YouVersion Logo
Search Icon

Mixo Kirish

Kirish
Mixo paygʻambar Yahudo yurtidagi kichkina bir qishloqda tugʻilgan. U Ishayo paygʻambarning zamondoshi boʻlib, miloddan oldingi 722 yilda Isroil#…Yahudo…Isroil… — janubiy shohlik va shimoliy shohlik nazarda tutilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi YAHUDO va ISROIL soʻzlariga qarang. xalqi Ossuriyaga surgun qilinishidan oldin faoliyat koʻrsatgan.
Mixo paygʻambar Isroilning poytaxti Samariya haqida va Yahudoning poytaxti Quddus haqida bashorat qiladi. Ikkala poytaxtning amaldorlari va boylari butun xalqni yoʻldan ozdirib, butlarga sajda qilishni oʻrgatishadi. Bundan tashqari, firibgarlik qilib, kambagʻallarni talon–taroj qilishadi. Shu sabablarga koʻra, Isroil va Yahudo xalqlarini Xudo jazolamoqchi boʻladi. Mixo paygʻambar Isroil va Yahudo xalqlarining boshiga tushadigan musibatlar va tutqunlik azoblari haqida bashorat qiladi.
Ammo kelajakda Isroil va Yahudo xalqlari yana haq Xudoga sajda qilishadi. Shunda Xudo ularni oʻz yurtiga qaytarib olib keladi, gʻalabalar sari yetaklaydigan haqiqiy hukmdorni ularga taqdim qiladi. Oʻsha vaqt kelganda, hamma joyda osoyishtalik qaror topadi. Xudo Oʻzi tanlagan hukmdor bilan birgalikda xalqqa choʻponlik qiladi. Isroilni boshqaradigan bu zot Baytlahm shahrida tavallud topishi haqidagi bashoratlar ham mazkur kitobdan oʻrin olgan.

Currently Selected:

Mixo Kirish: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy