1 Solnomalar 20
20
20–BOB
Dovud Rabba shahrini bosib oladi
1Bahor boshlanib, shohlar urushga ketadigan payt ham boʻldi. Yoʻab lashkarni jangga boshladi. Ular Ommon yurtini yakson qilib, Rabba shahrini#20:1 Rabba shahri — Ommon yurtining poytaxti. qamal qilishdi. Dovudning oʻzi Quddusda qolgan edi. Yoʻab Rabbaga hujum qilib, shaharni qoʻlga kiritdi. 2Dovud Rabbaga yetib borgach, Ommon shohining boshidagi tojini#20:2 Ommon shohining boshidagi toj — yoki Milkomning haykali ustidagi toj. Milkom — Ommon xalqining xudosi Moʻlaxning yana bir nomi. oldi. Qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan, ogʻirligi ikki pud#20:2 ikki pud — ibroniycha matnda bir talant, taxminan 34 kiloga toʻgʻri keladi. keladigan bu oltin toj Dovudning boshiga kiydirildi. Dovud shahardan katta miqdorda oʻlja ham yigʻdi. 3U shahar aholisini arra, choʻkich va bolta bilan bajariladigan ishlarga majbur qildi. Dovud Ommon shaharlarining hammasida shu usulni qoʻlladi. Shundan keyin u jamiki lashkarini boshlab, Quddusga qaytib ketdi.
Filist pahlavonlariga qarshi jang
4Shundan soʻng Gezer shahrida Filistlar bilan yana urush chiqdi. Xushalik Sibaxay bu urushda Sof#20:4 Sof — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Sippay. Uning Sof degan shakli 2 Shohlar 21:18 dan olingan. degan odamni oʻldirdi. Sof Rafa xalqidan#20:4 Rafa xalqi — Isroil xalqidan avval Kanʼonda yashagan, gavdasi ulkan, kuchli jangchilari bilan mashhur boʻlgan xalq (Qonunlar 2:10-11, 20-21, 3:11 ga qarang). edi. Filistlar Isroil xalqiga boʻyin egdilar.
5Koʻp oʻtmay Isroil lashkari bilan Filistlar oʻrtasida yana urush boʻldi. Yovir oʻgʻli Elxanon Gatlik#20:5 Gat — Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan bu shahar Filistlarning beshta asosiy shahridan biri edi. Goʻliyotning#20:5 Goʻliyot — 1 Shohlar 17:4-11, 40-54 ga qarang. ukasi Laxmini oʻldirdi. Goʻliyot nayzasining sopi toʻquvchining dastgohi xodasiday kelardi.
6Soʻngra yana Gat shahrida urush boʻldi. U yerda ham Rafa xalqidan devday bir odam bor edi. Uning qoʻl–oyoqlari olti barmoqli edi, hammasi boʻlib yigirma toʻrtta barmogʻi bor edi. 7Oʻsha odam Isroil lashkarini haqorat qilgan edi, Yoʻnatan uni oʻldirdi. Yoʻnatan Dovudning akasi Shimoning oʻgʻli edi.
8Dovud va uning odamlari tomonidan oʻldirilgan oʻsha Filistlar Gatlik boʻlib, Rafa xalqidan edilar.
Currently Selected:
1 Solnomalar 20: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: