1 Solnomalar 19
19
19–BOB
Dovud Ommon va Oram xalqlarini magʻlub qiladi
1Oradan bir qancha vaqt oʻtgach, Ommon#19:1 Ommon — bu yurt Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan edi. shohi Naxosh olamdan oʻtib, oʻrniga oʻgʻli Xanun shoh boʻldi. 2Dovud: “Naxosh menga sodiq edi, men ham uning oʻgʻli Xanunga sodiq boʻlayin”, deb koʻnglidan oʻtkazdi. Shunday qilib, Dovud Xanunga otasining vafoti munosabati bilan tasalli berish uchun oʻz elchilarini joʻnatdi.
Dovudning elchilari Xanunga tasalli bergani Ommon yurtiga borishgach, 3Ommon beklari Xanunga shunday deb oʻrgatishdi: “Dovud bu odamlarini otangiz hurmati uchun joʻnatgan, deb oʻylaysizmi? Yoʻq, bu elchilar sizning huzuringizga yomon niyat bilan kelishgan, ular yurtni kuzatib, tekshirib, keyin qoʻlga kiritishmoqchi.” 4Shu gapdan soʻng Xanun Dovudning elchilarini ushladi, ularning soqollarini qirdirib, kiyimlarini sonlarigacha kestirib, orqaga qaytarib yubordi. 5Elchilar qaytib ketishdi. Dovud bu voqeani eshitdi–yu, elchilarini kutib olish uchun odamlar joʻnatdi. Elchilar juda sharmandali ahvolda qolgan edilar. Shoh oʻsha elchilariga: “Soqolingiz oʻsguncha Yerixoda qolinglar, keyin mening oldimga qaytib kelinglar”, deb ayttirib yubordi.
6Ommon xalqi: “Endi Dovudning gʻazabiga duchor boʻldik”, deb oʻyladilar. Shuning uchun Xanun va Ommon xalqi Oram–Naxrayimdan, Oram–Maxodan va Zoʻvo shohliklaridan#19:6 …Oram–Naxrayimdan, Oram–Maxodan va Zoʻvo shohliklaridan… — Isroildan shimolda va shimoli–sharqda joylashgan ittifoqdosh shohliklar. jang aravalari va otliqlar yollash uchun 2000 pud#19:6 2000 pud — ibroniycha matnda 1000 talant, taxminan 34 tonnaga toʻgʻri keladi. kumush yubordilar. 7Xanun 32.000 ta jang aravasini va Maxo shahri shohini lashkari bilan yolladi. Maxo shohi kelib, Midavo shahri#19:7 Midavo shahri — Oʻlik dengizning shimoliy qirgʻogʻidan qariyb 20 kilometr sharqda joylashgan. yonida qarorgoh qurdi. Ommon xalqi ham oʻz shaharlaridan chiqib, jangga otlandi.
8Dovud bu xabarni eshitdi–yu, lashkarboshi Yoʻab boshchiligida qoʻriqchilarining hammasini urushga safarbar qildi. 9Ommon lashkari shahar#19:9 shahar — Ommon yurtining poytaxti Rabba nazarda tutilgan boʻlishi mumkin (shu bobning 15–oyatiga va 20:1 ga qarang). darvozasi oldida Dovudga qarshi saf tortdi. Yordamga kelgan shohlar ham yalanglikda alohida saf tortdilar.
10Yoʻab gʻanim toʻdalari orqayu oldindan hujum qilayotganini koʻrdi. U Isroilning saralangan sipohlaridan tanlab oldi–da, Oram lashkariga qarshi saf torttirdi. 11Qolganlariga esa ukasi Abushayni bosh qilib, Ommonlarga qarshi shay qilib qoʻydi. 12Yoʻab Abushayga:
— Oram lashkari mendan ustun kelsa, sen yordamga kelasan, — dedi. — Bordi–yu, Ommonlar sendan baland kelsa, men yordamga boraman. 13Bardam boʻl! Xalqimiz va Xudoyimizning shaharlari uchun mardlarcha kurash olib boraylik. Egamizning xohish–irodasi bajo boʻlsin.
14Yoʻab boshchiligidagi sipohlar Oram lashkariga qarshi tashlandilar. Oram lashkari esa ularning oldiga tushib qochib qoldi. 15Ularning qochganini koʻrgan Ommonlar ham Yoʻabning ukasi Abushaydan qochib, shaharga berkindilar. Shundan keyin Yoʻab Quddusga qaytib ketdi.
16Oram lashkari Isroil lashkaridan yengilganini anglab yetgach, xabarchilar yuborib, Furot daryosining narigi tomonida turgan oʻz lashkarini chaqirtirib keldilar. Ularga lashkarboshi qilib, shoh Hadadzar lashkarining qoʻmondoni Shoʻvaxni#19:16 Shoʻvax — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shoʻfax. Uning Shoʻvax degan shakli 2 Shohlar 10:16 dan olingan. tayinladilar. 17Dovud bu voqeani eshitib, jamiki Isroil lashkarini yigʻdi. Iordan daryosini kechib oʻtib, Oram lashkariga qarshi saf tortdi. Oram lashkari hujumga oʻtdi. 18Ammo ular bu safar ham Isroil lashkarining oldiga tushib qochib qolishdi. Dovud Oram lashkarining 7000 nafar jang aravasi aravakashini va 40.000 nafar sipohini oʻldirdi. Hadadzarning lashkarboshisi Shoʻvax ham Dovudning qoʻlidan halok boʻldi.
19Shunday qilib, Hadadzarning qoʻli ostidagi shohlar Isroildan magʻlub boʻlib, Dovud bilan sulh tuzishga majbur boʻlishdi. Ular Dovudga qaram boʻlib qolishdi. Shundan keyin Oram xalqi Ommon xalqiga yordam berishdan bosh tortadigan boʻldi.
Currently Selected:
1 Solnomalar 19: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: