YouVersion Logo
Search Icon

Levilar 1

1
1–BOB
Kuydiriladigan qurbonliklar
1Egamiz Uchrashuv chodiridan Musoni chaqirib, unga 2Isroil xalqi uchun quyidagi qonunlarni berdi: birontangiz Egamizga qurbonlik qilmoqchi boʻlsangiz, podangizdagi yoki suruvingizdagi hayvonni olib keling. 3Bordi–yu, qoramol podasidan birorta hayvonni qurbonlik qilib, kuydirmoqchi boʻlsangiz, nuqsonsiz bir buqani tanlab oling. Egamiz bu qurbonligingizni#1:3 bu qurbonligingizni — yoki sizni. Ibroniycha matnda bu oʻrinda ishlatilgan olmosh qurbonlikka yoki qurbonlikni keltirayotgan odamga ishora qiladi. qabul qilishi uchun buqani Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib keling.
4Kuydiriladigan hayvonning boshiga qoʻlingizni qoʻying, shunda Egamiz sizni gunohingizdan poklash uchun bu qurbonligingizni qabul qiladi.
5Soʻng buqani Egamizning huzurida soʻying. Horunning ruhoniy oʻgʻillari buqaning qonini olib, Uchrashuv chodiriga kiraverishda turgan qurbongohning toʻrtala yon tomoniga sepib chiqishsin. 6Siz esa kuydiriladigan qurbonlikning terisini shilib, tanasini boʻlaklarga boʻling. 7Ruhoniy Horunning oʻgʻillari qurbongohga choʻgʻ solib, ustiga oʻtin qalashsin. 8Soʻng qurbonlikning boʻlaklarini, shuningdek, kallasini va yogʻlarini qurbongohdagi yonib turgan oʻtinlar ustiga qoʻyishsin. 9Siz esa qurbonlikning ichak–chovoqlari va oyoqlarini yuving. Soʻng ruhoniy bularning hammasini qurbongohda kuydirsin. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Egamizga yoqimli hid boradi.
10Bordi–yu, siz suruvingizdagi qoʻy yoki echkini qurbonlik qilib kuydirmoqchi boʻlsangiz, nuqsonsiz qoʻchqor yoki takani olib keling. 11Uni qurbongohning shimol tarafida, Egamizning huzurida soʻying. Horunning ruhoniy oʻgʻillari qurbonlikning qonini qurbongohning toʻrtala yon tomoniga sepib chiqishsin. 12Siz qurbonlikni boʻlaklarga boʻling. Ruhoniy esa boʻlaklarni qurbonlikning kallasi va yogʻlari bilan birga qurbongohdagi yonib turgan oʻtinlar ustiga qoʻysin. 13Siz qurbonlikning ichak–chovoqlari va oyoqlarini yuving. Ruhoniy bularning hammasini keltirib, qurbongohda kuydirsin. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Egamizga yoqimli hid boradi.
14Agar biror qushni Egamizga qurbonlik qilib, kuydirmoqchi boʻlsangiz, kaptar yoki musichani#1:14 kaptar yoki musicha — buqa, qoʻchqor yoki takani qurbonlik qilishga qurbi yetmagan kambagʻal odamlar bularning oʻrniga kaptar yoki musichani qurbonlik qilishlari mumkin edi (5:7, 12:8 ga qarang). olib keling. 15Ruhoniy uni qurbongoh oldiga olib kelib, boʻynini uzsin, soʻng boshini qurbongohda kuydirsin. Qonini esa qurbongohning yoniga oqizsin. 16Jigʻildonini, ichidagi narsalari bilan birga, sugʻurib olib#1:16 Jigʻildonini, ichidagi narsalari bilan birga, sugʻurib olib… — yoki Jigʻildoni va patlarini sugʻurib olib…., qurbongohning sharq tarafiga, kul turgan yerga tashlasin. 17Keyin qanotlaridan tortib, tanasini yarmigacha boʻlsin, lekin ikki qismga ajratmasin. Soʻng uni qurbongohdagi yonib turgan oʻtinlar ustiga qoʻyib kuydirsin. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Egamizga yoqimli hid boradi.

Currently Selected:

Levilar 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy