tugʻildi, Sismaydan Shallum tugʻildi, 41Shallumdan Yoxamiyo tugʻildi, Yoxamiyodan Elishama tugʻildi.
Xazron oʻgʻli Xolibning nasli
42Yaraxmalning ukasi Xolib ikki oʻgʻil koʻrdi, toʻngʻichining ismi Mesho va kenjasining ismi Morisho edi. Meshodan Zif tugʻildi, Morishodan Xevron tugʻildi.
43Xevron Koʻrax, Tappux, Rahem va Shema ismli oʻgʻillar koʻrdi. 44Shemadan Raxam tugʻildi, Raxamdan Yorixim tugʻildi. Shemaning akasi Rahem Shammay ismli oʻgʻil koʻrdi. 45Shammaydan Moyun tugʻildi. Moyundan Baytzur tugʻildi.
46Xolibning Efax ismli choʻrisi#2:46 choʻri — 1:32 izohiga qarang. unga Xoronni, Moʻzoni va Gazezni tugʻib berdi. Xoron ham Gazez ismli bir oʻgʻil koʻrdi. 47Efaxning otasi Yohdoyning Raxem, Yoʻtom, Geshon, Palat va Shaf degan oʻgʻillari ham bor edi.
48Xolibning Maxo ismli boshqa bir choʻrisi#2:48 choʻri — 1:32 izohiga qarang. unga Shabar va Tirxano ismli oʻgʻillar tugʻib berdi. 49Keyinroq ular Shaf va Shavo ismli yana ikki oʻgʻil koʻrishdi. Shaf Madmanno shahriga, Shavo esa Maxbinax va Giviyo shaharlariga asos soldi#2:49 asos soldi — shu bobning 24–oyatiga berilgan ikkinchi izohga qarang. Asos soldi va asoschisi degan soʻzlar shu bobning 50, 51, 52, 54–oyatlarida ham bor.. Xolibning Axsa ismli bir qizi ham bor edi.
50Mana shularning hammasi Xolibning nasli edi.
Xolib oʻgʻli Xurning nasli
Efrataning Xolibdan tugʻilgan toʻngʻich oʻgʻli Xur uch oʻgʻil koʻrdi. Birinchisining ismi Shoʻval boʻlib, u Xirat–Yoʻrim shahriga asos soldi. 51Ikkinchisining ismi Salmo boʻlib, u Baytlahm shahriga asos soldi. Uchinchisining ismi Xoref boʻlib, u Bayt–Gader shahriga asos soldi.
52Xirat–Yoʻrimning asoschisi Shoʻvaldan Horu xalqi va Monaxat shahrining yarim aholisi bino boʻldi. 53Xirat–Yoʻrim aholisi Yitar urugʻi, Fut urugʻi, Shumot urugʻi va Mishroy urugʻlaridan tashkil topgan edi. Zorox va Eshtoyoʻl shaharlarining aholisi ham shu urugʻlardan kelib chiqqan.
54Natufo, Otroʻt–Bayt–Yoʻab va Zorox shaharlarining aholisi hamda Monaxat shahrining yarim aholisi Baytlahmning asoschisi Salmo naslidan tashkil topgan edi. 55Yabiz shahrida istiqomat qilgan kotiblarning urugʻlari#2:55 kotiblarning urugʻlari — yoki Soʻfarim urugʻlari. ham Salmo naslidan kelib chiqqan boʻlib, ular Tirotliklar, Shimatliklar va Suxotliklar degan nom bilan yuritilardi. Bular Xayin xalqidan boʻlgan Xammat ismli bir odamning avlodlari edilar. Xammat Raxav urugʻining bobokaloni edi#2:55 Xammat Raxav urugʻining bobokaloni edi — yoki Xammat Baytraxavning otasi edi..

Currently Selected:

1 Solnomalar 2: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in