YouVersion Logo
Search Icon

Levilar Kirish

Kirish
Levilar kitobi Tavrotning uchinchi kitobidir. Mazkur kitob Xudoning Muso paygʻambarga bergan qonun–qoidalaridan tashkil topgan. Levi qabilasi Yoqubning oʻgʻli Levidan kelib chiqqan edi. Yoqubning oʻn ikki oʻgʻli boʻlib, Levi uchinchi farzandi edi. Levi qabilasiga mansub boʻlganlar levilar deb ataladi, kitobga shu qabilaning nomi asos boʻlgan.
Chiqish kitobida Xudo Musoga Muqaddas chodirni yasashga oid koʻrsatmalar bergan boʻlsa, bu kitobda oʻsha Muqaddas chodirda xizmat qilish mavzusi markaziy oʻrinni egallaydi. Levilar Muqaddas chodirda Xudoning maxsus xizmatkorlari edilar. Ruhoniylar Levi qabilasining Horun urugʻidan kelib chiqqanlar. Kitobning asosiy qismida ruhoniylarning va boshqa levilarning majburiyatlari bayon qilingan. Ularning majburiyatlari Xudoga bagʻishlab qurbonliklar va nazrlar keltirishdan, shuningdek, bayramlarni va turli marosimlarni oʻtkazishdan iborat edi. Kitobdan yana halol va harom hayvonlarga oid qonunlar, kiyim uchun qanday matodan foydalanish kerakligi toʻgʻrisidagi koʻrsatmalar va kambagʻallarga gʻamxoʻrlik qilish qoidalari oʻrin olgan.
Kitobdagi qonun–qoidalar zamirida poklik va muqaddaslik yotadi. Muqaddaslik oʻzini gunohdan saqlash va Xudoga bagʻishlanib yashashni bildiradi. Modomiki, Xudo Oʻz xalqining muqaddas Shohi ekan, xalq Xudoning huzuriga kelishi uchun qurbonliklar qoni orqali gunohlardan poklanishi lozim edi. Bu ishda xalqqa levilar yordam berishardi. Xudoga manzur boʻlish va Uning huzuridan bahramand boʻlish uchun kitobdagi barcha qonun–qoidalarga rioya qilish shart edi.
Kitobda qonunlardan tashqari, bir nechta hikoyalar ham oʻrin olgan. Bu hikoyalarda xalqning yoki ruhoniylarning qonunga itoatsizligi qanday oqibatlarga olib kelishi toʻgʻrisida bayon qilinadi. Shuningdek, qonunga itoatkorlikning samaralari ham aytib oʻtiladi.

Currently Selected:

Levilar Kirish: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy