1 Solnomalar 17
17
17–BOB
Natan paygʻambar shoh Dovudga xabar beradi
1Dovud oʻz saroyiga oʻrnashib olgach, Natan paygʻambarga dedi:
— Qarang, men sadr yogʻochidan qurilgan uyda yashayapman, Egamizning Ahd sandigʻi esa chodirda turibdi.
2— Koʻnglingda nima boʻlsa, shuni qilaver, Xudo sen bilan, — dedi Natan.
3Oʻsha kuni kechasi Natanga Egamizning soʻzi ayon boʻldi:
4“Qulim Dovudning oldiga borgin–da, unga shu gaplarni yetkaz: «Egam shunday demoqda: istiqomat qilishim uchun uyni Menga sen qurmaysan. 5Isroil xalqini Misrdan olib chiqqanimdan to shu kungacha biror uyda yashagan emasman. U yerdan–bu yerga koʻchib yurdim, chodirda maskan qildim. 6Men hech qachon Isroil xalqining hakamlariga#17:6 hakamlar — Isroil yoʻlboshchilari baʼzan hakamlar deb atalgan. Isroil xalqi dushmanlariga qarshi urush ochganda, hakamlar lashkarboshi sifatida xizmat qilardi. Shuningdek, hakamlar qozi vazifasini, ayrim hollarda diniy vazifalarni ham bajarar edilar. shikoyat qilmadim. Xalqimga choʻponlik qilish vazifasini ularning zimmasiga yuklagan boʻlsam–da, hech qachon ularning birortasiga: ‘Nima uchun Menga sadr daraxti yogʻochidan uy qurib bermadingizlar?’ deb aytmadim.»
7Endi qulim Dovudga ayt: «Sarvari Olam shunday demoqda: Men seni yaylovlardagi qoʻy suruvi orasidan tanlab olib, xalqim Isroilga hukmdor qildim. 8Qayerga borsang, sen bilan boʻldim, hujum qilganingda, hamma gʻanimlaringni yoʻq qildim. Endi sening nomingni olamdagi ulugʻ odamlarning nomi singari mashhur qilaman. 9-10Xalqim Isroilga ilk hakamlarni tayinlaganimdan buyon vijdonsiz odamlar xalqimni ezib keldilar. Endi xalqim Isroil uchun bir yurt tayin etib, ularni oʻsha yerga oʻtqazaman. Ular oʻz yurtida istiqomat qilishadi, boshqa behalovat boʻlishmaydi. Hamma gʻanimlaringni senga boʻysundiraman. Men, Egang, sen uchun bir xonadon barpo etaman, deb aytmoqdaman. 11Sen olamdan oʻtib, ota–bobolaring yoniga dafn qilinganingdan keyin ham, Men oʻgʻillaringdan birini, pushti kamaringdan bino boʻlgan farzandingni shoh qilib, uning shohligini mustahkamlayman. 12Menga atab uyni u quradi. Men esa uning taxtini to abad mustahkam qilaman. 13Men unga ota boʻlaman, u esa Menga oʻgʻil boʻladi. Men sendan oldingi shohni marhamatimdan mahrum qilgan edim. Lekin oʻgʻlingdan hech qachon marhamatimni darigʻ tutmayman. 14Men uni Oʻz xonadonim va shohligim ustiga abadiy oʻtqazaman, uning taxti to abad mustahkam boʻladi.»”
15Xudo ayon qilganlarning hammasini Natan Dovudga aytdi.
Dovud shukrona aytib ibodat qiladi
16Shundan keyin shoh Dovud Egamizning huzurida oʻtirib#17:16 …Egamizning huzurida oʻtirib… — Dovud Quddusda Ahd sandigʻini qoʻygan maxsus chodirda oʻtirgan boʻlishi mumkin (15:1, 16:1 ga qarang). Ahd sandigʻi Xudo Oʻz xalqi orasida ekanligining ramzi edi., shunday ibodat qildi:
“Ey Parvardigor Egam! Men kim boʻlibman, xonadonim nima boʻlibdiki, Sen meni bu qadar ulugʻlading?! 17Buning ustiga, ey Xudo, Sen kelajak zamonda yuz beradigan voqealarni xabar qilding. Bu qulingning xonadoni uchun koʻp vaʼda berding. Nazaringda meni ulugʻ odamday bilding#17:17 Nazaringda meni ulugʻ odamday bilding… — yoki Inson bilishni istagan narsani Sen menga ayon etding…., ey Parvardigor Egam! 18Sen bu qulingni shuhratga erishtirding, Senga bundan ortiq nima ham deya olardim?! Axir, bu qulingni bilasan–ku. 19Ey Egam, Sen bu qulingning haqi–hurmati uchun Oʻz xohishingga muvofiq, shunday ulugʻvor ish qilding. Bu buyuk vaʼdalaringni bizga ayon qilding.
20Senga oʻxshagan boshqa xudo haqida hech qachon eshitmaganmiz. Sening aslo oʻxshashing yoʻq. Ey Egam, Sendan oʻzga Xudo yoʻq! 21Xalqing Isroilga oʻxshashi yoʻq! Ey Xudoyim, boshqa qaysi xalqni Sen qullikdan xalos qilib, Oʻzingning xalqing qilding?! Sen Oʻz xalqingni Misrdan olib chiqib, butun olamga shuhratingni yoyding. Buyuk va ajoyib ishlaring orqali xalqing oldidan begona xalqlarni quvding. 22Xalqing Isroilni to abad Oʻzingning xalqing qilding. Ey Egam, Sen ularning Xudosi boʻlding.
23Ey Egam! Bu qulingga va uning xonadoniga qarata aytgan soʻzingda to abad tur, bergan vaʼdangni bajar, 24toki odamlar, Sarvari Olam — Isroil xalqining Xudosi ekan, deb nomingni to abad maqtab yursinlar. Ha, quling Dovudning xonadonini Oʻzing har doim mustahkam qilgin. 25Zotan, Sen, ey Xudoyim, bu qulingga, sening xonadoningni barpo etaman, deb ayon etgansan! Shu sababdan bu quling Senga ibodat qilishga jurʼat etdi. 26Ey Egam! Sen Xudosan. Sen bu qulingga ana shunday ezgu narsalarni vaʼda qilgansan. 27Agar Oʻzing maʼqul koʻrsang, bu qulingning xonadoniga marhamat qilgin, toki Sening huzuringda to abad tursin. Zotan, Sen marhamat qilgan xonadon, ey Egam, to abad marhamatga sazovor boʻlgʻay.”
Currently Selected:
1 Solnomalar 17: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: