YouVersion Logo
Search Icon

Mixo 1

1
1–BOB
1Yahudo#1:1 Yahudo — janubiy shohlik nazarda tutilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi YAHUDO soʻziga qarang. shohlari Yoʻtom, Oxoz va Hizqiyo hukmronlik qilgan davrlarda#1:1 …Yoʻtom, Oxoz va Hizqiyo hukmronlik qilgan davrlar… — miloddan oldingi 740-687 yillar. Egamiz Moʻrashatlik#1:1 Moʻrashat — Yahudoning janubidagi qishloq, Quddusdan qariyb 40 kilometr janubi–gʻarbda joylashgan. Mixo paygʻambarga Oʻz soʻzini ayon qilib turdi. Samariya va Quddus#1:1 Samariya va Quddus — Samariya Isroilning, yaʼni shimoliy shohlikning poytaxti, Quddus esa Yahudoning, yaʼni janubiy shohlikning poytaxti edi. haqida Egamiz aytgan bu soʻzlar Mixo paygʻambarga vahiy orqali ayon boʻlardi.
Samariya va Quddus hukm qilinadi
2Quloq tuting, ey xalqlar!
Quloq soling, yer yuzida yashovchilar!
Egamiz Rabbiy sizlarga qarshi guvohlik beradi.
Muqaddas Maʼbadidan Rabbiy gapiradi.
3Ana, Egamiz Oʻz maskanidan chiqyapti,
Togʻ choʻqqilarini bosib kelyapti.
4Uning oyogʻi ostida eriydi togʻlar,
Yorilib ketadi daralar.
Togʻlar olovda erigan mum kabi boʻladi,
Tepalikdan oqib tushgan suvday toʻkiladi.
5Yoqub nasli#1:5 Yoqub nasli — Xudo Yoqubning ismini Isroil deb oʻzgartirgan (Ibtido 32:27-28 ga qarang), shuning uchun koʻpincha Yoqub nasli deganda Isroil, yaʼni shimoliy shohlik aholisi nazarda tutiladi. Biroq bu oʻrinda mazkur ism ham Isroil, ham Yahudo xalqlariga nisbatan ishlatilgan. Yoqub bu ikkala xalqning bobokaloni boʻlgan. Yahudo xalqi Mixo paygʻambarning bashoratini faqat Isroil xalqiga taalluqli, deb oʻylagan boʻlishi mumkin. Biroq oyatning oxirgi ikki qatoridan koʻrinib turibdiki, Mixo paygʻambar Yahudo xalqini ham butparastlikda ayblab, jamiyatni yemirgan majusiylik odatlarini fosh etadi. itoatsizlik qilgani uchun,
Isroil gunohga botib ketgani uchun
Bu voqealar sodir boʻladi.
Yoqub nasli orasida itoatsizlik qilgan kim?
Poytaxt shahar Samariya emasmi?!
Butparastlar uyasi#1:5 Butparastlar uyasi — ibroniycha matnda Bamaxlar, yaʼni “Tepaliklar”. Kanʼon xudolariga topinadigan joylar bamax deb atalardi. Odatda bu sajdagohlar tepaliklarda joylashgan boʻlib, u yerda Kanʼon xudolarining tasvirlari va qurbonliklar keltirish uchun qurbongoh boʻlardi. Bu oyatda Mixo paygʻambar Quddus shahrini oʻshanday tepalik sifatida tasvirlamoqda. Yahudoning qayerida joylashgan?
Quddusning naq oʻzida emasmi?!
6Egamiz shunday deydi:
“Men Samariyani vayron qilaman.
Uni tok ekiladigan joyga aylantiraman.
Shahar devorlarini yiqitaman,
Devor toshlarini vodiyga yumalataman.
Uning poydevorlarini ochib tashlayman.
7Samariyaning butlari parcha–parcha boʻladi,
Barcha sanamlari sindirib, yondiriladi.
Fahsh yoʻli bilan kelgan butlarning qimmatbaho bezaklari
Oʻzga yurt fohishalariga#1:7 Fahsh yoʻli…fohishalar… — oʻsha paytlarda Kanʼondagi butparast xalqlar oʻz sajdagohlarida diniy vazifalardan birini fahsh orqali bajarardilar. Butparast xalqlarning udumlariga koʻra, odamlar fohishalar va fohishlar bilan jinsiy aloqa qilish orqali oʻz xudolariga topinardilar, xudolaridan farovonlik ato qilishni soʻrardilar. Lekin Egamiz Isroil xalqiga bu yoʻl bilan sajda qilishni qatʼiyan man etgan (Qonunlar 23:17-18 ga qarang). Fahsh orqali topilgan pulga ular butxonalardagi butlarni oltinu kumush bilan bezatishardi. Bashoratga koʻra, kelajakda Samariyani zabt etadigan dushman lashkari bu qimmatbaho bezaklarni oʻlja qilib, boshqa joydagi fohishalarga sarf qilishadi. toʻlov qilib beriladi.”
Mixo paygʻambarning marsiyasi
8Bunday musibat dastidan yigʻlab, faryod qilaman,
Yalangʻoch, oyoq yalang yuraman,
Chiyaboʻriday uvullab, figʻon chekaman,
Boʻta#1:8 Boʻta — ibroniycha matnda Tuyaqush. Tuyaqush qattiq, mungli tovush chiqaradi. kabi boʻzlab yigʻlayman.
9Axir, davo yoʻq Samariyaning yarasiga,
Yopishdi Yahudoga ham u yara,
Xalqim darvozasi — Quddusga yuqdi.
10Gat aholisi bilan bu haqda hasratlashmang#1:10 Gat aholisi bilan bu haqda hasratlashmang… — Filistlarning bu shahri Quddusdan gʻarbda joylashgan boʻlib, Yahudo qir etaklari bagʻridagi Mixoning ona qishlogʻiga yaqin edi. Filistlar Isroil xalqining dushmani edi. Shoh Shoul va uning oʻgʻli Yoʻnatan Filistlar tomonidan oʻldirilgandan soʻng, Dovud ular uchun marsiya kuylagan edi. Mixo paygʻambar ham oʻz marsiyasini Dovudning soʻzlari bilan boshlamoqda (2 Shohlar 1:20 ga qarang). Yahudo xalqining boshiga tushadigan kulfatlardan Filistlar xursand boʻlishini Mixo xohlamaydi. Shu bobning 10-16–oyatlarida bosqinchilar Yahudo qir etaklariga gʻarbdan bostirib kelishi va oʻsha hududdagi baʼzi shahar va qishloqlarni zabt etishi haqida yozilgan. Shular qatorida dushmanlar Mixoning ona qishlogʻini ham bosib oladi. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, miloddan oldingi 701 yilda Ossuriya shohi Sanxariv Yahudo shohligiga gʻarbdan bostirib kelib, 46 ta shaharni qoʻlga kiritgan. U qariyb 20.000 aholini surgun qilgandan soʻng, Quddusga ham yurish qilgan edi (4 Shohlar 18:13-16 ga qarang).,
Ular oldida koʻz yoshingizni toʻkmang!
Bayt–Lafroga borib,
U yerda qaygʻudan tuproqqa yumalang!#1:10 Bayt–Lafroga borib…tuproqqa yumalang — ibroniychada Bayt–Lafro nomining maʼnosi tuproq xonadoni. Tuproqqa yoki kulga yumalash umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi (Yeremiyo 6:26, Hizqiyol 27:30 ga qarang).
11Ey Shofir#1:11 Shofir — ibroniychadagi maʼnosi yoqimli, biroq bu shahar aholisining qismati aslo yoqimli emas. ahli,
Siz asirlikka ketasiz,
Yalangʻoch, sharmanda boʻlib borasiz.
Zanon#1:11 Zanon — bu nom ibroniychadagi tashqariga chiqmoq soʻziga ohangdosh. Biroq bu shahar aholisi tashqariga chiqib, dushmanga qarshilik koʻrsatishga aslo jurʼat eta olmaydi. xalqi tashqariga chiqishga jurʼat etmaydi.
Bayt–Ezel#1:11 Bayt–Ezel — ibroniychadagi maʼnosi qoʻshni uy. Lekin bu shahar aholisi yaxshi qoʻshni boʻla olmaydi, chunki ular oʻz yurtdoshlariga boshpana bera olmaydi. ahli motam tutadi,
Endi ular sizga panoh boʻlmaydi.
12Moroʻt#1:12 Moroʻt — bu nom ibroniychadagi achchiq soʻziga ohangdosh. Bu soʻz koʻchma maʼnoda boʻlib, iztirobu alamga ishora qiladi. aholisi madad kutgan edi,
Ammo Egamiz falokat yubordi.
Bu falokat hatto Quddus darvozalariga yetdi.
13Ey Laxish#1:13 Laxish — bu nom ibroniychadagi jangovar otlar iborasiga ohangdosh. Laxish shahri mustahkam qalʼa boʻlib, jangovar otlar va jang aravalariga ega edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi JANG ARAVASI iborasiga va unga ishlangan rasmga qarang. ahli,
Otlaringizni jang aravalariga qoʻshing!
Siz itoatsiz Isroil xalqiga taqlid qildingiz,
Quddus ahlini#1:13 Quddus ahli — ibroniycha matnda Qiz Sion, Quddus ahliga nisbatan qoʻllangan sheʼriy usul. 3:10 izohiga qarang. ilk bor gunohga boshladingiz!#1:13 …Quddus ahlini ilk bor gunohga boshladingiz! — bu yerda Mixo qanday gunohni nazarda tutgani aniq emas. Laxish aholisi Yahudo xalqini butparastlikka boshlagani yoki Xudoga umid bogʻlamay, harbiy kuchiga, otlaru jang aravalariga ishongani nazarda tutilgan boʻlishi mumkin (5:10 ga va Ishayo 31:1, Xoʻsheya 10:13, 14:3 ga qarang).
14Shunday ekan, ey Yahudo xalqi,
Endi Moʻrashat#1:14 Moʻrashat — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Moʻrashat–Gat. Mixo paygʻambar shu qishloqda tavallud topgan edi (shu bobning 1–oyatiga va oʻsha oyatning uchinchi izohiga qarang). bilan xayrlashavering,
Esdalik sovgʻalaringizni ularga taqdim qiling#1:14 Endi Moʻrashat bilan xayrlashavering, Esdalik sovgʻalaringizni ularga taqdim qiling — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Endi Moʻrashat uchun qalin beringlar. Moʻrashat nomi ibroniychadagi unashtirilgan soʻziga ohangdosh. Turmushga chiqayotgan qiz oʻz otasining uyidan chiqib ketganiday, Moʻrashat aholisi ham oʻz uylaridan chiqib ketadilar. Mixo paygʻambar bu oʻrinda soʻz oʻyini qilib, Moʻrashat aholisining surgun boʻlishiga ishora qilyapti..
Attang, Axsib#1:14 Axsib — bu nom ibroniychadagi yolgʻonchi yoki pand beruvchi soʻziga ohangdosh. ahli Isroil shohlariga pand berdi,
Bera olmaydigan yordamni ularga vaʼda qildi.
15Ey Morisho#1:15 Morisho — bu nom ibroniychadagi gʻolib soʻziga ohangdosh. ahli,
Egamiz ustingizga bir bosqinchini yuboradi.
Isroil yoʻlboshchilari Adullam gʻoriga qochib borishadi.
16Suyukli farzandlaringiz uchun nola qiling,
Sochingizni qirdiring#1:16 …Sochingizni qirdiring — sochni qirish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi..
Kalxatlar kabi siyqa bosh boʻling,
Axir, bolalaringiz#1:16 …farzandlaringiz…bolalaringiz… — Yahudoning shaharlari va qishloqlaridagi aholiga nisbatan qoʻllangan sheʼriy usul. surgun qilinadi.

Currently Selected:

Mixo 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy