YouVersion Logo
Search Icon

Rut 1

1
1–BOB
Elimalek oilasi bilan Baytlahmdan Moʻabga koʻchadi
1Isroilda hakamlar#1:1 hakamlar — oʻsha vaqtda Isroilning yoʻlboshchilari hakamlar deb atalgan. Isroil xalqi dushmanlariga qarshi urush ochganda, hakamlar lashkarboshi sifatida xizmat qilardi. Shuningdek, hakamlar qozi vazifasini, ayrim hollarda diniy vazifalarni ham bajarar edilar. Hakamlar 2:16-19 ga qarang. hukmronligi davrida bir muddat ocharchilik boʻlgan edi. Bir odam xotini va ikki oʻgʻli bilan birga birmuncha vaqt yashash niyatida Moʻab yurtiga#1:1 Moʻab yurti — Oʻlik dengizning sharq tomonida joylashgan. Moʻab xalqi butlarga sigʻinardi. Bu xalq koʻpincha Isroil xalqining dushmani edi. joʻnadi. U Yahudoning Baytlahm shahridan#1:1 Baytlahm shahri — Quddusdan qariyb 8 kilometr janubda joylashgan. edi. 2U odamning nomi Elimalek, xotinining oti Naima, oʻgʻillarining ismlari esa Maxloʻn va Xilyon edi. Bu oila Yahudoning Baytlahm shahridan — Efratlik#1:2 Efrat — Baytlahm shahri atrofidagi yerlar. edi. Ular Moʻab yurtiga borib, oʻsha yerda yashab qoldi.
3Ular oʻsha yerda yashayotganlarida, Elimalekning ajali yetdi. Naima ikki oʻgʻli bilan qoldi. 4Uning oʻgʻillari Moʻablik qizlarga uylandilar. Qizlardan birining ismi Oʻrpa, ikkinchisiniki Rut#1:4 …Oʻrpa…Rut… — Oʻrpa Xilyonning xotini, Rut Maxloʻnning xotini edi (4:10 ga qarang). edi. Ular oʻsha yerda oʻn yilcha yashashgandan keyin 5Maxloʻn va Xilyon ikkalasi ham vafot etishdi. Naima ham eridan, ham farzandlaridan ayrilib, yolgʻiz qoldi.
Naima va Rut Baytlahmga qaytishadi
6-7“Egamiz Oʻz xalqiga eʼtibor berib, ularga non berdi” degan xabarni eshitgach, Naima oʻz yurtiga qaytishga qaror qildi. Naima yashab kelgan Moʻab yurtini tashlab, kelinlari bilan birga yoʻlga tushdi va Yahudoga qarab yurishdi. 8Yoʻlda davom etisharkan, Naima ikkala keliniga dedi:
— Boringlar, ikkovingiz ham onalaringizning uylariga qaytinglar. Menga va marhumlarga boʻlgan izzat–hurmatingiz uchun Egam sizlarga ham marhamat qilsin. 9Ikkovlaringizga ham yaxshi joylardan ato qilsin, turmush qurib, oʻz erlaringiz bilan baxtli boʻlinglar!
Shunday deb Naima kelinlarini oʻpdi, ikkalasi esa yigʻlab faryod koʻtarishdi:
10— Yoʻq, biz siz bilan ketamiz, sizning xalqingiz orasida yashaymiz, — deyishdi. 11Naima esa yana kelinlariga:
— Qaytinglar, jon qizlarim! — dedi. — Men bilan ketganingizdan nima foyda?! Qornimda yana oʻgʻillarim bormidiki, sizlarga umr yoʻldoshi boʻlsa?!#1:11 Qornimda yana oʻgʻillarim bormidiki, sizlarga umr yoʻldoshi boʻlsa?! — Tavrot qonuniga koʻra, odam farzand koʻrmasdan vafot etgan boʻlsa, marhumning aka–ukalaridan yoki eng yaqin urugʻlaridan biri uning naslini davom ettirish maqsadida beva qolgan xotinni olishi kerak edi. Ulardan tugʻilgan bolalar oʻlgan odamniki hisoblangan. Shu tariqa marhumning nomi davom etavergan (Qonunlar 25:5-10 ga qarang). Maxloʻn va Xilyonning aka–ukalari boʻlmagani sababli, ularning oilasi nomini davom ettirish uchun deyarli imkon yoʻq edi. 12Boʻldi endi, qizlarim, qaytinglar! Men endi keksaydim, erga tegishga ojizman. Bordi–yu, men, hali umid qilsam boʻladi, deb shu kecha erim bilan qovushsam–u, oʻgʻillar tugʻsam, 13ular ulgʻayguncha sizlar kutib turarmidingiz?! Orqaga choʻzib, turmushga chiqmay yurarmidingizlar?! Yoʻq, qizlarim. Sizlarni oʻylab juda qaygʻuryapman. Axir, Egam shuncha koʻrgilikni boshimga soldi–ku.
14Ular yana yigʻlab, dod–voy koʻtarishdi. Nihoyat, Oʻrpa qaynanasi bilan oʻpishib xayrlashib, orqaga qaytib ketdi. Rut esa Naimaga yopishib oldi.
15Naima Rutga:
— Mana, ovsining oʻz xalqi orasiga, oʻz xudolariga#1:15 …oʻz xudolariga… — yoki …oʻz xudosiga…. Xamoʻsh Moʻab xalqining xudosi edi (3 Shohlar 11:33 ga qarang). sigʻinadigan yurtga qaytib ketdi. Sen ham uning orqasidan borgin, — dedi.
16— Sizdan ajralishga, qaytib ketishga meni majbur qilmang, — dedi Rut. — Siz qayerga borsangiz, men ham oʻsha yerga boraman, siz qayerda boʻlsangiz, men ham oʻsha yerda boʻlaman. Sizning xalqingizni oʻzimning xalqim, sizning Xudoyingizni oʻzimning Xudoyim deyman. 17Siz qayerda olamdan oʻtsangiz, men ham oʻsha yerda jon berib, dafn qilinaman. Egam meni ne koʻyga solsa solsin, hatto undan battarrogʻini qilsin. Meni sizdan faqat oʻlim ajrata oladi#1:17 Meni sizdan faqat oʻlim ajrata oladi — yoki Hatto oʻlim ham meni sizdan ajrata olmaydi. Bu ibora shundan dalolat beradiki, oʻsha davrdagi odatga koʻra, Rut Naima bilan qolishga, hatto Naimaning oilasi xilxonasiga dafn qilinishga rozi edi..
18Naima amin boʻldiki, kelini u bilan ketishga qatʼiy ahd qilibdi. Shundan soʻng uni koʻndirishga qayta urinmadi. 19Ikkovlari yoʻl yurib Baytlahmga yetib kelishdi. Baytlahmga yetib kelganlarida, ularni koʻrib butun shahar gʻimirlab qoldi. Ayollar bir–biriga: “Iyi, nahotki bu oʻsha Naima boʻlsa?!” deb hayron qolishdi. 20Naima ularga dedi:
— Endi meni Naima#1:20 Naima — ibroniychadagi maʼnosi yoqimli. emas, Musibat#1:20 Musibat — ibroniycha matnda Mara, maʼnosi achchiq, qiyinchilik. denglar. Chunki Qodir Xudo boshimga cheksiz qaygʻu–kulfat soldi. 21Men bu yerdan toʻkis boʻlib chiqib ketgan edim, Egam esa qup–quruq qaytardi. Endi nega meni Naima deysizlar?! Axir, Egam — Qodir Xudo meni azob–uqubatlarga giriftor qilib, baxtsiz qildi–ku!
22Shunday qilib, Naima Moʻablik kelini Rut bilan birga Moʻab yurtidan qaytib keldi. Ular Baytlahmga kelgan paytda arpa oʻrimi boshlangan edi#1:22 …arpa oʻrimi boshlangan edi — aprelning oxiri yoki mayning boshi..

Currently Selected:

Rut 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy