1 Solnomalar 26
26
26–BOB
Maʼbad darvozabonlari va ularning vazifalari
1Maʼbad darvozasida xizmat qilish uchun quyidagi levilar tayinlangan edi:
Koʻrax naslidagi Osif xonadonidan — Kori oʻgʻli Mashalmiyo.
2Mashalmiyoning yetti oʻgʻli bor edi: toʻngʻichi — Zakariyo, ikkinchisi — Yodiyol, uchinchisi — Zabadiyo, toʻrtinchisi — Yatniyol, 3beshinchisi — Elam, oltinchisi — Yohuxanon va yettinchisi — Elixoʻnay.
4-5Xudo Obidadomni barakalab, unga sakkiz oʻgʻil bergan edi: toʻngʻich oʻgʻli — Shamayo, ikkinchisi — Yohuzabad, uchinchisi — Yoʻx, toʻrtinchisi — Soxor, beshinchisi — Natanil, oltinchisi — Omiyol, yettinchisi — Issaxor va sakkizinchisi — Fullatay.
6Obidadomning toʻngʻichi Shamayoning ham oʻgʻillari bor edi. Ular nihoyatda qobiliyatli boʻlganlari uchun oʻzlarining ota xonadonida urugʻboshilar edilar. 7Ularning ismlari Oʻtnax, Rafail, Obid va Elzabad edi. Shamayoning qarindoshlari Elixu bilan Samaxiyo ham nihoyatda qobiliyatli edilar. 8Obidadomning bu avlodi jami oltmish ikki kishini tashkil qilib, hammasi qobiliyatli, oʻz xizmatiga layoqatli edilar.
9Mashalmiyoning oʻgʻillari va aka–ukalari oʻn sakkiz kishini tashkil qilib, hammasi qobiliyatli edilar.
10Marori naslidan boʻlgan Xoʻsaxning toʻrt oʻgʻli bor edi. Uning Shimri degan oʻgʻli yoʻlboshchi edi. Shimri toʻngʻich oʻgʻil boʻlmasa ham, otasi uni yoʻlboshchi qilgan edi. 11Xoʻsaxning ikkinchi oʻgʻli — Xilqiyo, uchinchisi — Tavaliyo va toʻrtinchisi Zakariyo edi. Xoʻsax xonadonining oʻn uch aʼzosi Maʼbad darvozabonlari boʻlib xizmat qilar edilar.
12Darvozabonlar xonadonlari boʻyicha guruhlarga boʻlingan edilar. Ular Egamizning uyida xizmat qilayotgan boshqa levilar singari oʻz vazifalariga ega edilar. 13Har bir xonadon katta–kichikligiga qaramay qurʼa tashlab#26:13 …qurʼa tashlab… — 6:54 izohiga qarang., qoʻriqlaydigan darvozasini aniqlab oldi.
14Sharq tomondagi darvoza uchun qurʼa tashlanganda, qurʼa Mashalmiyoga#26:14 Mashalmiyo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shalamiyo. Uning Mashalmiyo degan shakli shu bobning 2–oyatidan olingan. tushdi. Soʻngra oʻgʻli Zakariyo uchun qurʼa tashlandi, unga shimol tomondagi darvoza tushdi. Zakariyo dono maslahatchi edi. 15Obidadom uchun qurʼa tashlanganda, unga janub tomondagi darvoza tushdi. Oʻgʻillari uchun qurʼa tashlanganda, ularga omborxonani qoʻriqlash tushdi. 16Gʻarb tomondagi darvoza va yuqori yoʻl ustidagi Shallexet darvozasi uchun qurʼa tashlanganda, qurʼa Shupim bilan Xoʻsaxga tushdi. Darvozabonlar oʻz xizmatini belgilangan vaqtda, ketma–ketlikda uzluksiz ravishda bajarishlari lozim edi. 17Sharq tomondagi darvozada kuniga oltita darvozabon, shimol tomondagi darvozada toʻrtta, janub tomondagi darvozada ham toʻrtta darvozabon turardi. Shuningdek, ikkita omborxonada ikkitadan darvozabon turardi. 18Gʻarb tomondagi hovliga kelsak, yoʻlakda toʻrtta darvozabon, hovlining ichida esa ikkita darvozabon turardi.
19Koʻrax va Marori naslidan boʻlgan darvozabonlarga mana shu qoʻriqchilik vazifasi topshirilgan edi.
Boshqa levilar va ularning vazifalari
20Oxiyo boshchiligidagi boshqa levilar#26:20 Oxiyo boshchiligidagi boshqa levilar… — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha tarjimada Ularning levi birodarlari…. Xudoning uyidagi xazinalar va nazr qilingan hadyalar xazinalari uchun masʼul edilar. 21Gershon urugʻidan boʻlgan Lubnax#26:21 Lubnax — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Laden. Uning Lubnax degan shakli 6:17 dan olingan (yana Chiqish 6:17, Sahroda 3:18 ga qarang). Yoxiyolning otasi edi. Lubnaxning naslidan bir necha urugʻboshilar chiqdi. 22Yoxiyolning oʻgʻillari Zatom bilan Yoʻel Egamizning uyidagi xazinalar uchun masʼul edilar.
23Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol urugʻlariga ham vazifalar taqsimlanib berildi.
24Muso oʻgʻli Gershomning urugʻidan Shavuvol Maʼbadning bosh xazinaboni edi. 25Gershomning ukasi Eliazarning nasli quyidagilar edi: Eliazarning oʻgʻli — Raxaviyo, Raxaviyoning oʻgʻli — Yeshayo, Yeshayoning oʻgʻli — Yoram, Yoramning oʻgʻli — Zixri va Zixrining oʻgʻli — Shalumoʻt. 26Shalumoʻt va uning xonadoni Egamizga nazr qilingan hadyalar xazinasi uchun masʼul edi. Bu xazinada shoh Dovudning, urugʻboshilar, mingboshilar, yuzboshilar va lashkarboshilarning Xudoga nazr qilgan hadyalari saqlanar edi. 27Ular jangda qoʻlga kiritgan oʻljaning bir qismini Egamizning uyini taʼminlash uchun nazr qilardilar. 28Shalumoʻt va uning xonadoni barcha hadyalar uchun masʼul edilar. Valiy Shomuil, Kish oʻgʻli Shoul, Nar oʻgʻli Abnur va Zeruya oʻgʻli Yoʻab nazr qilgan hadyalar ham ularning nazorati ostida edi.
29Izxor naslidan Xonaniyo va uning oʻgʻillari Isroil xalqi uchun maʼmurlar va hakamlar qilib tayinlandilar. Ular Maʼbaddan tashqarida xizmat qilishardi.
30Xevron naslidan Xashaviyo va uning 1700 nafar qobiliyatli qarindoshi ham maʼmurlar qilib tayinlandilar. Ular Iordan daryosining gʻarb tomonidagi qabilalar uchun masʼul boʻlib, Egamizning va shohning xizmatiga oid masalalarni yechishar edi. 31Xevron naslidagi Yoriyo, nasabnoma maʼlumotiga koʻra, Xevron naslining yoʻlboshchisi edi. Dovud hukmronligining qirqinchi yilida nasabnomalarga oid barcha yozma maʼlumotlar koʻrib chiqilgan edi. Shunda Giladdagi Yazir shahrida Xevron nasli orasida qobiliyatli odamlar borligi aniqlandi. 32Shoh Dovud Yoriyoni va uning 2700 nafar qobiliyatli qarindoshini maʼmurlar qilib tayinladi. Ular Iordan daryosining sharq tomonidagi Ruben, Gad va Manashe qabilasining yarmi uchun masʼul boʻlib, Xudoning va shohning xizmatiga oid barcha masalalarni hal qilishlari kerak edi.
Currently Selected:
1 Solnomalar 26: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: