YouVersion Logo
Search Icon

1 Solnomalar 1

1
1–BOB
Odam Atodan Ibrohimgacha boʻlgan nasllar
Odam Atodan Nuh oʻgʻillarigacha boʻlgan nasllar
1Odam Atodan Shis tugʻildi, Shisning nasli quyidagilardir: Enoʻsh, 2Xenan, Maxaliyol, Yored, 3Xanoʻx#1:3 Xanoʻx — sharq yozma adabiyotida Idris paygʻambar deb eʼtirof etilgan., Matushaloh, Lamak 4va Nuh.
Nuhning Som, Xom va Yofas degan uch oʻgʻli bor edi#1:4 …va Nuh. Nuhning Som, Xom va Yofas degan uch oʻgʻli bor edi — qadimiy yunoncha tarjimadan (yana Ibtido 6:10 ga qarang). Ibroniycha matnda …Nuh, Som, Xom va Yofas..
Yofasdan kelib chiqqan xalqlar
5Yofas nasli: Goʻmer, Magoʻg, Moday, Yovon, Tuval, Meshex, Tiros va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
6Goʻmer nasli: Ashkanoz, Rifat#1:6 Rifat — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Difat. Uning Rifat degan shakli Ibtido 10:3 dan olingan., Toʻxarmo va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
7Yovon nasli: Elishox, Tarshish, Kit, Roʻdon va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
Xomdan kelib chiqqan xalqlar
8Xom nasli: Kush#1:8 Kush — Misrdan janubda oʻrnashgan xalqning bobokaloni edi. Ibroniycha matndagi bu soʻz odatda Habashiston deb tarjima qilinadi. Qadimgi Habashiston hududi hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining baʼzi qismlarini oʻz ichiga olgan., Mizra#1:8 Mizra — Misr xalqining bobokaloni edi. Ibroniycha matndagi bu soʻz odatda Misr deb tarjima qilinadi., Fut, Kanʼon va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
9Kush nasli: Savo, Xavila, Sabto, Ramo, Sabtaxo va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
Ramo nasli: Shava, Dedon va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
10Kushning naslida yana Nimroʻd degani ham bor edi. Nimroʻd yer yuzidagi birinchi buyuk jangchi edi.
11Mizra nasli: Lud, Onom, Laxov, Naftux, 12Patroʻs, Kasluv, Xaftoʻr va ulardan kelib chiqqan xalqlar. Kasluvdan Filist xalqi kelib chiqdi#1:12 Kasluvdan Filist xalqi kelib chiqdi — ibroniycha matndan. Eski Ahdning baʼzi joylarida, Filist xalqi Xaftoʻrdan kelib chiqqan, deb yozilgan (Yeremiyo 47:4, Amos 9:7 ga qarang). Shu bois, baʼzi tarjimalarda Kasluv oʻrniga Xaftoʻr soʻzi ishlatilib Xaftoʻrdan Filist xalqi kelib chiqdi deb aytilgan. Oyatdan koʻrinib turibdiki, Kasluv va Xaftoʻr qondosh xalqlar boʻlgan. Filistlar Kasluv xalqi istiqomat qilgan yerlardan kelib chiqib, keyinchalik Xaftoʻrda, yaʼni hozirgi Krit orolida oʻrnashgan boʻlishlari mumkin. Kasluv xalqi haqida deyarli hech qanday maʼlumot saqlanib qolmagan..
13Kanʼon nasli: Kanʼonning toʻngʻich oʻgʻli Sidon, Xet va ulardan kelib chiqqan xalqlar. 14Kanʼondan Yobus, Amor, Girgosh, 15Xiv, Oruq, Sin, 16Arvod, Zamar va Xomat xalqlari ham kelib chiqdi.
Somdan kelib chiqqan xalqlar
17Som nasli: Elam, Oshur, Arpaxshod, Lud, Oram va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
Oram nasli: Uz, Xul, Geter, Meshex#1:17 …Oram va ulardan kelib chiqqan xalqlar. Oram nasli: Uz, Xul, Geter, Meshex… — bitta ibroniy qoʻlyozmasidan va qadimiy yunoncha tarjimaning baʼzi qoʻlyozmalaridan (yana Ibtido 10:23 ga qarang). Ibroniycha matnda …Oram, Uz, Xul, Geter, Meshex…. va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
18Arpaxshodning Shilax degan oʻgʻli bor edi. Shilaxning Ibir#1:18 Ibir — ehtimol, ibroniy soʻzi shu soʻzdan hosil boʻlgan. Ibroniy soʻzi millat maʼnosida dastlab Ibrohimga va uning nasliga nisbatan qoʻllanilgan (Ibtido 10:21, 14:13, 39:14,17, 40:15, 41:12 va 43:32 ga qarang). degan oʻgʻli bor edi.
19Ibir ikki oʻgʻil koʻrdi: birinchisining ismini Palax qoʻydi, chunki uning davrida dunyo boʻlinib ketdi#1:19 …Palax…davrida dunyo boʻlinib ketdi — ibroniychada Palax ismining maʼnosi — boʻlinib ketdi. Bu gapda Xudo insoniyatni turli millat va tillarga boʻlgani, ularni butun yer yuzi boʻylab tarqatib yuborgani nazarda tutilgan boʻlishi mumkin (Ibtido 11:1-9 ga qarang). Palax soʻzining oʻzagi boʻlgan ibroniycha feʼl Zabur 54:10 da ishlatilgan. Oʻsha oyatda sano ijodkori Xudodan dushmanlarning gapini chalkashtirishni (yaʼni boʻlib tashlashni) soʻragan.. Ikkinchisining ismi Yoxton edi.
20Yoxtonning nasli: Elmoʻdod, Shalaf, Xazormavat, Yorax, 21Hadoram, Uzol, Dikla, 22Obal#1:22 Obal — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Ebal. Uning Obal degan shakli Ibtido 10:28 dan olingan., Abumayl, Shava, 23Ofir, Xavila, Yoʻvov va ulardan kelib chiqqan xalqlar. Yoxtonning nasli mana shular edi.
24Somdan Ibrohimgacha boʻlgan nasllar quyidagicha edi: Som, Arpaxshod, Shilax, 25Ibir, Palax, Ravu, 26Sarugʻ, Naxoʻr, Terah, 27Ibrom, yaʼni Ibrohim.
Ibrohimning nasli
28Ibrohimning oʻgʻillari Isʼhoq va Ismoildir. 29Ularning nasl–nasabi quyidagichadir:
Ismoilning toʻngʻich oʻgʻli — Navayot, keyingilari — Kedar, Adbal, Mivsom, 30Mishmo, Dumax, Masso, Hadad, Temo, 31Yatur, Nofish va Kedemax. Mana shular Ismoilning oʻgʻillaridir.
32Choʻri#1:32 choʻri — ibroniycha matnda bu soʻzning maʼnosi quyidagicha: choʻri boʻlgan ayollar qonuniy xotin boʻlmasalar–da, xoʻjayinlari ular bilan jinsiy aloqada boʻlishgan. Qadimgi paytlarda bu ayollarning jiddiy qonuniy huquqlari boʻlib, xoʻjayinlari ularning erlari sifatida boʻlgan. Xaturo Ibrohimga tugʻib bergan oʻgʻillar — Zimron, Yoxshon, Midon, Midiyon, Yishboq va Shuvax. Yoxshonning Shava va Dedon degan oʻgʻillari bor edi. 33Midiyonning Efax, Ifar, Xanoʻx, Avido va Eldax degan oʻgʻillari bor edi. Mana shularning hammasi Xaturoning avlodlaridir.
34Ibrohim oʻgʻli Isʼhoqning Esov bilan Yoqub#1:34 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang). degan oʻgʻillari bor edi.
Esovning nasli
35Esovning oʻgʻillari — Elifaz, Ruvel, Yoush, Yalom va Koʻrax.
36Elifazning oʻgʻillari — Temon, Oʻmar, Zafoʻ#1:36 Zafoʻ — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Zafi. Uning Zafoʻ degan shakli Ibtido 36:11 dan olingan., Gatam, Xanaz va Timna ismli choʻrisi tuqqan oʻgʻli Omolek#1:36 …va Timna ismli choʻrisi tuqqan oʻgʻli Omolek — qadimiy yunoncha tarjimaning baʼzi qoʻlyozmalaridan (yana Ibtido 36:12 ga qarang). Ibroniycha matnda …Timno va Omolek..
37Ruvelning oʻgʻillari — Naxat, Zerax, Shammox va Mizzo.
Edomning tub aholisi
38Seir#1:38 Seir — Edom xalqining bobokaloni (Ibtido 36:20-21 ga qarang). Bu xalq Oʻlik dengizning janubida oʻrnashgan. Edom yurtining yana bir nomi Seir edi. oʻgʻillari — Loʻton, Shoʻval, Ziboʻn, Anah, Dishon, Ezer va Dishan.
39Loʻtonning oʻgʻillari — Xoʻri bilan Xoʻmam. Loʻtonning Timna degan singlisi ham bor edi.
40Shoʻvalning oʻgʻillari — Eliyon, Monaxat, Ebal, Shafo#1:40 Shafo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shafi. Uning Shafo degan shakli Ibtido 36:23 dan olingan. va Oʻnam.
Ziboʻnning oʻgʻillari — Oyo bilan Anah.
41Anahning oʻgʻli — Dishon.
Dishonning oʻgʻillari — Xamdon#1:41 Xamdon — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Xamron. Uning Xamdon degan shakli Ibtido 36:26 dan olingan., Eshbon, Yitron va Xeron.
42Ezerning oʻgʻillari — Bilxan, Zavon va Oqon#1:42 Oqon — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yaqon. Uning Oqon degan shakli Ibtido 36:27 dan olingan..
Dishanning oʻgʻillari — Uz va Oron.
Edom shohlari va yoʻlboshchilari
43Hali Isroilda shohlar boʻlmasdan oldin ham, Edomda shohlar hukmronlik qilgan edi. Bu shohlar quyidagilardir:
Bavoʻr oʻgʻli Belax. U Dinxaba shahridan edi.
44Belax vafot etgach, uning oʻrniga Zerax oʻgʻli Yoʻvov shoh boʻldi. U Bozrax shahridan edi.
45Yoʻvov vafot etgandan keyin, uning oʻrniga Xushom shoh boʻldi. U Temon yurtidan edi.
46Xushom vafot etgach, uning oʻrniga Badad oʻgʻli Hadad shoh boʻldi. U Obit shahridan edi. Hadad Moʻab yurtida Midiyon lashkarini qirib tashlagan edi.
47Hadad vafot etgandan keyin, uning oʻrniga Samlo shoh boʻldi. U Masrixo shahridan edi.
48Samlo vafot etgandan keyin, uning oʻrniga Shovul shoh boʻldi. U Furot daryosi#1:48 Furot daryosi — ibroniycha matnda daryo, Furot daryosi nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. boʻyidagi Rexoboʻt shahridan edi.
49Shovul vafot etgandan keyin, uning oʻrniga Axbor oʻgʻli Baalxanon shoh boʻldi.
50Baalxanon vafot etgandan keyin, uning oʻrniga Hadad shoh boʻldi. U Pogʻu#1:50 Pogʻu — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Pogʻiy. Uning Pogʻu degan shakli Ibtido 36:39 dan olingan. shahridan edi. Hadadning xotini Maxitaval edi, Maxitavalning otasi — Matrid, bobosi Mezaxab edi. 51Oxiri Hadad ham olamdan oʻtdi.
Edom yoʻlboshchilari quyidagilar edi: Timno, Elvo#1:51 Elvo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Eliyo. Uning Elvo degan shakli Ibtido 36:40 dan olingan., Yetet, 52Oxolibom, Elox, Pinon, 53Xanaz, Temon, Mivzar, 54Maxdiyol va Irom. Edom yoʻlboshchilari ana shulardan iboratdir.

Currently Selected:

1 Solnomalar 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in