YouVersion Logo
Search Icon

1 Solnomalar 18

18
18–BOB
Dovudning jangdagi gʻalabalari
1Birmuncha vaqt oʻtgach, Dovud yana Filistlarga hujum qilib, ularni magʻlub qildi. Gat shahri#18:1 Gat shahri — 13:13 izohiga qarang. va uning atrofidagi qishloqlarni Filistlardan tortib oldi.
2Soʻng Moʻab xalqini ham magʻlub qildi. Moʻab xalqi Dovudga qaram boʻlib, oʻlpon toʻlaydigan boʻlishdi.
3Zoʻvo#18:3 Zoʻvo — bu yurt Damashqdan shimolda joylashgan edi. shohi Hadadzar Furot daryosi boʻylariga yurish qilib, oʻsha yerlarda oʻz hokimiyatini oʻrnatmoqchi boʻlgan bir paytda Dovud unga hujum qildi. Dovud Hadadzarni Xomat shahri yonida tor–mor etdi. 4Hadadzarning 1000 ta jang aravasini, 7000 otliq va 20.000 piyoda sipohini asirga oldi. Oʻzining 100 ta jang aravasi uchun kerakli otlarni qoldirib, boshqa hamma otlarni mayib qildi.
5Damashqdagi Oram xalqi Zoʻvo shohi Hadadzarga yordamga kelgan edi, Dovud ulardan 22.000 kishini oʻldirdi. 6Soʻng Damashqdagi Oram xalqining shaharlariga oʻzining qoʻnolgʻalarini joylashtirdi. Oram xalqi ham Dovudga qaram boʻlib, oʻlpon toʻlaydigan boʻldi. Shunday qilib, Dovud qayerga bormasin, Egamiz uni zafarga erishtirdi.
7Dovud Hadadzarning aʼyonlari koʻtarib yuradigan oltin qalqonlarni qoʻlga kiritib, Quddusga keltirdi. 8Yana Hadadzarning qoʻli ostidagi shaharlari boʻlgan Tivxat va Xundan koʻp bronza olib keldi. Keyinchalik Sulaymon bu bronzadan hovuz, ustunlar va har xil ashyolar yasattirdi#18:8 Sulaymon…yasattirdi — 3 Shohlar 7:13-26, 40-45 ga qarang..
9Xomat#18:9 Xomat — bu yurt Zoʻvo yurtidan shimolda joylashgan edi. shohi Toʻax#18:9 Toʻax — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Toʻvu (shu bobning 10–oyatida ham bor). Uning Toʻax degan shakli 2 Shohlar 8:9 dan olingan.: “Dovud Hadadzarning butun lashkarini magʻlub qilibdi” degan xabarni eshitib qoldi. 10Toʻax shoh Dovudning huzuriga oʻgʻli Yoramni#18:10 Yoram — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Hadoram. Uning Yoram degan shakli 2 Shohlar 8:10 dan olingan. yuborib, qutladi, jangda Hadadzardan gʻolib kelgani uchun Dovudni olqishladi. Toʻax Hadadzar bilan uzoq vaqtdan beri urishib kelardi. U Dovudga oltin, kumush, bronza idishlarni tortiq qilib yubordi. 11Shoh Dovud bu inʼomlarni boshqa yurtlardan — Edom, Moʻab, Ommon, Filist va Omolekdan tortib olib kelgan oltinu kumushlar bilan birga Egamizga nazr qildi.
12Zeruya oʻgʻli Abushay Tuz vodiysida#18:12 Tuz vodiysi — Oʻlik dengizning janubidagi oʻlka. Edom xalqidan 18.000 kishini halok qildi. 13U Edom yurtiga#18:13 Edom yurti — Oʻlik dengizning janubida joylashgan edi. oʻz qoʻnolgʻalarini joylashtirdi. Edom xalqi Dovudga qaram boʻldi. Dovud qayerga bormasin, Egamiz uni zafarga erishtirdi.
14Dovud butun Isroilda shohlik qilar ekan, xalqini odillik bilan boshqarardi. 15Zeruya oʻgʻli Yoʻab — lashkarboshi, Oxilud oʻgʻli Yohushafat mushovir#18:15 mushovir — lugʻaviy maʼnosi maslahatchi. Bu oʻrinda xabarchi. U shohlik ichidagi va xalq orasidagi xabarni shohga, shohning farmonlarini xalqqa yetkazib turgan. edi. 16Oxitob oʻgʻli Zodoʻx bilan Abuatar oʻgʻli Oximalek#18:16 Oximalek — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Abumalek. Uning Oximalek degan shakli 2 Shohlar 8:17 dan olingan. — ruhoniy, Sarayo#18:16 Sarayo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shavsho. Uning Sarayo degan shakli 2 Shohlar 8:17 dan olingan. mirza edi. 17Yohayido oʻgʻli Binayo Xaretlik va Palatlik qoʻriqchilarning#18:17 Xaretlik va Palatlik qoʻriqchilar — Dovud yollagan bu muhojir sipohlar shohning shaxsiy qoʻriqchilari boʻlib xizmat qilgan. boshligʻi edi. Dovudning oʻgʻillari saroyda yuksak lavozimdagi aʼyonlar edilar.

Currently Selected:

1 Solnomalar 18: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in