1 Solnomalar 27
27
27–BOB
Isroildagi harbiy tuzum
1Quyida Isroil xalqining urugʻboshilari, mingboshilari va yuzboshilarining, shuningdek, ularning sardorlari roʻyxati berilgan. Bu sardorlar shohning xizmatida boʻlib, har yili bir oy davomida vazifasini oʻtayotgan harbiy qismlar uchun masʼul edilar. Har bir qism 24.000 odamdan tashkil topgan edi.
2Birinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Zabdiyol oʻgʻli Yoshuvam edi. 3Yoshuvam Paraz naslidan edi.
4Ikkinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Oxoʻva urugʻidan boʻlgan Doʻdoʻ edi. Doʻdoʻning oʻng qoʻl yordamchisi Mixloʻt edi.
5Uchinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Binayo edi. U ruhoniy Yohayidoning oʻgʻli boʻlib, 6“Oʻttiz qahramon” orasidagi bahodir jangchilardan biri edi. “Oʻttiz qahramon”ning sardori ham ana shu Binayo#27:6 Binayo — 11:22-25 ga qarang. edi. Binayoning oʻgʻli Omizabod qismning bosh qoʻmondoni edi.
7Toʻrtinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Yoʻabning ukasi Osoyil edi. Osoyildan keyin oʻgʻli Zabadiyo otasining oʻrnini egalladi.
8Beshinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Shamhut edi. U Yizro urugʻidan edi.
9Oltinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Taxuvalik Ixesh oʻgʻli Ero edi.
10Yettinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Palonlik Xalez edi. U Efrayim qabilasidan edi.
11Sakkizinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Xushalik Sibaxay edi. Sibaxay Zerax urugʻidan edi.
12Toʻqqizinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Onotoʻtlik Abuazar edi. Abuazar Benyamin qabilasidan edi.
13Oʻninchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Natufolik Maxray edi. Maxray Zerax urugʻidan edi.
14Oʻn birinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Piratonlik Binayo edi. Binayo Efrayim qabilasidan edi.
15Oʻn ikkinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Natufolik Xaled#27:15 Xaled — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Xalday. Uning Xaled degan shakli 11:30 dan olingan. edi. Xaled Oʻtniyol urugʻidan edi.
Isroil qabilalarining yoʻlboshchilari
16Isroil qabilalarining yoʻlboshchilari quyidagilar edi:
Ruben qabilasining yoʻlboshchisi — Zixri oʻgʻli Eliazar,
Shimoʻn qabilasining yoʻlboshchisi — Maxo oʻgʻli Shafatiyo,
17Levi qabilasining yoʻlboshchisi — Kamuvol oʻgʻli Xashaviyo,
Horun naslining yoʻlboshchisi — Zodoʻx,
18Yahudo qabilasining yoʻlboshchisi — Dovudning akasi Elixu,
Issaxor qabilasining yoʻlboshchisi — Mikoyil oʻgʻli Omri,
19Zabulun qabilasining yoʻlboshchisi — Obodiyo oʻgʻli Yishmayo,
Naftali qabilasining yoʻlboshchisi — Ozriyol oʻgʻli Yarimoʻt,
20Efrayim qabilasining yoʻlboshchisi — Ozaziyo oʻgʻli Xoʻsheya,
Gʻarbdagi Manashe qabilasining yarmiga yoʻlboshchi — Podiyo oʻgʻli Yoʻel,
21Giladdagi Manashe qabilasining yarmiga#27:21 Giladdagi Manashe qabilasining yarmi — Gilad oʻlkasi Iordan daryosining sharq tomonida boʻlib, Manashe qabilasining yarmi shu yerda oʻrnashgan edi (Yoshua 13:8, 29-31 ga qarang). Qabilaning ikkinchi yarmi Iordan daryosining gʻarb tomonidagi Kanʼon yurtida oʻrnashgan edi (Yoshua 22:7 ga qarang). yoʻlboshchi — Zakariyo oʻgʻli Eddo,
Benyamin qabilasining yoʻlboshchisi — Abnur oʻgʻli Yasiyol,
22Dan qabilasining yoʻlboshchisi — Yeroxam oʻgʻli Ozariyol.
Isroil qabilalarining yoʻlboshchilari ana shulardan iborat edi.
23Dovud Isroil xalqini sanab chiqqanda, yigirma yoshdan pastini roʻyxatga kiritmagan edi, chunki Egamiz: “Isroil xalqini osmondagi yulduzlar kabi koʻpaytiraman”, deb vaʼda bergan edi. 24Zeruya oʻgʻli Yoʻab xalqni sanashni boshlagandi–yu, lekin oxiriga yetkazmagandi#27:24 …Yoʻab xalqni sanashni boshlagandi–yu, lekin oxiriga yetkazmagandi — 21:1-6 ga qarang.. Xalq sanalgani uchun Egamiz Isroilga gʻazabini sochgandi#27:24 …Egamiz Isroilga gʻazabini sochgandi — 21:7-15 ga qarang.. Shu sababdan bu sanoqning natijasi shoh Dovudning yilnomasiga kiritilmadi.
Shoh mulkini boshqaruvchilar
25Odil oʻgʻli Ozmobit saroy xazinaboni edi.
Uzziyo oʻgʻli Yoʻnatan esa qolgan hamma yerdagi — shaharlardagi, qishloqlardagi va qalʼalardagi xazinalar uchun masʼul edi.
26Xalub oʻgʻli Ezri yerga ishlov beradigan dehqonlar uchun masʼul edi.
27Ramalik Shimax uzumzorlar uchun masʼul edi.
Shafomlik Zabdi sharob omborlari uchun masʼul edi.
28Gederlik Baalxanon Yahudo qir etaklaridagi zaytunzorlar va shikamora–anjirzorlar#27:28 shikamora–anjir — anjirning qadimgi Yaqin Sharqda keng tarqalgan bir turi. Kattaligi yongʻoq daraxtiday, barglari esa tut barglariga oʻxshash boʻlib, yil davomida bir necha bor hosil beradigan sersoya daraxt. uchun masʼul edi.
Yoʻsh zaytun moyi omborlari uchun masʼul edi.
29Sharonlik Shitray Sharon tekisligida boqiladigan podalar uchun masʼul edi.
Adlay oʻgʻli Shofot vodiylarda boqiladigan podalar uchun masʼul edi.
30Ismoil urugʻidan Obil tuya podalari uchun masʼul edi.
Mironoʻtlik Yoxidayo eshak podalari uchun masʼul edi.
31Hojar urugʻidan Yoziz qoʻy suruvlari uchun masʼul edi.
Ana shularning hammasi shoh Dovud mulkini nazorat qilar edilar.
Dovudning shaxsiy maslahatchilari
32Dovudning amakisi Yoʻnatan donishmand odam boʻlib, maslahatchi va tafsirchi edi. Xaxmoʻn oʻgʻli Yoxiyol shoh oʻgʻillarining murabbiysi edi. 33Oxitofel shohning maslahatchisi edi. Orux urugʻidan Xushay shohning doʻsti edi. 34Oxitofeldan keyin uning oʻrniga Binayo oʻgʻli Yohayido va Abuatar maslahatchi boʻldi. Yoʻab shoh qoʻshinining lashkarboshisi edi.
Currently Selected:
1 Solnomalar 27: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: